O'tgan mavsum Angliyada 300dan ortiq kelishilgan o'yin qayd etilgan

Narzulla Saydullayev
14 sen 2014, 14:20
2013/14 yilgi mavsumda Angliyada 300dan ziyod o'yin kelishilgan bo'lgan ekan.
Bu haqda Britaniya matbuoti futbol o'yinlarini monitoringi bilan shug'llanadigan "Surrey" kompaniyasiga tayanib xabar berdi. Ushbu kompaniya 2005 yildan buyon 1500 dan ortiq shubhali o'yinlarni qayd etgan.

Oldinroq Angliya futbol Assotsiatsiyasi kelishilgan o'yinlarni tashkil etishda gumon qilayotgan futbolchilar ro'yxati borligini ma'lum qilgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net