So’nggi yangiliklar

10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  0 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  14 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  4 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  11 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  11 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  8 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  6 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  16

"Otamdek bo'lishimga hali ancha bor". Ravshan Nikimbaev - futbol amaldori sulolasining vorisi bilan JCHning o'ziga xos xususiyatlari, yangi texnologiyalari va qiziqarli eksklyuziv intervyu Yangiliklar

"Otamdek bo'lishimga hali ancha bor". Ravshan Nikimbaev - futbol amaldori sulolasining vorisi bilan JCHning o'ziga xos xususiyatlari, yangi texnologiyalari va qiziqarli eksklyuziv intervyu

"Nikimbaev" familiyasi O'zbekistondagi futbol muxlislariga yaxshi tanish.

Alisher Nikimbaevni tanishtirishga hojat yo'q, uning o'g'li Ravshan esa hozircha u qadar mashhur emas. Vaholanki, u ham otasi kabi JCH-2022da ishlaydi. Championat.Asia Ravshan Nikimbaev bilan suhbatlashib, jahon chempionatida ishlash qanday ekani, turnirning o'ziga xosligi va unga otasi qanday yordam berganini bilib oldi.


— Lavoziming qanday nomlanadi?

— "Xalifa" stadionida o'yinlarni o'tkazish bo'yicha menejer.


— O'yinga necha soat qolganda jamoang stadionda ishni boshlaydi?

— O'yin boshlanishiga kamida etti soat qolganda borishimiz kerak. Biz shunday sxema bo'yicha ishlaymiz va buni "minus" deb nomlaymiz — yani o'yinga qadar "minus" olti soat, "minus" etti soat. Kun davomida adashishim mumkin, ammo o'yinga necha soat qolganini aniq bilaman. Uyg'onishimiz bilan ortga hisoblash ketayotgan bo'ladi. Ammo, barchasi o'yinga bog'liq: Angliya — Eron o'yinida bahs boshlanishiga to'qqiz soat qolganda stadionga keldik, sababi inson faktori (hayajon, adashish) va yakunlash kerak bo'lgan bazi ishlar bor. Kundan-kunga o'yinlarga kechroq kelamiz. Ammo, doim "minus etti" bo'lishi kerak, sababi bu rasmiyatchilik, protokol. Masalan, ko'ngillilar o'yinga besh soat qolganda kelishadi.



— Sen aynan nimaga javob berasan?

— Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, vazifam stadionni jamoalar kelishiga tayyorlash. Bu kiyim almashtirish xonalari va jihozlarga tegishli. Agar chuqurroq gapiradigan bo'lsak, men va sheriklarim jamoalarda teng sharoit bo'lishini taminlaymiz. Bu inglizchada "competition department" deb ataladi. Jamoalarda bir xil imtiyozlar bo'lishi kerak, hech bir jamoa boshqasidan yaxshiroq sharoitga ega bo'la olmaydi. Biz shunga javob beramiz. Men shuningdek operacion tizimga javob beraman. Men Qatarga aprelda kelganman va hozir qilayotgan ishlarimzni rejalashtirganman. Jamoalar qaerga keladi, ularning avtobuslari qaerda turadi, qaerga ketishadi, qaerda va kim bilan kesishishlari mumkin — biz shularni tuzdik. Jamoalar stadionga kelganda u yoki bu odam qaerda turishigacha. Har bir odam uchun rol belgiladik. Bu yangilik, ilgari bu narsani bunchalik jiddiy qilishmagan.


— "Xalifa"da vatandoshlaringizdan kimdir sen bilan ishlaydimi?

— Men bilan Aziza Tatlimuratova ishlaydi, u xavfsizlik bo'yicha koordinator. Bilishimcha, u stadionning sharqiy qismiga masul, bizda u erda "skaybokslar" (VIP-xonalar) joylashgan. Bu uning mini-loyihasi. Aziza akkreditaciyalarni tekshirishga, kim qaerdan kirishiga va hokazolarga masul. Vaholanki u O'zbekistonda xavfsizlik bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri javob bermagan. Ammo, u o'yinni o'tkazish jarayoni nima ekanligini juda yaxshi biladi va jahon chempionatida ishlashga loyiq. 



SHuningdek ko'ngilli Jamshid Nosirov ham bor. U "Surxon"da operator bo'lib ishlaydi va Qatarga kelish uchun o'z hisobidan tatil olib kelganga o'xshaydi. Tashkiliy qo'mita uni turar joy va ikki mahal ovqat bilan taminlagan. Jamshid bizga juda ham yordam beradi. Bir qiziqarli holat bo'ldi: u ketma-ket etti smenada ishladi, ularning har biri sakkiz soat davom etadi, dam olishsiz. Va uni ko'ngillilar ishiga javob beradigan bo'limga chaqirishdi. U biror narsani noto'g'ri qilganman deb o'ylab qo'rqib ketdi. Unga "Afsuski, ertaga ishlay olmaysan, sababi sen dam olishsiz juda ko'p ishlab yubording" deyishdi. Malum bo'lishicha, qoidalarga ko'ra, JCH-2022da ko'ngilli ketma-ket besh yoki olti smenadan ortiq ishlay olmaydi. Unga "agar dam olish kunida ishga chiqsang, biz sankciyalar qo'llashga majbur bo'lamiz" deyishdi. U shunchalik ko'p ishladiki, unga ishlashni taqiqlashdi.



— Nega qatarliklar "Xalifa"ni bunchalik yaxshi ko'rishadi? Nega bu arenaga uchiinchi o'rin uchun o'yin berildi?


— "Xalifa" katta tarixiy ahamiyatga ega. Bu Osiyo Kubogi va Osiyo o'yinlari o'tkazilgan stadion. "Xalifa" huddi "Paxtakor" o'zbekistonliklar uchun katta ahamiyatga ega bo'lganidek, ko'p narsani anglatadi. Ular uchun stadionda jiddiyroq nimadir o'tkazilishi uchun muhim. Albatta, CHJ-2022 ochilishi va finalni olish qiyin edi, ammo "Xalifa" uchinchi o'rin uchun o'yinga to'liq loyiq. Qaysidir darajada bu adolatli ham. Jahon chempionati uchun maxsus qurilgan stadionlar zamonaviyroq ekanligini aniq, ammo "Xalifa" — mamlakatdagi futbol merosi. Qatarliklar dunyoga yangi ettita stadionlari bor ekanligini, ammo bunga qadar yana bittasi bo'lgani va u Qatar uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatishmoqda. O'zbekistonda Osiyo Kubogi U-23 o'tkazilganida va biz musobaqaning ochilishini qaerda o'tkazishni hal qilayotganimizda, tanlov "Paxtakor"ga to'g'ri keldi. Bu to'g'ri qaror edi. Bu stadion ko'p narsani anglatadi va bundan tashqari, qulay logistikaga ega — stadionga turli tomondan borish osonroq.


— To'plarning havosini kim to'ldirishi va umuman bunga kim javob berishini ayta olasanmi?

— Bu juda qiziqarli jarayon. Bu bilan shug'ullanmayman, sababi FIFAda shunday narsalarga javob beradigan "Football Technology and Innovations" bo'limi bor. Biz to'plarga javob beramiz va ularning to'g'ri shishirilganini tekshiramiz, ammo ularda chiplar borligi sabab bu uchun ham o'sha bo'lim javob beradi. Endi shishirish qanday sodir bo'lishi haqida. To'pni zaryadlash uchun NFC-platformasiga juda aniq joylashtirish kerak. Bu to'rtta uchli doira bo'lib, qandaydir tarzda toj yoki zargarlik stendiga o'xshaydi. Pastda kichkina datchik bo'lib, u zaryadlash statistikasiga qarab turli ranglarda yonadi. Bilishimcha, bu zaryadlash yaxshilanadi, uni yanada qulayroq qilishadi, sababi biz ushbu masala bo'yicha qayta aloqani olyapmiz. Iyunda JCH-2022 saralashi doirasidagi Peru — Avstraliya va Kosta-Rika — Yangi Zelandiya o'yinida to'plarni shishirganman va qandaydir noqulay joylari borligini bilaman. Hech qanday jiddiy muammolar yo'q, shu sabab bu kamchiliklar tez orada bartaraf etiladi deb o'ylayman. Aytgancha, bu to'plarda qandaydir shnur borligi haqida gapirayotganlarini eshitdim. Yo'q, bu kontaktsiz quvvatlash. Ammo, to'plarni zaryadlash qiziqarli bo'lgandi. Bu juda qiziqarli va g'alati jarayon.



— Ushbu jahon kubogida yana qanday yangi tashkiliy narsalar paydo bo'ldi?

— To'plar mavzusini davom ettiradigan bo'lsak, ushbu JCHda birinchi bo'lib yarim avtomatik ofsayd tizimi ishlatilmoqda. To'p yanada ko'proq xususiyatlarga ega deb o'ylayman, ammo bu funkciya eng asosiysi. Datchik uzatma paytida to'pga zarbani qayd etadi va VAR vaziyatni ko'rganda, dastur bu haqda millisoniyalik aniqlik bilan malumot beradi. Dasturda avtomatik tarzda stop-kadr qilinadi va ofsayd chizig'i chiziladi. Bunga qadar VAR yordamchilari videoni ortga qaytarib, uzatma vaziyatini pauzaga qo'yib, keyinchalik ofsaydni o'zlari aniqlashardi. Bu esa malum vaqtni olardi. Qanday qilib bilmadim-u, ammo bu datchik Yaponiya va Ispaniya o'rtasidagi o'yinda golni aniqlashga yordam berdi. Bu bilan shug'ullanadigan bo'limning o'zi bu qanday sodir bo'lgani, datchik qanday yordam bergani haqida aytmadi. Yana o'ziga xosliklarni aytadigan bo'lsam, bu imkoniyati cheklangan insonlar jamoalar bilan maydonga chiqishi. Bu oldin bo'lmagan, u jamoatchilikning etiborini imkoniyati cheklangan insonlarga qaratishga yordam beradi. Sardorlar har turda qandaydir kampaniyaga to'g'ri keladigan yangi bog'ichlarni olishadi. Buni kimdir rad etadi, ammo ko'pchilik qo'llab-quvvatlamoqda. Ilk turda "Football unites the world" edi, keyin qandaydir xayriya dasturlari bo'ldi. FIFA shunday qilib butun dunyoni bularga etibor qaratishga chaqirmoqda. Ushbu dasturlarning bayroqlari har bir o'yinda milliy terma jamoa bayroqlari va FIFA logotipi bilan birga paydo bo'lmoqda. Ochilish marosimlari esa alohida voqea. Ularni bazi kichik turnirlarning ochilik marosimlari bilan solishtirish mumkin, bu erda esa har bir o'yinda butun boshli shou. Bizning bo'limimizda bu bilan malum muammolar bor edi, uni tashkil qilish qiyin edi, ammo biz buni uddaladik. O'yinlar oldidan ochilish marosimi — bizning kichik faxrimiz. Odamlar buni bilishmaydi, ammo biz bu uchun qanchalar vaqt sarfladik. O'yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda shou ko'rsatish, bu haqiqiy qahramonlik. Albatta, finalga qadar qadam bosganimiz sari bu ham rang-barangroq bo'ladi.


— Kanada termasining qilichi haqida qiziqarli voqea eshitdingmi?

— Ha, bu voqea barchamizni hayajonga soldi. Kanadaliklar stadion bilan tanishish uchun kelishdi, sardor esa maydonga sumkasi bilan chiqdi va bu hech kimda shubha uyg'otmadi. Keyinchalik o'yinchilar aylana bo'lib olishdi, sardor esa o'rtaga o'tdi va Kanada qilichini maydonga tiqdi. Biz buni to'liq ko'rmadik, ammo o'yinchilar orasidan nimanidir ko'rishga muvaffaq bo'ldik. Kanadaliklar buni ikki bor qilishning uddasidan chiqishdi, uchinchisiga kelganda esa buni taqiqladik va qilichni mehmonxonada qoldirishni aytdik.

Bizga biroz omad kulib boqdi, sababi Qatardagi maydonlarda maxsus sensorlar bor. Ular maysa sifatining turli ko'rsatkichlarini qayd etadi. Sensorlar unchalik chuqurda joylashmagan va aslida qilich ulardan biriga zarar etkazishi mumkin. Yaxshiyamki, bu bo'lmadi. Kanadaliklarning ananasi shunaqa. 10 yil oldin Qarag'andaning "SHaxtyor" jamoasi "Seltik" bilan o'yin oldidan darvozada qo'y so'ygandi. SHotlandiyada ularga buni qilishni taqiqlashdi va yakunda ular yutqazishdi.



— Qanchalik qiziqarli tajriba olding? Biz otangni mashhur mutaxassis sifatida bilamiz. Bu biz allaqachon sulolani kuzatayotganimizni anglatadimi?

— Men ulkan va unutilmas tajriba oldim. Sen odatiy hayotda uchratmaydigan insonlarni ko'rasan — hatto shunchaki ularning qaerdan ekani haqida gapirsak, ular Avstraliyadan tortib Kanadagacha. Ularning o'z mentaliteti va o'ziga xos madaniyati bor. Bu katta insoniy tajriba. Ishdagi tajriba ham ulkan. Men ishga bo'lgan qarashimni to'liq qayta ko'rib chiqdim. Oldin ishlaganim — menimcha hozir bu erda qilayotganlarimning 30%i. Bu erda O'zbekistonda qilmagan ko'plab narsalarim bor. Biz hatto bu mumkin va qilish kerak ekanligini o'ylamaganmiz ham. Misollardan biri — futbolchilar o'yin vaqti stadionda bo'lganda "competition area'dagi kabellarni tartibga solish. Masalan, O'zbekistonda bu masalani muhokama qilmaganmiz. Men butun hudud uchun javobgarman va kelishmovchilik yuzaga kelganda, kabel bu erda yotmasligini aytdim. Natijada kabelni boshqa joyga joylashtirish uchun 30 ming dollar atrofida mablag' ketganini bilib oldim. Biz ko'proq mablag' ketgazib bo'lsa ham hech kimga halaqit bermasligi uchun sifatliroq qilishga qaror qildik. Sulolaga kelsak, men hali otamdagi mashhurlikdan ancha yiroqdaman. Bu haqida gapirishga hali erta. Ammo, ushbu jahon chempionatida bitta yo'nalishda ishlayapmiz va deyarli bir bo'limga kiramiz. Farq shundaki, men ko'proq operacion savollar bilan bandman. Bu ko'proq oilaviy ish, sababi men hayotimdagi ko'p vaqtimni stadionlarda, futbol maydonlarida va o'yinchilar atrofida o'tkazganman. Aftidan, bunga qandaydir ko'nikkanman. Otam bilan hatto bitta jamoaga muxlislik qilamiz, ammo futbolga bo'lgan qarashimiz turli xil: biz turli xil futbolni yaxshi ko'ramiz va tomosha qilamiz.


— To'g'risi ayt: otang yordam berganmi?

— Tabiiyki. U meni tarbiyaladi va ko'p bilim berdi va shu sabab ushbu sohada faoliyatimni boshlashga muvaffaq bo'ldim. Yashirmayman: o'qish davrida amaliyot o'tashim kerak bo'lganda, otam Toshkent klubidagi rahbarlardan biriga qo'ng'iroq qilib, u erda meni huquqiy bo'limga olishlarini so'ragan. O'sha bo'lim boshlig'i bilan hali ham yaxshi muloqotdamiz. SHunday bo'ldiki, o'shanda menga klubda doimiy qolishni taklif qilishgandi, ammo boshqa bo'limga.


— Jahon chempionatiga ishlashingizga yordam berdimi?

— SHubhasiz, u orqali ko'p odamlar bilan uchrashganim sabab imkoniyatlar oshdi. SHunday qilib o'tgan yili o'tkazilgan jahon chempionatiga repiticiyaga tushdim. Ushbu repiticiyadan so'ng qo'limda to'rtta taklif bor edi va fevralda ikki bo'lim bilan muzokaralar olib bordim. Hozirda men va otam ishlaydigan bo'lim rahbari qattiq turib oldi. U mening aynan unga qo'shilishimni xohladi. Men bundan afsuslangan paytlarim ham bo'ldi — balki, boshqa bo'limga o'tish yaxshiroq bo'lardi deb o'yladim. Ammo, taqdir shunday ekan va barchasi shunday bo'lganidan minnatdorman. Bu erda olgan tajribam sabab ishga va umuman hayotga boshqacha qaray oldim.


— Bo'lib o'tgan qanday qiziqarli va kulgili vaziyatlarni bilasan?

— SHeriklarimdan biri o'zbekistonlik Aleksandr Davidenko Saudiya Arabistoni va Angliya terma jamoalari futbolchilari yashaydigan mehmonxonalar xavfsizligiga javobgar ekanligini bilaman. Angliyaliklar sardori Xarri Keyn intervyu berish uchun mehmonxonaning ikkinchi yarmiga o'tdi. SHunday qilib nomerida akkreditaciyasini unutgani uchun uni qayta ortga qo'yishmadi! Angliya terma jamoasi sardori va uni butun dunyoda bilishlariga qaramay, shunday muammolar yuzaga keldi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика