So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Otabek va SHukurali bir-birini qanchalik yaxshi biladi? Yangiliklar

Otabek va SHukurali bir-birini qanchalik yaxshi biladi?

Do'stlik - inson axloqining bebaho go'zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari. U tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to'kinlik hukmron.

SHuning uchun ham dono kishilar jamiyatda do'stlikni ulug'lab, qadrlab kelganlar, odamlarni totuvlikda yashashga, ko'proq do'st orttirishga undaganlar.

Sportchilar, xususan, futbolchilar orasida ham bir-biri bilan juda qalin, chin do'stlar etarli. Bugun sizlarni ana shunday ikki o'yinchi bilan yaqindan tanishtiramiz.

Qahramonlarimiz «Qizilqum» jamoasi azolari - himoyachi SHukurali Po'latov hamda hujumchi Otabek Zokirov. Bu ikki istedod sohiblari katta futboldagi faoliyatlarini deyarli bir vaqtda boshlashgan.

Ularning har ikkisi ham Marg'ilon futboli tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Sahifamiz mehmonlariga 10ta savol bilan murojaat qildik.

Alohida takidlash joizki, ular bir-birlarining javoblarini eshitishmagan. Ko'raylik-chi, ikki do'st bir-birlarini qanchalik yaxshi bilishar ekan?

---------------------------------------------------------

1. O'rtangizdagi do'stlik qachondan boshlangan?

2. Do'stingizning aynan qaysi xislatini qadrlaysiz?

3. Bir-biringiz bilan hech gap talashib qolganmisiz?

4. Do'stingiz yolg'on gapirib turadimi?

5. Futboldan tashqari qiziqishlarini bilasizmi?

6. Do'stingiz qaysi taomni xush ko'rib istemol qiladi?

7. Qaysi rangni yoqtiradi?

8. Do'stingizni xafa qilish osonmi?

9. Do'stingizning qanday kamchiliklari bor?

10. Do'stingizga tilaklaringiz...


SHukurali Po'latovning javoblari:

1. Otabek bilan «Neftchi» o'rinbosarlar jamoasi tarkibida o'ynab yurgan kezlarimiz tanishganmiz. Qariyb 8 yildan beri bir-birimiz bilan qalin do'stmiz. Nima ham derdim, do'stligimizga ko'z tegmasin.

2. Hamma xislatini qadrlayman. Bosiq yigit. Har bir gapini o'ylab gapiradi. Qo'lidan kelgancha yordam berishga intiladi. Hech qachon yaxshiligini minnat qilmaydi.

3. SHunday paytlar bo'ladi. Asosan maydonda bir-birimizga qattiqroq gapirib yuborishimiz mumkin. Lekin bu uzoq vaqt cho'zilmaydi. Yana tezda til topishib ketamiz.

4. Yolg'on ishlatganini eslay olmayman. O'zim ham aldaganlarni yomon ko'raman.

5. Futboldan tashqari suzish va futzalga qiziqadi. Qolaversa, ko'p vaqtini trenajyor zalida o'tkazishga harakat qiladi. Bazada bo'lgan vaqtlarimiz bu sport turlari bilan shug'ullanib turamiz.

6. Vodiycha palovni yaxshi ko'radi. O'ziyam onda-sonda tayyorlab turadi. Lekin ochiq aytishim kerak, unchalik o'xshamaydi.

7. Oq, qora va yashil ranglarni yaxshi ko'radi. CHunki ko'proq shunday tusdagi liboslarni kiyib yuradi.

8. Uni ranjitish oson. CHunki Otabekning ko'ngli juda bo'sh. Tezda xafa bo'lib qoladi.

9. Kamchiliklari deyarli yo'q. Faqat ishonuvchanligini aytmaganda.

10. Albatta, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Do'stligimiz abadiy bo'lsin. Oilaviy xotirjamlik tilayman. Barcha ezgu istaklariga erishsin.

Otabek Zokirovning javoblari:

1. Kechagidek esimda, 2010 yili «Neftchi» o'rinbosarlar jamoasida o'ynab yurgan paytimizda tanishganmiz. SHunday do'stim borligidan xursandman.

CHunki nima ishga qo'l ursam ham, albatta, SHukurali bilan maslahatlashaman. U mendan ikki yosh katta. Bitta ko'ylak bo'lsa ham ko'proq yirtgan (kuladi).

2. Qo'lidan kelganicha yordamlashishga intiladi. Hech qachon bilmayman, degan javobni bermaydi. Hech bo'lmaganda, o'sha masala bo'yicha o'z fikrini bildiradi.

3. Bunday holatni eslay olmayapman. Balki yoshlikda bo'lgandir. Lekin yaqin orada gap talashmadik.

4. SHaxsan meni aldamagan. Boshqalar bilan munosabatda ham yolg'on ishlatmagan bo'lsa kerak, deb o'ylayman.

5. Ko'proq oilasi davrasida bo'lishga harakat qiladi. Bilasiz, sportchilar, xususan, futbolchilar yaqinlaridan yiroqda yurishadi. SHu bois ham tatil berilishi hamono uyiga oshiqadi.

6. Taom tanlamaydi. Lekin ko'proq vodiycha «pirojok», yani bosmani yaxshi ko'radi.

7. Bunisini aniq bilmas ekanman. Menimcha, yorqin ranglarni xush ko'rsa kerak. Kiyinishidan kelib chiqib taxmin qilyapman.

8. Xafa qiladigan darajagacha bormaganmiz. Lekin uni ranjitish oson, deb o'ylayman. Bir-ikki marta shunga guvoh bo'lganman.

9. Kamchiligi - o'ta sodda va ishonuvchan yigit. Boshqa nuqsonini bilmayman.

10. Bundan ham yaxshi jamoalarda o'ynasin. Ota-onasi, yaqinlari baxtiga sog' yursin. Eng muhimi, do'stligimiz abadiy bo'lsin.

------------------------------------------------------

Sahifamizning bugungi qahramonlari «Qizilqum» jamoasi azolari - himoyachi SHukurali Po'latov hamda hujumchi Otabek Zokirovning do'stligidan boxabar bo'ldik. Har ikki futbolchiga do'stlik rishtalari abadiy bo'lishini tilab qolamiz.


Kamoliddin ALIMOV yozib oldi "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика