So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Otabek SHukurov: "Turkiyadagi muammolar sabab, klubimni o'zgartirishga majbur bo'ldim. Hozir yangi klubim emas, terma jamoamiz manfaati haqida ko'proq qayg'urmoqdaman" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Turkiyadagi muammolar sabab, klubimni o'zgartirishga majbur bo'ldim. Hozir yangi klubim emas, terma jamoamiz manfaati haqida ko'proq qayg'urmoqdaman"

O'zbekiston terma jamoasi etakchisi Otabek SHukurov bugungi mashg'ulotda OAV vakillariga intervyu berdi.

- Kecha rasman yangi jamoaga, aniqrog'i Saudiyaning "Al-Feyha" klubi azosiga aylandingiz. Yangi klubingiz va Turkiyadagi ikki yillik faoliyatingiz haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Terma jamoaga kelib qo'shildik. To'g'ri, klubimni o'zgartirdim. Barchasi ortda qoldi. "Kayserispor"da biroz muammolarga duch keldik. Bosh murabbiy va menejerlar bilan ishlash biroz qiyin kechdi. SHu jihatlar sababli klubimni o'zgartirishga qaror qildim. So'nggi vaqtda esa, o'yin amaliyotisiz ham qolib ketayotgandim. Yaratganga shukr, barchasi ortda qoldi. Yangi jamoamda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, terma jamoamizga Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishda yordam berish maqsadidaman. Kecha mashg'ulotlarni boshladik. Ertadan keyin bizni dastlabki uchrashuv kutib turibdi.

- Tayyorgarlik jarayonlari haqida qanday kechmoqda?

- Yig'inni kecha boshladik. O'yinga kam vaqt qoldi. Terma jamoamizning o'zagi 3-4 yildan beri shakllanib kelmoqda. Muhimi, yaxshi ichki muhit bo'lishi. SHu orqali Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz mumkin.

- Mavsum oralig'idagi bu uchrashuvlar futbolchilarga qanday tasir o'tkazishi mumkin? Zich taqvimning tasiri qanday?

- Futbolchilar butun faoliyati davomida bunday taqvimda o'ynab keladi. Bu muammo tug'dirmaydi deb o'ylayman. Yaqin bir yilda barcha futbolchilar o'z holatini nazorat qilib turishi kerak bo'ladi. Murabbiylar shtabi ham bunday bizga ko'maklashmoqda. Bunday sinovlarni engib o'tsak, mundialga yo'l olishimiz mumkin.

- Terma jamoamiz uchun eng muhim palla yaqinlashmoqda. Jamoamiz bunga ruhan tayyormi?

- Hamma tayyor deb o'ylayman. Biz bunga to'rt yil davomida tayyorgarlik ko'rdik. SHaxsan o'zim ham, futbolchi sifatida ikkita saralash bosqichlarida ishtirok etganman va Jahon chempionatiga chiqa olmaganman. Bosh murabbiyimiz ham bugun shu haqda aytib o'tdi. Bu bosqichda katta bosimga etibor bermaslik kerakligini, har doim qilib kelgan ishimizni bajarishimiz kerakligini takidladi. Hech qanday bosimsiz, bor o'yinimizni namoyish eta olsak bo'lgani. Potencialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun etarli.

- Bunga qadar ikkita mundial saralashida ishtirok etgansiz. JCH-2026 saralashi siz uchun avvalgi saralash bosqichlaridan nimasi bilan farq qiladi? Balki imkoniyatlar, tarkib yoki sharoitlarda farq bordir?

- Bu savolga javobni o'zingiz ham yaxshi bilsangiz kerak. Bu safar, bir murabbiy bilan uzoq vaqtdan buyon tayyorgarlik ko'rib kelmoqdamiz. Deyarli 4 yildan buyon Katanec bilan ishlab kelmoqdamiz. O'zak o'zgarmadi. Maqsad ham oldindan bir edi, Jahon chempionatiga chiqish. SHu sabab, bir ahil jamoa yig'dik. Tarkibimizda yaqqol ajralib turadigan futbolchi yo'q. Barcha futbolchilar birdek muhim. Bu bizning ustunligimiz deb o'ylayman.

- Siz KXDRga qarshi uch marotaba va Qirg'izistonga qarshi ikki marotaba o'ynagansiz. Hozir ikki terma jamoa qanchalik o'zgargan bo'lishi mumkin? Bo'lajak raqiblarimiz haqidagi tasavvuringiz qanday?

- Hozirgi kunda futbol har kuni o'zgarmoqda. Futbolchi sifatida ham kecha qilgan ishingizni, bugun bajara olmay qolishingiz mumkin. Eng asosiysi, o'yin kuni qanchalik tayyor bo'lishingiz muhim. Bu eng katta omil. Bu uchrashuvlarning barchasi tarixga aylandi. Biz endi yangi tarix yaratishga harakat qilamiz. Barcha muxlislarimizdan bizni duo qilishlarini so'raymiz. Sizlar, yani OAV vakillaridan ham terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashlaringizni iltimos qilgan bo'lardim. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика