So’nggi yangiliklar

09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  0 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14

Otabek SHukurov: "O'zimiz shu holatga keltirdikmi, o'zimiz olib chiqib ketamiz" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "O'zimiz shu holatga keltirdikmi, o'zimiz olib chiqib ketamiz"

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig'in olib borayotganidan xabaringiz bor.

Bugungi mashg'ulotlarga "Nasaf" jamoasidan chaqirilgan to'rt nafar futbolchi Oybek Bozorov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Akmal Mozgovoy kelib qo'shildi. Ular Ian Katanec qo'l ostida tiklanish mashqlarini olib borishdi. Odatdagidek mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo'ldi. Fursatdan foydalanib saytimiz muxbiri terma jamoamiz etakchisi Otabek SHukurov bilan intervyu uyushtirdi. 

- Dastlab davom etayotgan yig'in va yangi bosh murabbiy haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Yangi bosh murabbiy va yangi maqsadlar bilan mashg'ulotlarni boshlab oldik. To'g'ri bu o'rtoqlik uchrashuvi. Lekin terma jamoaning har bir o'yini futbolchilar uchun ham, muxlislar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Yangi bosh murabbiy bilan barchasini yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qilmoqdamiz. Hozir Srechko Katanecdan boshqa narsani o'zgartirishni talab qilish vaqtimas. Undan faqat Jahon chempionatiga chiqishni talab qilish kerak. Yilma-yil bunga erishish lozim. 

- Yig'inning ilk kunlaridan boshlab Srechko Katanecning qanday ustunliklari va farqlarini ko'rdingiz?

- Hozir biror narsa deya olmayman. Lekin tartib-intizomga qattiq yondoshar ekan. Futbolda mayda kamchilik bo'lmaydi. Hozirdan bir oila sifatida jipslashtirishga harakat qilmoqda. Tartib bo'lsa, terma jamoa birlasha olsa, natija ham o'zi keladi. Bu juda ham yaxshi, deb o'ylayman.

- Milliy terma jamoa sardorligi uchun sizning nomzodingiz ilgari surilmoqda. Odil Ahmedovdan so'ng sardorlik bog'ichini  qabul qilib olishga tayyormisiz?

- Avvalo buni men hal qilmayman. Kim sardor bo'lishidan qatiy nazar terma jamoaga foydasi tegsa bo'lgani. Bu vatan terma jamoasi bo'lgani uchun mag'lubiyatlar, Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz yurakka og'ir botadi. Terma jamoaga chaqirilisan deyishsa, boshqacha hissiyotlar bo'ladi. Qanday qiyinchiliklar bo'lsa, tayyormiz. O'zimiz olib chiqmasak, bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. Mana shu holatga o'zimiz olib keldikmi, o'zimiz olib chiqamiz. 

- SHveciya kabi top yani Jahon darajasidagi terma jamoalar bilan har doim ham o'ynayvermaymiz. Avvalgi yillarda Suriya, Iroq bilan cheklandik. Kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishimizga munosabatingiz qanday?

- Murabbiyga ko'p narsa bog'liq. U katta maqsadni qo'ydimi, katta talablarni qo'yishi kerak. SHveciya kabi yuqori darajadagi terma jamoalar bilan o'ynash katta yordam beradi. O'zingizdan kuchsiz terma jamoa bilan o'ynadingizmi, siz kuchsizlanayapsiz degani. Jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yildimi, mana shunday termalarga qarshi maydonga chiqish zarur. 

Abdulaziz  Iskandarov yozib  oldi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика