Otabek SHukurov: "Osiyo Kubogidagi maqsadimiz - chempion bo'lish"
14 jan 2019 16:05
Yangiliklar
Otabek SHukurov: "Osiyo Kubogidagi maqsadimiz - chempion bo'lish"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov Turkmanistonga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv (4:0) haqida fikr bildirdi.
"Turkmanistonni mag'lub etganimizdan juda xursandmiz. Navbatdagi uchrashuv Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Osiyo Kubogidagi maqsadimiz - chempion bo'lish.
BAA klubida o'ynashimni hamma yaxshi biladi. Qaerga borsam stadion xodimlari yoki muxlislar meni tanishmoqda. Ular ismimni aytib meni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Ko'plab vatandoshlarimiz bizni qo'llash uchun BAAga etib kelibdi. Men va futbolchilar bundan mamnunmiz. Navbatdagi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, ishqibozlarni xursand etishni xohlaymiz" - deydi Otabek SHukurov.
Fikrlar