So’nggi yangiliklar

23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  0 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  6 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  84 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  13 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5

Otabek SHukurov: "O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, terma jamoa o'yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, terma jamoa o'yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi"

Termamiz etakchisi, Turkiyaning "Fotih Karagumryuk" klubi xavbeki Otabek SHukurov Qozog'iston bilan uchrashuvdan so'ng (2:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- 15 yillik tanaffusdan so'ng derbi yana qaytdi, principial bahsda chiroyli g'alabaga erishildi. O'yin hakida fikrlaringiz qanday? 

- G'alabadan hamma xursand, o'z maydonimizda yutuqqa erishganimiz quvonarli. O'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, terma jamoa o'yini har doim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki muxlislar bizdan g'alaba kutishadi. Bizning hozirgi rejalarimiz – Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralashiga tayorgarlik ko'rish. Birinchi navbatda, taktik jihatdan yangi jamoa tuzish ustida bosh qotiryapmiz. 

- So'nggi yig'inlarda terma jamoaga ko'p futbolchilar jalb etilmoqda, ayniqsa, yosh o'yinchilar. Terma jamoaning tajribali futbolchisi sifatida bunga qanday qaraysiz ?

- Menimcha, bu juda to'g'ri qaror. Jahon chempionati saralash bahslari 2 yildan so'ng boshlanadi. Hozirgi vaqtda yoshlarga imkon berilsa, ular 2-3 yildan so'ng eng optimal formada katta turnirlarda ishtirok etishadi Ular jamoaning kelajagi, ertaga terma jamoada ham hozirgi yoshlar to'p tepishadi. Hozirgi o'yinlar esa yoshlarimizga katta tajriba beradi. Bizni oldinda Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralashi kutib turibdi. Yoshlar esa o'sha musobaqalarda vatanimiz nomidan o'ynashlari lozim, shuning uchun yoshlarga imkoniyat beraverish kerak.

- Katta turnirlar, bosim yo'q, murrabiyga esa vaqt va resurs taqdim etilgan hozirgi vaqtda terma jamoadagm ichki muhit qanday holatda? 

- Jamoada kayfiyat yaxshi. Hamma bir tan-u, bir jon bo'lib harakat qilmoqda. Do'stona muhit hukm suryapti, atmosfera alo darajada. Qachonki yaxshi jamoa yig'ilganda, natijaga erishish munkun. O'yinchilar qanday darajada bo'lmasin, jamoa sifatida shakillanmagan bo'lsa, natija bo'lmaydi. Ko'rib turganizgizdek, yaxshi jamoa bo'lib yig'ildik va shunga yarasha kichik bo'lsa ham natija bor.

- Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi xaqida fikringiz ?

- Rossiya – kuchli raqib. Aytib o'tganimdek, biz har bir o'rtoqlik bahsida jamoa tuzishga, o'yinimiz sifatini yaxshilashga harakat qilamiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика