So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  8 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Otabek G'ulomxo'jaev: "Pro ligani o'ylayotganim yo'q. Jamoani tashlab ketganimda bu erga kelmas edim" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Pro ligani o'ylayotganim yo'q. Jamoani tashlab ketganimda bu erga kelmas edim"

Superliga 26-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Doimgidek o'zimizga o'zimiz gol olib keldik. "Paxtakor"ni g'alaba va chempionlik bilan tabriklayman. Bu klub O'zbekistonning yuzi va faxri. Raqibning kuchini bilar edik. O'yinni himoyadan qurganimizga qaramay xatolar bo'ldi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.

- Jamoa o'tish o'yinida "Neftchi" bilan o'ynaydi. "Andijon"ni Superligada olib qolishga o'zingizda ishonch qay darajada?

- Oxirgi to'rtta turda O'zbekistonning top jamoalariga qarshi o'ynadik. Qanday jamoaga kelayotganimni bilardim. O'tish o'yiniga qadar borish shart emas edi. Lekin ortga yo'l yo'q edi. Hech qaysi murabbiy jamoani pastga tushirib yuborish uchun qabul qilib olmaydi. Ushbu uchrashuvga maksimal darajada tayyorlanamiz. Jamoani  elitada olib qolaman deb so'z berganman. Demak o'zimga va jamoadagi yigitlarga ishonaman. Avvalo hammasi xudodan. 

- "Turon" bilan o'yinda "Neftchi"ning haqiqiy kuchini ko'rmadik. Jamoa durangni o'yladi va jazolandi. Bu omil sizni chalg'itib qo'ymaydimi?

- Bilasizmi, to'g'risi Pro ligada ko'p uchrashuvlardan kuzata olmadim. Oxirgi to'rt turda faqat o'z o'yinimiz bilan mashg'ul bo'ldik. Kechagi o'yinda esa yo'lda edik. Faqat videoda karate bo'lgan vaziyatni ko'rdik. Ayrim hissiyotlarini ushlay olmaydigan muxlislar deb butun jamoaga baho berish kerak emas. So'nggi o'yinlarini ko'rib chiqamiz. "Turon"da xohish yuqori bo'ldi, oldingi chiziqdagi futbolchilarida keskinlik, havfli hujumlar soni ham ko'p bo'lganini kuzatdik. Bir nechta vaziyatlarda kechirdi ham. "Neftchi" bilan o'ynash bizga nasib qilgan ekan. Yana bir vodiy derbisini ko'ramiz. 

Men Pro ligaga tushib ketishni o'ylamayapman. Agarda tushib ketsak ham jamoani tashlab ketmayman. Bunda kimdandir ayb qidirish kerak emas. Bu yigitlar bilan nimadir qila olamiz. Lekin vaqtimiz kam. "Paxtakor" yarimta vaziyatdan ham gol urib keta olishini bilasizlar. Menimcha ikki, uch nafar futbolchimizni aytmaganda qolganlarning yoshi 21 va 24 atrofida. Ular o'z ustida ishlasa yaqin yillarda top klublarga yo'l olishi mumkin. Buni o'ziga ham aytyapman. SHunday o'yinlarda maydonga chiqib o'zini ko'rsatsa hamma ko'radi, kuzatadi. Qachongacha autsayder klublarda yuraverasizlar deb aytmoqdaman. Ularning miyasiga quyib bo'lmayapti. Boshqalar qilgan ishni bular qila oladi. Faqat tezroq fikrlash va vaziyatlarda xotirjamroq bo'lish kerak. Aslida bu narsalarni men kelgunimga qadar o'ylashlari kerak edi. Biz o'zbekligimizga boramiz baribir. Pro ligani o'ylayotganimiz yo'q, jamoani tashlab ketganimda kelmas edim.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика