So’nggi yangiliklar

15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   0 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  4 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  27 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7

Otabek G'ulomxo'jaev: O'rtoqlik o'yinlarida tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: O'rtoqlik o'yinlarida tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida Berlin U-18 jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Genri Renosh ishtirok etdi.

“O'yindagi muhitni ko'rib lol qoldim. Bemalol ayta olamanki, O'zbekistonga qarshi o'yin jamoamiz uchun fantastik darajada o'tdi. Stadiondagi muhit esa shunchaki super edi. Ushbu uchrashuv hammamizga yoqdi. Futbolchilarimiz birinchi marta bunday yuqori darajadagi o'yinda ishtirok etishdi va o'ylaymanki, mazkur bahsni ular hech qachon unutishmaydi.

O'zbekiston terma jamoasi esa oldindan kutganimizdek tezkor va hujumkor o'yin namoyish etdi. Ularning 17-raqamli futbolchisi (Ruslan Roziev) esa himoyachilarimizga ko'proq muammolar tug'dirdi. Umuman aytganda, durang natijadan mamnunman. CHunki uchrashuv davomida O'zbekiston terma jamoasida gol urish uchun imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Ammo darvozabonimiz jamoamizni bir qator gollardan saqlab qoldi. Biz esa o'yinni himoyadan o'tkazganimiz uchun oldingi chiziqda o'zimiz kutganchalik vaziyatlarga ega bo'lmadik”, - dedi Genri Renosh.

SHundan so'ng, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalambor, stadiondagi muhit haqida gapirmoqchi edim. Hammasi yuqori darajada tashkil etildi. Muxlislar biz uchun qoyilmaqom muhitni yaratib berishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz. Hammasi men kutganimdan ham ortiq darajada bo'ldi. O'yin yaxshi o'tdi. O'ylashimcha, navbatdagi uchrashuvimiz yanada qiziqarli kechadi. Ha, bizda golli imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Ammo oxirgi zarbani berishda yigitlarga aniqlik etishmadi. Ammo g'alabaga loyiq bo'lish uchun o'sha vaziyatlarda oxirgi zarbani aniq bera olish kerak. Tarkibimizda hali 17 yoshga to'lmagan 3-4 nafar bolalar ham bor. To'g'ri, hujum qilishni uddalayapmiz. Biroq oxirgi zarbani berishda baribir tajriba etishmayapti.

Ammo meni xursand qiladigani, jamoamizda individual jihatdan yaxshi futbolchilar ko'p. Futbolning chiroyi shundaki, oldingi chiziqdagi futbolchilarning kreativligidan to'g'ri foydalanish kerak. Endi Namanganda o'tadigan o'yinda tarkibda o'zgarishlarni qilamiz. Biz 22 nafar o'yinchi bilan kelganmiz va bugun hammasi bo'lib 16 ta futbolchi maydonga tushdi. Namanganda esa bugun o'ynamagan 6 nafar futbolchiga asosiy tarkibda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat beraman”, - dedi Otabek G'ulomxo'jaev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика