So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Otabek G'ulomxo'jaev: "Barcha rejalarimizni AGMKning standart vaziyatlari o'zgartirib yubordi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Barcha rejalarimizni AGMKning standart vaziyatlari o'zgartirib yubordi"

Superliganing 24-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" (4:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

Har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi. Barcha rejalarimizni AGMKning standart vaziyatlari o'zgartirib yubordi. Deyarli 10 daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yubordik, shundan so'ng futbolchilarimizda ishtiyoq sezilmay qoldi. Ikkinchi bo'limda maydonga hisobni tenglashtirish uchun maydonga tushgan edik, ammo o'xshamadi. Zaxiramiz uzun emasligi tufayli va maydonga tushib o'yinimizni kuchaytira oladigan futbolchining yo'qligi ham bugun tasir qildi.

- "Andijon" so'ngi turlarda "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi. "Andijon"ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Bizning vazifamiz jamoani maksimal darajada Superligada olib qolish. O'tgan safar ham aytib o'tdim, jamoani olib qolishga maksimal darajada harakat qilamiz. Yigitlarni nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilaman. "Qo'qon-1912" ham kuchli uchlikka harakat qilmoqda. So'nggi o'yinlardagi raqiblarimiz haqiqatdan ham ancha kuchli. Jamoani olib qolish uchun murabbiylar shtabi va futbolchilar borimizni berib harakat qilamiz. Mag'lubiyatda doim murabbiy aybdor bo'ladi. Ha, jamoani maksimal tayyorladik, ammo standart vaziyatlarda yigitlar etiborni yo'qotishdi. Imkoniyat oxirigacha bo'ladi. "Buxoro" va "Surxon" natijalaridan qatiy nazar biz o'zimizning o'yinlarimizda yutishga harakat qilamiz. Hayot to'xtamaydi, hayot davom etadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика