So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Ota izidan borgan SHahboz Erkinov bugun 33 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ota izidan borgan SHahboz Erkinov bugun 33 yoshga to'ldi

Tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchi va murabbiylarni qutlashda davom etamiz.

Bugun, 16 iyul kuni tajribali hujumchi, Gennadiy Krasnickiy nomidagi O'zbekiston to'purarlari klubi azosi, futbolchilar sulolasi davomchisi SHahboz Erkinov 33 yoshga to'ldi. Qahramonimiz yaqin o'tmishning taniqli futbolchilaridan bo'lgan Furqat Esonboevning farzandi hisoblanadi va tabiiyki, yosh SHahboz boshqa kasbni tanlay olmasdi. Millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish unga qondan o'tgan.  

- Otangiz ilk muxlisingiz va shu bilan birga birinchi tanqidchi hamda tahlilchingiz ekanlar...

- Otam nafaqat ilk muxlisim, balki birinchi murabbiyim hamdirlar. Ham hayotda, ham futbolda otamga o'xshashga harakat qilganman. Siz aytgandek, ular mening birinchi muxlisim va tanqidchimlar. Har bir uchrashuvdan so'ng o'yinimni tahlil qilib beradilar. Qaerda xatoga yo'l qo'ydim, qaysi vaziyatda noto'g'ri harakat qildim, hamma-hammasini aytadilar. Nafaqat aytadilar, balki keyinchalik bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga etibor berishimni ham uqtiradilar. Malum sabablar bilan o'yinimni ko'ra olmasalar, o'sha uchrashuv yozilgan diskni olib kelib bermaganumcha tinch qo'ymaydilar. Bir so'z bilan aytganda, o'rtamizda hamisha futbol muhokamasi, munozara va tahlili bo'lib kelgan.

SHahboz Erkinov futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "SHo'rtan", "Olmaliq", "PAS" (Eron) jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda "Qo'qon-1912" klubi safida o'ynayapti. Bizdagi malumotlarga tayansak, Erkinovning O'zbekiston chempionati oliy ligasida kiritgan gollarni soni 99tani tashkil qilmoqda. Yana bitta goldan so'ng u yuzlik dovonini zabt etadi. 2016 yili "Nasaf"da o'ynab yurgan kezlari faoliyati davomida kiritgan gollari soni 100taga etgandi. O'shanda unga shonli "Paxtakor" jamoasining afonasi To'lagan Isoqov "Gennadiy Krasnickiy klubi"ga qabul qilingani haqidagi sovrinni topshirgan edi.

Kamoliddin Murzoev, yaqin do'sti

- SHahboz bilan olimpiya terma jamoasida o'ynab yurgan kezlarimiz tanishib, qalin do'st bo'lib ketganmiz. Bugungi kunda ham eng yaqin, sirdosh do'stim. Ertalab qo'ng'iroq qilib, tug'ilgan kuni bilan tabrikladim. Yana kamida 5 yil futbol o'ynab bergin, deb niyat qildim. Sizga jo'natgan suratni bugun unga ham yubordim. Do'stligimiz abadiy bo'lsin. Fursatdan foydalanib, do'stimga sog'liq, oilaviy baxt, kelin bilan birga shirindan-shakar farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilayman.         

 

Biz ham o'z o'rnida saytimiz ijodiy guruhi hamda o'quvchilarimiz nomidan SHahboz Erkinovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика