So’nggi yangiliklar

13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  0 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  5 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  45 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  14 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4

Oston O'runovning yangi "uyi" - "Otkritie Arena"ga fotosayohat Yangiliklar

Oston O'runovning yangi "uyi" - "Otkritie Arena"ga fotosayohat

Bir necha daqiqa oldin Moskvaning "Spartak" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runovning transferini rasman elon qildi.

Fevral oyida saytimiz fotografi Jahongir Fayzullaev o'quvchilarimiz uchun stadiondan maxsus fotoreportaj tayyorlagan edi. Endi ushbu stadionda Oston O'runov o'ynaydi. Marhamat tomosha qiling.


"Otkritie Arena" stadioni 2014 yil 27 avgust kuni qurib bitkazilgan.


Stadion yonida gladiator haykali mavjud.


Stadion Moskvaning Pokrovskoe-Streshnevo tumanida joylashgan. Bu erda oldin Tushinskiy aerodromi bo'lgan.


Stadionni qurish uchun 14,5 milliard rubl sarflangan. Arxitektor - Burkxard Grimm.


2013 yil 19 fevral kuni stadion "Otkritie Arena" ("Otkrytie Arena") nomini olgan. "Otkritie" banki 6 yil uchun "Spartak" klubiga 1 milliard 208 million rubl to'lashga kelishilgan. 2018 yilda ushbu kelishuv 2023 yilga qadar uzaytirilgan, faqat moliyaviy tomonlari oshkor etilmagan.


 

Ushbu stadionda 2017 yilgi Konfederaciyalar kubogining 4ta o'yini o'tkazilgan.  Ular orasida uchinchi o'rin uchun Portugaliya - Meksika 2:1 o'yini ham bor. Bundan tashqari 2018 yilgi Jahon chempionatining 5ta uchrashuvi "Otkritie" stadionida o'tkazilgan. (Suratda Narzulla Saydullaev va bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Gayrat Xasbiullin)
 



Stadion o'z bag'riga 45 360 tomoshabinni sig'dira oladi.


Maydon uzunligi 105 metr, eniga 68 metr. Maysa to'liq tabiiy.



Saytimiz fotografi Jahongir Fayzullaev stadiondan barchaga salom yo'llamoqda.



Stadion ichida aka-uka Starostinlar sharafiga haykal o'rnatilgan.


Matbuot anjumani xonasi


 Championat.asia sayti Oston O'runovga mana shu maydonda ko'plab o'yinlarda maydonga tushib ajoyib gollar urishini tilaydi! 


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика