Oston O'runov "Ufa"ga o'tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi

Alisher
20 yanv 2020, 11:34
"Navbahor" va "Lokomotiv" jamoalari sobiq yarim himoyachisi Oston O'runov tez orada legionerga aylanishi mumkin.

"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi sobiq futbolchisi Oston O'runov bilan shartnoma imzolanishi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

"Oston O'runov biz bilan birga yig'inda qatnashmoqda. O'yinchi bilan shartnoma imzolashimiz mumkin. Bizda yana bir legioner bilan shartnoma imzolash uchun joy bor.

Oston o'zining darajasini ko'rsatishi kerak bo'lgan yosh o'yinchi. U nafaqat rus klublarining, balki boshqa ko'plab jamoalarning ham e'tiborini tortmoqda.

U bizning taklifimizga rozilik bildirgan holda sinovga keldi. U o'zining darajasini isbotlashga urinmoqda", - deydi Gazizov "Chempionat" muxbiri Andrey Pankov bilan bo'lgan suhbatda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/ufafc