Oston O'runov yangi mavsumda "Spartak" qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin
10 iyu 2021 23:38
Yangiliklar
Oston O'runov yangi mavsumda "Spartak" qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin
Hamyurtimiz Oston O'runov "Spartak"ni tark etishi mumkin.
Xabar qilinishicha, "Spartak" klubi Oston O'runovni sotib yuborish niyatida. O'runov tomondagilar esa bunga qarshi. Sababi, hozirda Ostonga qiziqish bildirayotgan klublar, u "Spartak"da oladigan maoshni to'lay olishmaydi.
Futbolchi yangi mavsumda "Spartak-2" qaydnomasidan ham tushib qolayapti. Legionerlar sonining chegaralanganligi sabab O'runovga asosiy jamoada ham joy yo'q.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchining Moskva klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
O'runov o'tgan mavsum "Ufa" tarkibida 10ta (1ta assist) va "Spartak" libosida 9ta (1ta gol) o'yin o'tkazgandi.
Fikrlar