Oston O'runov "Navbahor"ni tark etdi
28 dek 2018 15:11
Yangiliklar
Oston O'runov "Navbahor"ni tark etdi
Ayni paytda Superliga klublari transferlarni amalga oshirishni davom ettirishmoqda.
PFL tomonidan Superliganing 2018 yildagi eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topilgan Oston O'runov "Navbahor" jamoasini tark etdi. Hozircha uning qaysi klubga o'tayotgani aniq emas.
Oston O'runov o'zining instagramdagi sahifasida surat joyladi va uning tagiga quyidagi so'zlarni yozib qoldirdi:
- SHu jamoaga birinchi kelganimda meni hech kim tanimasdi. Hozirgi kunga etib kelishimda mana shu akalarimning juda katta o'rni bor. Ularning hammalariga rahmat, bir yarim yil sizlar bilan birga o'ynaganimdan xursandman. Bunday ahil jamoani boshqa ko'rmasam kerak, yana birga bo'lish nasib qilsin! Albatta, qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga ham rahmat. natijalarda ularning ham o'rni katta.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar