So’nggi yangiliklar

14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   0 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  0 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  22 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  3 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0 12:16"Металлург" сардори 293 кундан сўнг яшил майдонга қайтди  1 11:48Жиддий жароҳат олган "Сўғдиёна" етакчиси қачон майдонга қайтади?   1 11:41Бугун тунда Суперкубок учун баҳс бўлиб ўтади  0 11:21Бу иш ПСЖ тарихида иккинчи марта содир бўлди  0 10:54"Реал Мадрид" ёзда яна футболчи сотиб оладими? Анчелотти жавоб берди  1 10:26Англия грандидан 70-80 очко олиб ташланиши мумкин  6 09:52Элдор Шомуродов фаолиятини Италия футболи афсонасининг жамоасида давом эттириши мумкин   16

O'smirlarimizning Osiyo chempionatlaridagi ishtiroklari Yangiliklar

O'smirlarimizning Osiyo chempionatlaridagi ishtiroklari

O'smirlar terma jamoamiz Osiyo chempionatining final bosqichida 8-marta ishtirok etadi.
Bundan avvalgi musobaqalarda jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqish vakillarimizga ikki marta nasib etgan. Toshkentdagi chempionat finaliga chiqib, mundialga yo'llanma olgan Aleksey Evstafeev shogirdlarining Meksikada ko'rsatgan qahramonliklarini, keyin esa Eronda chempionga aylangan Dilshod Nuraliev jamoasining ajoyib o'yinlarini muxlislar hali unutganlari yo'q.

2008 yilgi turnirdan boshlab barcha yarim finalchilar kichik mundialga yo'llanma olishadi. Ungacha esa dastlabki uch o'rin sohiblari bunday muvaffaqiyatga sazovor bo'lishgan. SHu sababli ham 2002 yilgi chempionatda Xitoyga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan o'smirlarimiz JCH yo'llanmasidan quruq qolib ketishgan. Quyida o'smirlarimizning Osiyo chempionati final bosqichlaridagi barcha natijalariga nazar tashlab o'tamiz.

1994 yil
Ilk marta final bosqichida ishtirok etgan o'smirlarimiz barcha uchrashuvlarda yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan va bu borada antirekordchilardan biri hisoblanadi. O'sha paytlarda buning sababini mutaxassislar qolgan jamoalar safida yoshi kichraytirilgan, aslida katta yoshdagi o'yinchilarning harakat qilgani bilan izohlagandi. Bilmadik, bu qanchalik haqiqat yoki noto'g'ri, lekin to'rt uchrashuvda 31 to'p o'tkazib yuborish haqiqiy sharmandagarchilik.

19 oktyabr
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston – 6:1
21 oktyabr
Qatar – O'zbekiston – 6:1
23 oktyabr
Xitoy – O'zbekiston – 11:0
25 oktyabr
Ummon – O'zbekiston – 8:1

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Ummon 4 3 0 1 11-2 9
2 Qatar 4 3 0 1 9-3 9
3 Xitoy 4 2 0 2 14-5 6
4 Saudiya Arabistoni 4 2 0 2 8-4 6
5 O'zbekiston 4 0 0 4 3-31 0


1996 yil
1996 yildagi chempionatda esa ozgina bo'lsa hamki, ko'tarilish ko'zga tashlangan. Bu safar faqat ikki uchrashuvda yirik hisoblarda imkoniyat boy berilgan, bir kichik mag'lubiyat va final bosqichlarida qo'lga kiritilgan ilk ochko. Ummon ikki yil oldingi 8:1ni 6:1 tushirgan bo'lsa, yaponlar uchta gol urish bilan cheklanishgan. Quvaytga 0:2 hisobida engilgan vakillarimiz koreyslar bilan 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishgan. Yana guruhdagi oxirgi o'rin va yaqqol autsayderlik.

20 sentyabr
O'zbekiston – Ummon – 1:6
22 sentyabr
O'zbekiston - Quvayt – 0:2
24 sentyabr
O'zbekiston – Janubiy Koreya – 1:1
26 sentyabr
O'zbekiston – Yaponiya – 0:3

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Ummon 4 3 1 0 12-4 10
2 Yaponiya 4 3 1 0 13-6 10
3 Janubiy Koreya 4 4 1 1 7-8 4
4 Quvayt 4 1 0 3 5-9 3
5 O'zbekiston 4 0 1 3 2-12 1

2002 yil
2002 yilga kelib, o'smirlar termamiz osmonida ham quyosh paydo bo'ldi. Guruhda Suriya, Qatar va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o'tkazgan futbolchilarimiz 7 ochko to'plab birinchi marta chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi. Unda BAAni 3:0 hisobida tor-mor keltirgan jamoamizni keyingi ikki uchrashuvdagi bir g'alaba to'liq qoniqtirardi, yani biz jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'lardik. Yarim finalda koreyslar ustunliklarini to'liq tarzda ifodalashdi – 4:0. Uchinchi o'rin uchun bahsi hayot-mamot masalasiga aylandi. Unda Xitoy bilan maydonga tushgan o'smirlarimiz qanchalik harakat qilishmasin, omad CHin yurti vakillariga kulib boqdi. Ikkinchi taym o'rtalarida kiritilgan to'p mundial yo'llanmasini Xitoy qo'liga tutqazdi. Ha, katta afsus va achinish bilan eslashga arziydigan voqea.
8 sentyabr
O'zbekiston – Yaponiya – 2:1
11 sentyabr
O'zbekiston – Suriya – 1:1
14 sentyabr
O'zbekiston - Qatar – 1:0

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 O'zbekiston 3 2 1 0 4-2 7
2 Suriya 3 1 1 1 2-2 4
3 Qatar 3 1 0 2 3-3 3
4 Yaponiya 3 1 0 2 3-5 3

CHorak final
17 sentyabr
O'zbekiston – BAA – 3:0
Xitoy - Qatar – 3:1
Janubiy Koreya – Hindiston – 3:1
Yaman – Suriya – 2:1
Yarim final
20 sentyabr
Xitoy – Yaman – 0:1
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 4:0
3-o'rin uchun
22 sentyabr
Xitoy – O'zbekiston – 1:0
Final
Yaman – Janubiy Koreya – 1:1 (3:5)

2004 yil
Keyingi chempionatning final bosqichida guruhda Iroq, Qatar va Bangladeshga qarshi kurashgan o'smirlarimiz dastlabki ikki jamoani o'zlaridan oldinga o'tkazib yuborishdi. 2002 yil Qatarni engib, ularning guruhda qolib ketishiga sababchi bo'lgan vakillarimiz bu safar hal qiluvchi bahsda Qatar bilan to'qnash kelishdi va 2:2 hisobidagi durang natija raqibimizni chorak final sari etakladi. Boz ustiga, kuchsiz sanalgan Bangladeshni ham yuta olmaganmiz – 1:1.
5 sentyabr
O'zbekiston – Bangladesh – 1:1
7 sentyabr
Iroq - O'zbekiston – 4:1
9 sentyabr
O'zbekiston - Qatar – 2:2

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Qatar 3 2 1 0 9-3 7
2 Iroq 3 2 0 1 7-3 6
3 O'zbekiston 3 0 2 1 4-7 2
4 Bangladesh 3 0 1 2 3-10 1

2008 yil
Olti yil avval Toshkentda o'tkazilgan chempionat biz uchun qanday yakunlanganini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. O'shanda guruhda Eron birinchi o'rinni egallagandi. SHu tufayli chorak finalda Janubiy Koreya qarshiligiga duch kelgan futbolchilarimiz raqibdan saviya va mahorat bobida yaqqol kuchsiz ekanliklarini isbot qilishgandi. Oxir-oqibat mehmonda yirik hisobda g'alaba qozongan janubliklar mundial yo'llanmasiga ega bo'lishgandi.

4 oktyabr
Singapur – O'zbekiston – 0:7
Gollar:
Abdullaev 10-pen, 86, Gapparov 86, Utkin 23, 90, Galeev 81, 89.
6 oktyabr
O'zbekiston – Eron – 1:2
Gollar
: Muhiddinov 80 – Yeganeh 27, Rizoi 55.
8 oktyabr
O'zbekiston – Bahrayn – 2:0
Gollar
: Abdurahmonov 44, Muhiddinov 51.

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Qatar 3 3 0 0 8-2 9
2 Iroq 3 2 0 1 10-2 6
3 O'zbekiston 3 1 0 2 3-4 3
4 Bangladesh 3 0 0 3 1-14 0

CHorak final
12 oktyabr
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 3:0
Gollar:
Kim Don Jin 12, Son Xyun Min 54, Li CHang 72.
2010 yil
Keyingi musobaqa ham Toshkentda o'tib, unda o'smirlarimiz finalgacha etib borishgan. Guruhda Indoneziya, Iordaniya hamda Tojikistonga qarshi bellashuvlarda 7 ochko to'plagan jamoamiz chorak finalda Suriyani 2:1 hisobida engib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yarim finalda Avstraliya 2:1 hisobida dog'da qoldirilgan bo'lsa, hal qiluvchi bahsda KXDR bizdan ustun kelgan – 2:0. Natijada tarixda birinchi marta bu yosh toifasidagi vakillarimiz kumush medallarga ega chiqishgan.

O'zbekiston – Indoneziya – 3:0
Gollar:
T.Hakimov 31, 47, Sobirxo'jaev 60.

Iordaniya – O'zbekiston – 0:0

O'zbekiston – Tojikiston – 8:1
Gollar:
Hakimov 2, 25, Mirabdullaev 19, Maxsitaliev 39, J.Hakimov 75, 90, Kamolov 80-pen, Murodov 89-pen – Muhtojzoda 59.

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 O'zbekiston 3 2 1 0 11-1 7
2 Iordaniya 3 1 2 0 2-1 5
3 Indoneziya 3 1 0 2 4-5 3
4 Tojikiston 3 0 1 2 3-13 1

CHorak final
O'zbekiston – Suriya – 2:1
Gollar
: Maxsitaliev 37, T.Hakimov 82 – Nabhan 50.
Yarim final
O'zbekiston – Avstraliya – 2:1
Gollar
: Maxsitaliev 17, 90 – Vudkok 43.
Final
O'zbekiston – KXDR – 0:2
Gollar:
Ri Kvang Il 75, Jo Kvang 85.

2012 yil
Erondagi chempionat esa biz uchun eng yoqimli musobaqalardan biriga aylangan. Guruhdan Hindistonning Xitoyga 90+4-daqiqada urgan goli tufayli chorak finalga yo'l olgan o'smirlarimiz bu yog'iga barcha raqibni mag'lubiyatga uchratishgan. Janubiy Koreya penaltilar seriyasida dog'da qoldirilgan. Yarim finalda mezbonlar 3:2 hisobida mag'lub etilgan. Finalda esa Yaponiya ham penaltilardan mag'lubiyatga uchratilib, ilk bor terma jamoamiz Osiyo chempioni degan sharafli nomni qo'lga kiritgan.
O'zbekiston – Hindiston – 3:2
Gollar:
Odilov 8, Abdullaev 53-pen, Abdug'aniev 79 – Ray 47, 71.

Xitoy – O'zbekiston – 1:1
Gollar
: Jingxang 43 – Boltaboev 16.

O'zbekiston – Suriya – 0:1
Gol: Alhusni 33.

# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Suriya 3 1 2 0 2-1 5
2 O'zbekiston 3 1 1 1 4-4 4
3 Xitoy 3 0 3 0 4-4 3
4 Hindiston 3 0 2 1 4-5 2

CHorak final
Janubiy Koreya – O'zbekiston – 1:1 (penaltilardan 3:5)
Gollar:
Xvan Xi CHan 90+4 – To'raev 64.

Yarim final
Eron – O'zbekiston - 2:3
Gollar
: Hussayni 4, Mazlum 88 – Hamdamov 13, Abdullaev 35, SHukurov 42.

Final
O'zbekiston – Yaponiya – 1:1 (penaltilardan 3:1)
Gollar
: To'raev 52 – Mizutani 16.


Behzod NAZAROV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика