So’nggi yangiliklar

16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  0 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  0 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  7 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  1 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  3 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  4 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  18 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  24 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  12

O'smirlarimiz g'alaba qozonishdi. O'zbekiston U-16 - KXDR U-16 - 3:2 Yangiliklar

O'smirlarimiz g'alaba qozonishdi. O'zbekiston U-16 - KXDR U-16 - 3:2

U-16 OCH ikkinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston U-16 - KXDR U-16 uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston U-16 - KXDR U-16 - 3:2
Bosh hakam:
Yuichi Nishimura (Yaponiya)
Gollar:
Xan Kvang Song 15, - 0:1. Suhrob Nurilloev 39, - 1:1. Abdug'ani G'anijonov 45+2, - 2:1.Suhrob Nurilloev 57, - 3:1.Jong CHang Bom 59, - 3:2.
O'zbekiston:
1.Akrom Xo'jaev, 3.Ilhomjon Alijonov (S), 4.Ozodbek Qurbonov, 6.Oybek Nurmatov, 7.Jonibek Ko'chimov, 8.Islom Kenjaboev, 11.Azizjon G'aniev, 14.Doston Berdiqulov, 10.Suhrob Nurulloev (9.Bakir Murtazoev, 75), 17.Doniyor Hoshimov, 22.Abdug'ani G'anijonov (23.Xudoyberdi Xoliqov, 68).

Zaxira:
5.Maruf Jumaev, 12.Hojiakbar SHomaqsudov, 13.Rahimjon SHaripov, 15.SHohruh Mahmudxo'jaev, 16.Yusuf SHoimov, 19.Saveliy Abramov, 21.Umid Ergashev, 18.Jahongir Ahmadov.

KXDR:
1.Ri CHol Song, 2.Ri Kuk Xyon, 3.Kim Vi Song, 6.Kim Ye Bom, 7.Pak Yong Gvan (13.Ju Xyok Song, 72), 8.Yon Jun Xyok, 9.Xan Kvang Song, 10.CHoe Song Xyok, 11.Jong CHang Bom, 14.CHoe Jin Nam, 17.Jang Song Il.

Zaxira:
4.Jong Ju Song, 5.Ju Xyon Xyok, 12.Xan Kvang Myong, 15.Kim Yong Saeng, 16.O CHung Guk, 18.Ryu Xyok, 19.Jo Vi Song, 20.Kang Song Jin, 21.Jong Se Myong.

Ogohlantirishlar:
Kim Vi Song 44, Jong CHang Bom 55, Jonibek Ko'chimov 56, Ozodbek Qurbonov 75,
CHetlatish:
Kim Vi Song 78


Cguruhi

Jamoa O' YU D M TN O
O'zbekiston 2 1 1 0 4-3 4
Nepal 2 1 1 0 3-2 4
KXDR 2 1 0 1 5-3 3
Kuvayt 2 0 0 2 1-3 0

1-tur. 7 sentyabr.
O'zbekiston – Nepal 1:1
Kuvayt – KXDR 0:3

2-tur. 9 sentyabr
Nepal – Kuvayt 2:1
KXDR – O'zbekiston 2:3

3-tur. 11 sentyabr
O'zbekiston – Kuvayt (14:00)
KXDR – Nepal (14:00)




                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH



O'smirlarimiz uchinchi turda Quvayt bilan 11 sentyabr kuni soat 14:00da o'ynashadi.

90+3. O'YIN TUGADI! G'ALABA! O'zbekiston KXDRni taslim qildi.

90+2.
Xan Kvang Songning zarbasi ancha noaniq ketdi

90+1.
O'yinga uch daqiqa qo'shib berildi.

90.
Nurmatov burchak yonida jarima to'pi ishlab oldi.

88. Xavfli vaziyat!!! Kenjaboev raqib jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, uni yonida ikkita sherigi bo'sh turgandi.

86.
O'zbekistonlik muxlislar stadionning o'zida bayramni boshlab yuborishdi.

85.
Kenjaboev burchak to'pini ishlab oldi. Uning o'zi amalga oshirib bergan to'pni darvozabon ushlab oldi

82.
O'smirlarimiz yaxshi hujumlar tashkil qilishmoqda, biroq yakuniy va aniq pas yo'q

80.
Jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi. Keyingi vaziyatda Xudoyberdi Xoliqov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

78. Qizil kartochka ! Kim Vi Song ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi

76.
Azizjon G'anievning kuchli zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

75. O'zgarish.
Suhrob Nurulloev o'rniga Bakir Murtazoev tushdi

73. Ogohlantirish.
O'zbekiston. Ozod Qurbonov

71. O'zgarish.
KXDR. Pak Yong Gvan o'rniga Ju Xyok Song tushdi

70.
Terma jamoamiz tezkor hujum tashkil qilib raqibni shoshirib qo'ydi. Biroq Nurilloev to'pga eta olmadi.

68. O'zgarish. O'zbekiston.
Abdug'ani G'anijonov o'rnga Xudoyberdi Xoliqov tushdi

67.
Pak Yong Gvanning zarbasi noaniq ketdi

65.
G'anijonov raqib bilan to'qnashuv natijasida o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi.

60. GOL! 3:2. Burchak to'pidan so'ng Jong CHang Bom hisobni qisqartirdi.

58. Birinchi turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Nurilloev bugun ikkita gol urdi! Uning o'zi to'pni raqibdan olib qo'yib to'pni darvozaga zarb berdi, ustundan qaygan to'pni uning o'zi golga aylantirdi - 3:1.

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:1 SUHROB NURILLOEV !!!!

56. Ogohlantirish.
O'zbekiston. Jonibek Ko'chimov

56.
G'anijonov hozir yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq u to'pga eta olmadi

55. Ogohlantirish.
KXDR. Jong CHang Bom

54. Hisobda oldinga chiqib olgan o'smirlarimizning o'yinida o'ziga xos hotirjamlik paydo bo'ldi. To'g'ri xatolar bor, biroq ancha erkin o'ynashmoqda

52.
Kenjaboevning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi

49. CHap qanotdan jarima maydonimizga uzatilgan to'pni Xan Kvang Song boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq

47. Xavfli vaziyat!
Vakillarimiz burchak to'piga ega bo'lishdi. Nurilloevning pasidan so'ng Alijonov to'pga eta olmadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketayapmiz.

45+2. Doniyor Hoshimovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Abdug'ani G'anijonov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:1.

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1. Abdug'ani G'anijonov!!!

45+1.
Ko'chimovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozabonga nasib qildi

45.
Bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45.
Nurilloev jarima maydoni yonida yiqitildi, vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi.

44. Ogohlantirish.
KXDR. Kim Vi Song

43.
Xavfli zarba! Kim Ye Bom uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, noaniq
 
39. Nurilloev jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, to'p raqibga tegib ajoyib traektoriya hosil qilib darvozadan o'rin oldi - 1:1. CHiroyli gol!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUHROB NURILLOEV 1:1!

38.
Azizjon G'aniev chamasi 25 metrlardan zarba berdi, regbida bu ochko keltirardi

36. Xavfli vaziyat!
Ko'chimov to'pni jarima maydoniga havodan uzatdi, G'anijonov to'pga eta olmadi. Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham qayd etildi

34.
O'smirlarimiz bu musobaqaga tayyor emasdek taassurot qoldirmoqda. Texnik xatolar juda ko'p, juda.

30.
Jong CHang Bomning zarbasidan so'ng Xo'jaev qiyinchilik bilan qaytardi.

28.
Ko'chimov hozir haddidan oshdi. To'p bilan ketayotgan raqibga atayin zarba berdi, hakam uni ayadi

26.
Koreyslar himoyada to'pni bir birlariga oshirib turishibdi. SHu tariqa ular hujumga ham o'tishmoqda

24.
Nurulloev chap qanotdan oldinga o'tdi, uning oshirgan to'pini raqiblar qaytarishdi. Burchak to'pidan so'ng Nurmatov zarba bera olmadi.

23.
Mana o'smirlarimiz o'ziga kelishmoqda. Hujum tashkil etildi, hozircha zarba yo'q

22.Xavfli vaziyat!
CHoe Jin Nam to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi

20.
Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi O'zbekistondan kelgan muxlislar jamoamizni tinmay qo'llab turibdi

18.
Ochig'i o'yin boshidan koreyslar bizdan ko'ra faol o'ynashmoqda. Futbolchilarimiz qarshi hujumga o'tishda qiynalishmoqda

15. GOL! 0:1. CHoe Jin Nam chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatib berdi, Xan Kvang Song bemalol to'pni to'xtatdi va gol urdi - 0:1.

13.
KXDR burchak to'piga ega bo'ldi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi

12.
Birinchi turda terma jamoamiz safida eng faol bo'lgan Kenjaboev hozir to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.

11.
Yon Jun Xyokning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

10.
O'tgan turda qora ko'ynak va galstuk kiyib olgan Aleksandr Mochinov bugun ko'k kuynak va galstukda. Solidno.

7.
KXDR futbolchilari ancha tetik tarzda harakat qilishmoqda. Erkin tarzda hujumga o'tishmoqda. Hozir berilgan zarbadan so'ng posbonimiz qiyinchilik bilan to'pni qaytardi!

6. Xavfli vaziyat!!! Xan Kvang Song jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi!

5.
CHoe Song Xyokning zarbasidan so'ng to'pni Xo'jaev qaytardi

4.
Islom Kenjaboev raqibni maydon markazida yiqitdi. Pak Yong Gvanning jarima to'pi ancha noaniq ketdi.

2.
Ilk daqiqalarda koreyslar hujumkor tarzda o'ynashmoqda. Vakillarimiz himoyalanishmoqda

- O'YIN BOSHLANDI! O'smirlarimizga omad!


- Bugungi o'yinni yaponiyalik mashhur hakam Yuichi Nishimura boshqarib boradi...

- KXDR ilk turda Quvaytni 3:0 hisobida taslim qilgan. O'zbekiston esa Nepal bilan durang o'ynashdi - 1:1.

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga!

- Dastlab KXDR davlat madhiyasi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi KXDRga qarshi o'yinni boshlamoqda.

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика