So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi OCHning mezbon mamlakatlari nomi malum bo'ldi Yangiliklar

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi OCHning mezbon mamlakatlari nomi malum bo'ldi

2018 yili o'smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi malum bo'ldi.


2018 yilning 20 sentyabridan 7 oktyabriga qadar o'tkaziladigan o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Osiyo chempionatiga Malayziya mezbonlik qiladigan bo'ldi.



Yoshlar (U-19) o'rtasidagi Osiyo chempionatlari o'yinlari esa 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada bo'lib o'tadi.



Malumot uchun, U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 16–24 sentyabr kunlari o'tkaziladi. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar termasi saralash bosqichining “A” guruhidan joy oldi va OCH final yo'llanmasi uchun guruh mezboni Saudiya Arabistoni hamda Bahrayn, Iordaniya va SHri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa U-19 OCHga saralash bosqichining “B” guruhidan o'rin olgan. Guruhda, shuningdek, mezbon Tojikiston, Bangladesh, Maldiv orollari va SHri-Lanka joy olgan. Mazkur saralash o'yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика