

Musobaqada dastlabki 4ta o'rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Indoneziyadagi Osiyo chempionati bahslarida ishlash uchun OFK O'zbekistondan ham hakamlarni taklif qildi. Jumladan, hamyurtlarimiz Sherzod Qosimov va Andrey Sapenko mazkur musobaqada faoliyat olib borish uchun Indoneziyaga jo'nab ketishdi.



