So’nggi yangiliklar

13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  0 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  7 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14

O'smirlar o'rtasidagi mundiallarda "Oltin to'pi"ni olgan futbolchilar hozir qaerda? Yangiliklar

O'smirlar o'rtasidagi mundiallarda "Oltin to'pi"ni olgan futbolchilar hozir qaerda?

"Manchester Siti"ning yosh hujumchisi Kelechi Ixeanacho klubi safida gollar urishni boshladi.

Nigeriyalik futbolchi 2013 yil BAAda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi mundialda eng yaxshi o'yinchi uchun berilgan "Oltin to'p"ga ega chiqqandi. 1996 yil 3 oktyabr kuni tug'ilgan Kelechi o'z mamlakatida "Taye" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jahon chempionatidan so'ng u "Siti" akademiyasiga ko'chib o'tdi. SHu yildan boshlab asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 12 sentyabr kuni Kelechi "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida APLdagi debyut golini urib jamoaga g'alaba keltirdi. Kecha tunda "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Liga kubogi doirasidagi bahsda ham Ixeanacho gol urishga erishdi.

Kelechi Ixeanacho (chap tomonda)

2011 yil Meksikada o'tgan mundialda mezbonlar yarim himoyachisi Xulio Gomes "Oltin to'p"ga ega chiqqandi. Ammo Xulio yulduz futbolchi bo'la olmadi. O'sha paytda "Pachuka"da o'ynagan o'yinchi keyin "Gvadalaxara"ga, bu yil esa "Korrekaminos" klubiga ijaraga berildi. Meksika o'smirlaridan so'ng yoshlar terma jamoasida o'ynadi, milliyga hali taklif etilgani yo'q. Katta ehtimol bilan taklif etilmasa ham kerak.

Xulio Gomes

2009 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati Nigeriyada bo'lib o'tgandi. O'sha mundialning "Oltin to'pi" mezbonlar hujumchisi Emmanuel Saniga topshirilgandi. Futbolchi o'sha chempionatda 5ta gol urgandi. "May Pipl" ("My People") klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Nigeriya bilan finalga qadar etib borgan va SHveycariyaga yutqazib qo'ygan Sani mundialdan so'ng SHveciyaning "Bodens" klubi akademiyasiga ko'chib o'tgandi. Keyinroq "Lacio" uni sotib olgan va 4 yil davomida u Rim klubida faoliyat olib bordi. Biroq umuman asosiy tarkibda maydonga tushgani yo'q. Italiya B seriyasi va SHveycariya klubiga ijaraga berildi, Isroilda o'ynadi, SHveciya birinchi divizioni klubi sharafini himoya qildi. Ayni paytda Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" klubi azosi hisoblanadi. Ammo maydonga juda kam maydonga tushmoqda. 2012 yildan buyon hozirga qadar klublar safida atiga 16ta o'yinda maydonga tushib 6ta gol urdi.

Emmanuel Sani

2007 yil Janubiy Koreyadagi U-17 Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi bilan bronza medallariga ega chiqqan va 5ta gol urgan Toni Kroos chempionat yakunida "Oltin to'p"ni qabul qilib olgandi. 2007-2014 yillarda "Bavariya" klubi safida yutish mumkin bo'lgan deyarli barcha sovrinlarni yutgan Kroos 2014 yil 30 million evro evaziga "Real Madrid" klubiga ko'chib o'tdi. O'tgan yil Germaniya terma jamoasi bilan birga Braziliyada o'tgan mundialda Jahon chempioni bo'ldi.

Toni Kroos

Bundan 10 yil oldingi o'smirlar o'rtasidagi mundial Peruda bo'lib o'tgandi. Braziliya terma jamoasi finalga qadar etib borib Meksikaga yutqazib qo'ygandi. Mundialda meksikalik Karlos Vela to'purar bo'lgandi, braziliyalik Anderson esa "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgandi. 2006 yil yanvar oyida "Portu" uni 7 million evro evaziga "Gremio"dan sotib olgandi. Portugaliyadagi barcha sovrinlarga ega chiqqan Anderson 2007 yil may oyida "Manchester Yunayted" uning uchun 30 million sarfladi. 2008 yil yosh futbolchilarga topshiriladigan "Golden Boy" sovriniga ega chiqdi. Deyarli 10 yil davomida "qizil iblislar" safida o'ynagan futbolchi qator sovrinlarni qo'lga kiritdi, biroq o'zini yorqin tomonlama namoyish eta olgani yo'q. 2014 yil uni Italiyaning "Fiorentina" klubi ijaraga oldi. 2015 yilning fevral oyida Anderson Braziliyaning "Internasional" klubiga ko'chib o'tdi. Hozircha u klubning asosiy futbolchisi bo'lib turibdi. Anderson Braziliya terma jamoasida 8ta o'yin o'tkazgan, oxirgi bor uni 2008 yil termaga chaqirishgan.

Anderson

2003 yil Finlandiya mamlakati o'smirlar o'rtasidagi mundialga mezbonlik qilgandi. O'shanda ispaniyalik yarim himoyachi Francesk Fabregasga "Oltin to'p" va "Oltin butsa" topshirilgandi. Ispaniya finalda Braziliyaga yutqazib qo'yib kumush medallari bilan cheklangan bo'lsa, Fabregas chempionat davomida 5ta gol urgandi. Bu futbolchi haqida ortiqcha to'xtalib o'tish shart bo'lmasa kerak. Barcha uning "Arsenal" safida 2011 yilga qadar o'ynaganini va "Barselona"ga ko'chib o'tganini biladi. Sesk "kanonirlar" safida Angliya kubogi va Superkubogini yutdi, bir marta ECHL finaliga qadar etib bordi. "Barselona"da esa Ispaniya chempioni bo'ldi, Ispaniya kubogi va Superkubogini, Evropa Superkubogini qo'lga kiritdi hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'ldi. O'tgan yil Londonning "CHelsi" klubiga ko'chib o'tdi va Angliya premer-ligasida va Angliya liga kubogida g'olib bo'ldi.  Ispaniya safida ikki marta Evropa va bir marta Jahon chempioni bo'ldi. Bir necha hafta oldin u Ispaniya terma jamoasidagi 100-o'yinini o'tkazdi.

Sesk Fabregas

2001 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga Trinidad va Tobago mamlakati mezbonlik qilgan. Bu mundialda Franciya chempionlikni nishonlagan va jamoa hujumchisi Floran Sinama Ponol 9ta gol bilan eng yaxshi to'purarga aylangan. Ponol xuddi Fabregas singari ham "Oltin butsa", ham "Oltin" to'pga ega chiqqan. "Seynt Pierroise" klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Floran 1995-2001 yil "Gavr" akademiyasida o'qigan. Jahon chempionatidan so'ng uni "Liverpul" sotib olgan va "Gavr"ning o'ziga ijaraga bergan. Bu klub safida 3 yil o'ynagan hujumchi 2004 va 2005 yilda "Liverpul" sharafini himoya qilib CHempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va Angliya liga kubogiga ega chiqqan. Bir mavsum "Blekbern"da ijarada o'ynagan. SHundan so'ng Sinama Ponolning faoliyatida Ispaniya davri boshlangan. "Rekrativo" va "Atletiko"da o'ynagan futbolchi bir yil Portugaliyaning "Sporting"ida to'p tepdi. Yana Ispaniyaga qaytib "Saragosa" sharafini himoya qildi. 2011 yil o'z yurtida "Sent Eten"da unga joy topildi. Bir yildan so'ng Floran Rossiyada paydo bo'ldi. Uni "Rostov" klubi o'z safiga qo'shib oldi. Ushbu mamlakatdagi ikki yillik faoliyatdan so'ng o'z baxtini AQSH ligasida "CHikago Fayr" klubidan izlaydi. So'nggi malumotlarga ko'ra qahramonimiz ayni paytda SHveycariyaning "Lozanna Sport" klubida o'ynamoqda. U bir marta 2008 yil Franciya terma jamoasi safida Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan xolos.

Floran Sinama Ponol

1999 yil Yangi Zelandiya o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Lendon Donovan "Oltin to'p" bilan taqdirlangandi. AQSH o'sha mundialda to'rtinchi o'rinni band etgandi. Donovan "IMG" akademiyasida tahsil olgach Germaniyaning "Bayer" klubiga ko'chib o'tgan. 1999-2005 yillar Leverkuzen klubi sharafini himoya qilgan, orada uch yil "San Xose" klubida ijaraga o'ynagan. 2005-2014 yillarda "Los Anjeles Gelaksi" klubida ajoyib faoliyat olib bordi. 2009 yil "Bavariya"da 2010 va 2012 yillarda "Everton"da ijarada o'ynadi. AQSH terma jamoasi safida 157ta o'yinda 57ta gol urdi.


Undan oldin o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatlarida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchilar:
1997 yil - Serxio Santamariya (Ispaniya)
1995 yil - Muhammad Xatiri (Ummon)
1993 yil - Daniel Addo (Gana)
1991 yil - Nii Lempti (Gana)
1989 yil - Jeyms Uill (SHotlandiya)
1987 yil - Filip Osundu (Nigeriya)
1985 yil - Uilliam (Braziliya)

Malumot uchun, ayni paytda CHili davlatida o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempioni davom etmoqda. "Oltin to'p"ni kim qo'lga kiritarkin?


Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика