So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Osiyolik jurnalist FIFAni tanqid qildi Yangiliklar

Osiyolik jurnalist FIFAni tanqid qildi

Teglar :  FIFAJon Derden
Malumki, kecha FIFA "Yilning eng yaxshi murabbiyi" bo'lishga nomzodlar ro'yxatini malum qildi.

Ro'yxatdan 11 nafar murabbiy o'rin olgan va ularning hammasi Evropa jamoalarida ishlagan (ishlayotgan) kishilar. Dastavval nomzodlarni keltirib o'tsak. 

Massimiliano Allegri ("Yuventus")
Stanislav CHerchesov (Rossiya terma jamoasi)
Zlatko Dalich (Xorvatiya terma jamoasi)
Dide Desham (Franciya terma jamoasi)
Pep Gvardiola ("Manchester Siti")
Yurgen Klopp ("Liverpul")
Roberto Martines (Belgiya terma jamoasi)
Diego Simeone ("Atletiko")
Garet Sautgeyt (Angliya terma jamoasi)
Ernesto Valverde ("Barselona").
Zinedin Zidan ("Real" sobiq bosh murabbiyi) 

Mazkur ro'yxat elon qilinganidan so'ng Osiyo futbolini yoritib boruvchi jurnalist Jon Derden Fox Sports Asia saytida "FIFA Osiyo, Afrika va Amerikani rad qilyapti" sarlavhali maqola chop etdi. 

Maqola shunday deyiladi: "FIFA 11 kishidan iborat "Eng yaxshi murabbiy" bo'lishga nomzodlar ro'yxatini taqdim etdi. Albatta, ro'yxatdan Yurgen Klopp, Dide Desham, Pep Gvardiola, Zinedin Zidan kabi mashhurlarning joy olishi hech qanday shubha-gumon kasb etmaydi. Lekin bu bilan FIFA yana Evropa tomonida ekanini ko'rsatib qo'ydi. To'g'ri, jahonning eng kuchli ligalari Evropada, jahon chempioni bo'lgan jamoa ham Evropadan. SHu tomonlama ro'yxat to'g'ri tuzilgan deyish mumkindir". 

"Lekin bu ro'yxatda boshqa konfederaciyalardan ham hech bo'lmaganda ikki nafar nomzod ko'rsatilishi lozim edi. Bu shuni anglatyaptiki, sen toki eng kuchli jamoalarda ishlamas ekansan, doim ko'zdan chetda qolaverasan. Albatta, UEFA chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish oson emas. Bu musobaqani butun dunyo kuzatadi. Lekin saviya jihatidan ECHLga teng kela olmasa-da, Osiyo chempionlar ligasi ham o'ziga yarasha o'rniga ega. Saviya bir xil emasligi har ikkala musobaqaning bir o'rinda turmasligini anglatmaydi".

"FIFA dunyoda jahon chempionati va Evropa ligalaridan boshqa musobaqalar ham borligini unutib qo'yayotgandek. Aytaylik, Roberto Martines Belgiyani JCH yarim finaliga olib chiqdi, lekin uning xizmatlarini Yaponiya termasi ustozi Akira Nishinonikidan baland deya olamizmi? 63 yoshli Nishino jamoani aprel oyida qabul qilib olgandi, lekin u musobaqaga ikki oy qolganida ham yaxshi jamoa tuza oldi. To'g'ri, Belgiya o'zaro o'yinda yaponlarni yutdi, ammo bu Martines Nishinodan kuchli degani bo'lmasa kerak. Qolaversa, mag'lubiyatga qaramay Yaponiya o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etib berdi". 

"Yoki bo'lmasa Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrushni olaylik. Eron saralash bosqichini juda ajoyib tarzda o'tkazdi. Ular Braziliyadan so'ng mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan ikkinchi jamoa bo'lishdi. Bundan tashqari, Eron o'z guruhida Ispaniya, Portugaliya va Marokashga qarshi o'yin namoyish etdi. Bunday guruhda 4 ochko olish Osiyo jamoasi uchun oson emas". 

"Xuddi shunday tinimsiz mehnat qilgan murabbiylar Afrika bilan Amerikada ham bor. Gap FIFAning taqdirlash marosimi haqida ketar ekan, bu erda dunyoni mintaqalarga bo'lish kerak emas. Kim qaysi ligada ishlamasin, o'z mehnatiga yarasha rag'batlantirilishi kerak. FIFAning ro'yxatida mashhur nomlar bor, ular ko'p yutuqlarni qo'lga kiritgan. Ammo futbolda doim ham g'alaba keltiruvchi golni urgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lavermaydi. SHunday ekan, dunyoning eng yaxshi murabbiyi deganda faqat Evropadagi kuchli klublarda ishlayotgan murabbiylarni tushunish to'g'ri emas".

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика