So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  2 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  9 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  5 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

Osiyo qitasi uchun sentyabr oyidagi FIFA kunlari bekor qilindi. Endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Osiyo qitasi uchun sentyabr oyidagi FIFA kunlari bekor qilindi. Endi nima bo'ladi?

FIFA xalqaro taqvimga bir qator o'zgartirishlarni kiritdi:

- JCH-2022 qitalararo pley-off bosqichi 2022 yil mart oyidan iyun oyiga ko'chirildi,

- 2020 yil sentyabr oyidagi FIFA kunlarini OFK, KAF, KONKAKAF va Okeaniya mintaqasi uchun bekor qildi, UEFA va KONMEBOL uchun esa bu kunlar saqlab qolindi.

- 2020 yil oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlarini UEFA uchun bir kunga uzaytirish, bu orqali ikkita emas uchta o'yin o'tkazish imkoniyatini yaratib berish,

- 2021 yil iyun oyidagi FIFA kunlarini OFK, KAF, KONKAKAF va Okeaniya mintaqasi uchun 7 kunga uzaytirish, bu orqali ikkita emas to'rtta o'yin o'tkazish imkoniyatini yaratib berish.

Bu nima degani?

- 2020 yil sentyabr oyida agar milliy chempionatda FIFA kunlari uchun tanaffus ko'zda tutilmagan bo'lsa klublar o'z futbolchilarini terma jamoalarga qo'yib yubormaslikka haqli bo'lishadi. Masalan, agar Koreya/Yaponiya/Qatar/BAA chempionatlarida terma jamoalar uchun tanaffus bo'lmasa, O'zbekiston terma jamoasi azolari sentyabr oyidagi o'rtoqlik uchrashuviga kela olishmaydi.

- OFKda JCH-2022 saralashi uchinchi bosqichini 2021 yil oktyabr oyida yakunlash va qita pley-off bosqichini 2021 yil noyabr yoki 2022 yil mart oyida o'tkazish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, FIFA 2021 yil 1-18 dekabr kunlari 16ta terma jamoa ishtirokidagi Arab kubogini o'tkazishga ruxsat berdi, ushbu musobaqa 2022 yil yakunida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidan oldin Qatar uchun o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi, - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Xabaringiz bor, 4 sentyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tojikiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Agar kuni kelishilsa Eron bilan ham kuz faslining birinchi oyida to'qnash kelishimiz mumkin. Biroq yuqorida yozilganidek Janubiy Koreya, Yaponiya, Qatar va BAA chempionatlarida tanaffus ko'zda tutilmasa sentyabr oyida ushbu mamlakatda o'ynayotgan legionerlarimiz terma jamoaga yordam bera olishmaydi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика