So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Osiyo o'yinlari. Terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarning boshlanish vaqtlari Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. Terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarning boshlanish vaqtlari

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Yana bir necha kundan so'ng Jakartada Osiyo o'yinlari start oladi.

Turgan gapki, sport turlari ichida ayniqsa futbol bo'yicha bahslarga qiziqish yuqori darajada bo'ladi.

Biroz avval O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarimiz ro'yxatini elon qilgandi. Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz musobaqada "B" guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida Ravshan Haydarov shogirdlariga Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari raqib bo'ladi.

Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi (INASGOC) bugun futbol bo'yicha guruh bosqichi uchrashuvlari taqvimini malum qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni birinchi tur doirasida Bangladesh terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Etiboringizga terma jamoamizning guruh bosqichidagi uchrashuvlari sanasi va vaqtini malum qilamiz:

14 avgust

1-tur:
O'zbekiston - Bangladesh
Jakarta. "Pakansari" stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00

16 avgust

2-tur:
Qatar - O'zbekiston
Jakarta. "Pakansari" stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

19 avgust

3-tur:
Tailand - O'zbekiston
Jakarta. "Pakansari" stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

Izoh: O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Eslatib o'tamiz, XVIII Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi Jakartadagi "Gelora Bung Karno Stadium"da 18 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 18:08(Toshkent vaqti bilan - 16:08) da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика