So’nggi yangiliklar

21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

O'zbekiston Osiyo o'yinlarida 29 yildan so'ng sovrindorlar qatoridan joy oldi Yangiliklar

O'zbekiston Osiyo o'yinlarida 29 yildan so'ng sovrindorlar qatoridan joy oldi

Osiyo o'yinlari doirasidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 – Gonkong U-23 uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda O'zbekiston 3-o'rin uchun bahsda Gonkong bilan to'qnash keldi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Osiyo o'yinlari

3-o'rin uchun bahs

O'zbekiston U-23 – Gonkong U-23 4:0 

Xanchjou. "SHangchen" stadioni. 13:00

Bosh hakam: Ngo Duy Lan (Vetnam)

Qanot hakamlari: Nguen Trung Xau (Vetnam), Bangbang Syamsudar (Indoneziya)

To'rtinchi hakam: Toriq Munir (Indoneziya) 

Komissar: Al Dosari (Qatar)

Nazoratchi: LI Lipeng (Xitoy)

Gol: Alisher Odilov 43, 1:0, Husayin Norchaev (Mahmud Mahamadjonov) 48, 2:0, Husayin Norchaev (Alibek Davronov) 59, Alibek Davronov (Jasur Jaloliddinov) 74

O'zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov (14.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 86), 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Behzod SHamsiev ( 4.SHohjahon Sultonmurodov,86), 7.Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (10.Jasurbek Jaloliddinov, 69), 18.Alibek Davronov, 19.Husayin Norchaev (9.Ulug'bek Hoshimov,69), 22.Alisher Odilov (20.Ruslanbek Jiyanov, 69)

Zaxira: 1.Otabek Boymurodov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 13.Eldorbek Begimov, 15.SHerzod Esanov, 16.Asadbek Rahimjonov.

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Gonkong U-23: 19.Ce Ka Ving, 3.Jojo Kristian Aleksander, 4.Li Ngai Xoi, 6.Vu CHun Ming, 9.Orr Metyu Elliot Ving Kai, 10.Sun Ming Xim, 11.Pun Pui Xin, 13.Xan Jahangir, 14.YU Jesse Joy Yin, 16.Lam Xin Ting, 22.Cang Yi Xang Ellison.

Zaxira: 1.Ng Vai Xim, 18.Pong CHeuk Xei, 2.CHan Xoi Pak Pako, 5.Yip CHeuk Man, 7.Lam Jordan Lok Kan, 8.Vong Xo CHun Anson, 12.CHov Timoti Stefen, 15.Lau Ka Kiu, 17.CHang Xei Yin, 20.Ichikava Soxgo, 21.CHeng CHun Vang Ryan.

Bosh murabbiy: Joern Andersen

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Hoshimov 80, Vu CHun Ming 86 Jojo Kristian Aleksander 90

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



BAHS YAKUNLANDI! SHU TARIQA, O'ZBEKISTON OLIMPIYA TERMASI MUSOBAQA BRONZA MEDALLARIGA EGA CHIQDI!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. O'zbekiston 29 yildan so'ng Osiyo o'yinlari futbol musobaqasida sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.

86. O'ZGARISH. O'zbekiston, Behzod SHamsiev o'rniga SHohjahon Sultonmurodov, Saidazamat Mirsaidov o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev maydonga tushdi. 

82. ZARBAAAAAA. Xojimat Erkinov bir nechta himoyachilarni aldadi. Zarba esa noaniq. To'p tribunaga qarab yo'l oldi. 

80. OGOHLANTIRISH. Ulug'bek Hoshimov simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka bilan siylandi. 

74. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushgan Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan yaxshi uzatmani amalga oshirdi. To'p Alibek Davronovga tegib darvozadan joy oldi. 

69. O'ZGARISH. O'ZBEKISTON. Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Jasur Jaloliddinov, Husayin Norchaev o'rniga Ulug'bek Hoshimov, Alisher Odilov o'rniga Ruslan Jiyanov tushdi. 

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Xojimat Erkinov burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Davronov boshi bilan birinchi zarbani yo'lladi. Raqib posbonidan qaytgan to'pni Norchaev darvozaga yo'llab qo'ya qoldi. Bronza bizniki, tamom!

58. Hakam Ibrohim Ibragimovni og'zaki ogohlantirdi. Keyingisi kartochka bo'lishi mumkin. Ehtiyot bo'lamiz yigitlar. 

56. ZARBAAAAAAAA. Mahmud Mahamadjonovdan kuchli zarba. Mahmudda shunday zarbalar bor. Ishga solish kerak. 

51. O'zbekiston uchrashuvni to'liq nazorat qilmoqda. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.

48. GOOOOOOOOOOOOOOOL. NORCHAEEEEEEEEEV. Mahmud Mahamadjonov erlatib ajoyib pas berdi. Jarima maydonchasi ichida tayyor turgan Norchaev O'zbekistonning ikkinchi golini urdi. Bronzaga juda yaqinmiz, do'stlar

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOL. Alisher Odilov aniq zarba bilan uchrashuvda hisobni ochdi. 

33. Ikki jamoa ham imkon qadar to'pni yuqoridan o'ynashga intilyapti. SHaroit shunday. 

28. ZARBAAA. Otabek Jo'raqo'ziev jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Baribir maydondagi ko'lmaklar xalaqit qilmoqda. 

26. Maxmud Mahamadjonovdan ajoyib uzatma. Gol urishga hech kim ulgurmadi. 

19. QANDAY QILIB? Xojimat Erkinov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Hakam esa jim. Balki xushtagi yoki qo'li ishlamay qolgandir. 

14. ZARBAAAA. Norchaev jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Noaniq. 

12. AAAX. Davronov boshi bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Sal qolsa avtogol bo'lardi. 

7. Gongkong birin ketin yuqoridan uzatmalar bilan darvozamizga yaqin keldi. Darvozabonimiz xotirjam o'z o'rnida. Nazarovga nazar tegmasin deb qolamiz. 

3. ZARBAAA. O'zbekiston hisobni ochishga juda yaqin keldi. Biroq raqib posboni ikki urinishda to'pni egallab oldi. 

- O'yinga start berildi. Olg'a O'zbekiston!

- Toshkentda ajoyib salqin havo. Issiq kofe bilan ajoyib futbolni birgalikda tomosha qilamiz. Xanchjouda sharros yomg'ir, biz esa O'zbekistondan gollar yomg'irini kutamiz. 

- Madhiyamizni baralla kuylayotgan yigitlarimizga faqat va faqat omad tilab qolamiz. Omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Bugun biz kuchlimiz. Faqat buni maydonda isbotlash qoldi, xolos. 

- Osiyo o'yinlari tarixida bunday holat bo'lmagan bo'lsa kerak. Bitta turnirning o'zida O'zbekiston va Gongkong uchinchi marotaba to'qnash kelmoqda.

- Ha, Osiyo o'yinlari chempionligi yo'lida biroz omadimiz kelmadi. Janubiy Koreya to'sig'idan o'ta olmadik. Lekin bugun musobaqani medal bilan yakunlash imkoniyatiga egamiz. Buning uchun Gongkong olimpiyachilarini yutishimiz shart. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari, ekran ortida terma jamoamizning uchrashuvini biz kabi intiq bo'lib kutayotgan muxlislar. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика