So’nggi yangiliklar

23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  0 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  74 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  31 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  5 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2 21:08"Болонья" — "Рома". Таркиблар маълум  8 20:54Ўртоқлик ўйини. "Пахтакор" Озарбайжон жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Башар Ресандан гол  8 20:38Команни Лондонда кутишмоқда  0 20:17Англия кубоги. "Тамворт" — "Тоттенхэм" ўйини ғолиби қўшимча бўлимларда аниқланди  2 20:01Абдуқодир Ҳусанов АПЛдаги илк ўзбекистонлик футболчига айланади. У янги жамоаси сафига қачон бориб қўшилади ва "Манчестер Сити"даги қайси рақамни олади?  11 19:40Гарначо 50 млн евро эвазига бошқа клубга ўтиши мумкин  3 19:10"Арсенал" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12

Osiyo o'yinlari: Guruhda birinchi o'rin naqdmi? Yangiliklar

Osiyo o'yinlari: Guruhda birinchi o'rin naqdmi?

21 avgust kuni Incheonda o'tadigan Osiyo o'yinlarida jamoaviy sport turlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unda futbol terma jamoamiz “V” guruhidan o'rin olib, Gonkong, Bangladesh va Afg'oniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi aniqlashdi. Aytish mumkinki, guruhdan o'tish biz uchun muammo tug'dirmaydi. CHunki bu raqiblardan saviya borasida ancha oldindamiz.

Musobaqada terma jamoamiz oldiga munosib ishtirok etish, g'olib chiqishga intilish vazifasi qo'yilgan. Guruhda birgina Gonkong himoyaga yotib olgan holda bizga qiyinchilik yaratishga intilar, lekin Bangladesh va Afg'onistonni bemalol mag'lub etishimizga shubha yo'q. Bu jamoalarning qanday futbol namoyish etishlarini bilish qiziq.

Bangladesh bilan bir marta Osiyo Kubogi saralashi va o'tgan safargi Osiyo o'yinlarida to'qnash kelganmiz. SHundan buyon ular o'sishdimi-yo'qmi, shunga javob olamiz. Afg'oniston bilan hali o'ynamaganmiz. Bu terma oxirgi yillarda qator o'yinlar o'tkazib, FIFA reytingida ancha yuqorilab oldi. Gonkong bilan Osiyo Kubogi saralash bosqichlari va Osiyo o'yinlarida maydonga tushganmiz. Ushbu jamoaga qarshi so'nggi bellashuvlarda kutilmaganda muammolarga duch kelmoqdamiz. Bu safar o'sha anana barham topadi degan umiddamiz.

Guruh murakkab emas. Lekin navbatdagi bosqichlarda to'qnash keladigan termalar to'g'risida bosh qotirib ko'rish lozim. Nimchorak finalda bizga Janubiy Koreya yoki Saudiya Arabistonining duch kelish ehtimoli yuqori. Koreyslar mezbon bo'lgani sababli tayyorgarlikka jiddiy etibor qaratishmoqda. O'z navbatida Saudiya Arabistoni bir necha kun avval yig'ilib, Turkiyada yig'inda ishtirok etyapti. Ular bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazishdi, “Fenerbaxche” bilan ham o'ynashga kelishib olishgan. Barchasi biz uchun yaxshi kechgan taqdirda chorak finalda yo'limizga Yaponiya, Iroq, Quvayt yoki Ummondan biri chiqishi mumkin. Lekin bu jamoalarning qanday tayyorgarlik ko'rayotgani va qaysi futbolchilarni Incheonga olib borishini hozir ayta olmaymiz. Bilganimiz shuki, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish bilan band.

Guruhdagi raqiblarimiz to'g'risida malumot bersak, Bangladesh avgust oyida ikki yig'inda qatnashdi. Armiya terma jamoasini 3:1 hisobida enggan Lodeviyk de Kruif shogirdlaridan Emanto Vinsent dublga erishdi, Vohid Ahmad uchinchi to'p muallifi bo'ldi.

Bangladeshda futbol unchalik yaxshi rivojlanmagan. SHu sababli bu davlat futboli va terma jamoalari haqida aniq malumotlarga ega emasmiz. Olimpiya terma jamoasini gollandiyalik Lodeviyk de Kruif boshqarmoqda. 44 yoshli mutaxassis futbolchilik faoliyatida himoyachi sifatida Gollandiyaning “TOP  Oss” klubida o'ynagan. “Xartlend” klubidan keyin o'tgan yildan boshlab Bangladesh terma jamoasida ishlab kelmoqda.

Kruif Incheonga boradigan tarkibni aniqlab ulgurgan. Uning ro'yxatidan quyidagi futbolchilar o'rin olgan.
Darvozabonlar
– SHahidul Alam, Rusel Mahmud
Himoyachilar – Rayhan Hasan, Kesto Kumar, Yosin Xon, Atikur Rahmon, Tapu Barman, Tutul Hussayn, Yamin Ahmad
Yarim himoyachilar – Sohel Rana, Mamunul Islom, Atikur Farhod, Yusuf Sifat, Omar Faruk, Jamal Buiyan
Hujumchilar – Aminur Rahmon, Visent Emanto, Vohid Ahmad, Taklis Ahmad, Jevel Rana.

Gonkong terma jamoasi esa har haftada bir marta tayyorgarlik mashg'ulotlarida ishtirok etib, mahalliy klublarga qarshi nazorat bellashuvlarida maydonga tushyapti. Mahalliy klublar va terma jamoalar oxirgi yillarda jahonning etakchi klublari hamda termalariga qarshi bellashuvlarda tajriba to'plab borishyapti. Lekin terma jamoa aytarli yutuqlarga erisha olmayapti. Bu jamoa bilan oxirgi o'yinlarda ijobiy natijalar qayd etmadik. Faqat so'nggi bahsda safarda qiyinchilik bilan 2:0 hisobida zafar quchdik.

Gonkongning Incheonda ishtirok etadigan tarkibidan mazkur o'yinchilardan iborat:
Darvozabonlar – Cang Man Fai, Yapp Xung Fai
Himoyachilar – Fong Pak Lun, Lyong Kvun CHun, Lyong Nok Xang, Li Ngay Xoy, Lo Kon Vay, Von Cz Xo
Yarim himoyachilar – CHan Siu Kvan, Ju Yingji, Li Ka Yiu, Lyon Robson Avgusto, Tam Lok Xin, Tan CHun Lok, Van Emmet CHun, Von Vay
Hujumchilar – Annan Kristian Kvesi, CHan Pak Xan, CHuk YU Kvok, Lam Xok Xey.

Afg'oniston esa o'sishga erishib bormoqda. Buni tan olish kerak. To'g'ri, bu jamoaning hali o'rtamiyonalarning oxirgi guruhiga kirishiga ham hali vaqt bor. Lekin mamlakatda futbolni, liga va terma jamoalarni rivojlantirish bo'yicha ancha ishlar amalga oshirildi. Germaniyaning quyi ligalarida faoliyat ko'rsatayotgan futbolchilar terma jamoa sharafini himoya qilishyapti. Rotmyuller boshchiligida terma jamoa birin-ketin o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni boshladi. Kelasi yildan klublari OFK Kubogida ishtirok etishni boshlaydigan Afg'oniston futbolining ayni paytdagi holati bilan Osiyo o'yinlarida yaqinroq tanishib olamiz.

O'ylaymizki, terma jamoamiz Koreyada bizni quvontiradigan o'yin va natijani barchamizga tortiq etadi. Eng muhimi, shu maqsad yo'lida birlasha olishda.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика