Osiyo kubogining ochilish uchrashuvini kim boshqarishi ma'lum

Khoja
10 yanv 2024, 13:29
Xabaringiz bor, 12 yanvar kuni Qatarda Osiyo kubogiga start beriladi.

Musobaqaning ilk uchrashuvida mezbonlar Livan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsni asli eronlik bo'lgan, biroq hozirda Avstraliya fuqaroligini olgan Alirizo Fag'oni bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Anton SHHetinin va Eshli Bicham yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida esa Koreya Respublikasi vakili Ko Xyon Jin etib tayinlandi. VAR hakami: Evans Shon Robert (Avstraliya)

Ochilish uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 21:00da start oladi.

Qatar - Livan

Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Avstraliya)

Yordamchi hakamlar: Anton SHHetinin, Eshli Bicham (ikkisi Avstraliya)

Zaxira hakami: Ko Xyon Jin (Koreya Respublikasi)

VAR hakami: Evans Shon Robert (Avstraliya)

AVAR: Keyt Yacevich (Avstraliya)

Nazoratchi: Yun Djeyol (Koreya Respublikasi) 

Zaxira hakami yordamchisi: Kamikava Toru (Yaponiya)

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia