So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladik! Yangiliklar

Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladik!

Osiyo Kubogi-2015 birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

O'zbekiston - KXDR 1:0
10 yanvar 2015. Sidney. "Avstraliya" stadioni

Bosh hakam:
Navaf Abdulla G'oyat SHukrilla (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Yosif Halil Ibrohim Tulefat, Ibrohtim Muborak Sabt Musa (Bahrayn)
4-5 hakamlar:
Amar Ali Ayudulla Jumaa Alnaibi (BAA), Azman bin Ismoil (Malayziya)
Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya)

GOL: Igor Sergeev 62, - 1:0.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov (4.Sardor Rashidov, 71), 11.Igor Sergeev (6.Bahodir Nasimov, 87), 17.Sanjar Tursunov (10.Jamshid Iskanderov, 90+2), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 15.Jasur Hasanov, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.

KXDR: 1.Ri Myong Guk, 3.Jang Song Xyok, 4.Jon Kvang Ik, 8.Ryang Yong Gi, 9.Pak Song CHol, 10.Pak Kvang Ryong, 11.Jong Il Gvan, 15.Jang Kuk CHol, 16.CHa Jong Xyok, 17.So Xyon Uk (12.Om CHol Song, 64), 19.Ri Yong Jik.
Zaxiradagilar: 2.Ri CHang Xo, 5.Xan Song Xyok, 6.Ro Xak Su, 13.Sim Xyon Jin, 14.Kyo Song Xyok, 20.CHoe Von, 21.O Xyok CHol, 22.Ju Kvang Min.

Ogohlantirishlar: Ri Yong Jik 78, Akmal SHorahmedov 84 

                              MATNLI TRANSLYACIYA     
                                     
YANGILASH

O'YIN TUGADI. O'zbekiston Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi. To'ylar muborak! Sizlar bilan Narzulla Saydullaev bo'ldi. Navbatdagi o'yinlar, g'alabali o'yinlarda g'oyibona uchrashguncha!

90+3. NESTEROOOOOOOOOOOOOOV! QOYILLLLLLLLLL! Ignatiy bizni goldan qutqarib qoldi! 

90+2. O'zgarish. O'zbekiston.
Sanjar Tursunov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

90+1.
Termamiz butun tarkib bilan hujumda. Vaziyatlar juda ko'p, lekin aniq zarba yo'q.

90.
Tursunovning zarbasidan so'ng to'p himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pini Jeparov tepadi.

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88.
Maydonga tushganiga bir daqiqa ham bo'lmagan Nasimovning zarbasi kuchli chiqdi, biroq noaniq.

87. O'zgarish. O'zbekiston.
Igor Sergeev o'rniga Bahodir Nasimov tushdi

86.
Rashidovdan navbatdagi zarba, chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Keyingi vaziyatda Kapadze chiroyli tarzda gol urishga urindi. Noaniq 

85. Denisov-Kapadze-Jeparov-Tursunov kombinaciyasidan so'ng Sanjar 8 metrdan darvozaga zarba berdi, to'p darvozabonga nasib qildi

85. TURSUNOOOOOOOOOOOOV! ZARBAAAA!

84. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Akmal SHorahmedov

84.
KXDRni qo'llab quvvatlayotgan muxlislar ham ancha faol. Bir joyga to'planib olib o'z jamoalarini qo'llab turishibdi.

83.
Yonimdagi jurnalist O'zbekiston bugun g'alabaga haqliroq dedi...Dilimdagi gapni aytdi

82.
Odatda termamiz birinchi bo'limni chap tomonda boshlasa g'alaba qozongan. Bugun ham shunday bo'lishi mumkin. Umid qilamiz

81.
Koreyslar shoshilishmoqda. Haya yomg'ir hamon yog'moqda, bu KXDR futbolchilarining ko'z yoshlarimikin?

80. YANA SERGEEV! Tursunovning havolatib uzatgan to'pini hujumchimiz boshi bilan darvozaga yo'lladi, posbon bu safar to'pni ushlab oldi.

79. Ogohlantirish. KXDR.
Ri Yong Jik

78. ZARBAAAAAAAAAA! Sergeev sal qolsa dubl rasmiylashtirishi mumkin edi. Rashidovning chap qanotdan oshirgan to'pini Igor darvozaga to'g'riladi, biroz noaniq!

77.
Tursunov o'ng qanotda burchak to'pi ishlab oldi. Jeparovning burchak to'pi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

76.
Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga jami 12078 tomoshabin tashrif buyurdi

75. Xavfli vaziyat!
Il Gvanning jarima maydoniga oshirgan to'pini Nesterov mushtlari bilan qaytarib yubordi!

73. Sardor Rashidov maydonga tushishi bilan raqib himoyachisini chiroyli tarzda ortda qoldirdi va to'pni jarima maydoniga uzatdi. Himoyachilardan qaytgan to'pni Denisov darvozaga yo'lladi, yana himoyachilar...

71. O'zgarish. O'zbekiston.
Odil Ahmedov o'rniga Sardor Rashidov tushdi

70.
Maydonga Sardor Rashidov tushishga tayyor

69.
Hozir Kapadze jarima maydoni yaqinidan darvozaga zarba berdi. To'p noaniq ketdi

68.
Goldan keyin o'yin ancha sokinlashib qoldi. To'p asosan vakillarimizda, raqib himoyalanmoqda.

66.
Stadionda jonli to'lqin, o'zbekistonlik muxlislar barchasini tashkil qilib tashlashdi...yashanglar shovvozlar!

65.
Aytgancha FIFA.uzdagi jamoaingizda Sergeev bormidi, Jeparovchi? Bor bo'lsa to'ylar muborak)))

64. O'zgarish. KXDR.
So Xyon Uk o'rniga Om CHol Song tushdi

63. Server Jeparov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga havolatib uzatib berdi, Igor Sergeev o'zi uchun yaratilgan birinchi imkoniyatdan unumli foydalandi va boshi bilan darvozani ishg'ol qildi 1:0.

62.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOL GOL GOL !!! IGOR SERGEEEEEEEEEEEEEV!  1:0

60.
Termamiz pozicion hujumga o'tdi. O'ng qanotdan Tursunovning oshirgan to'pini Ri Myong Guk qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin bizning futbolchilar ham to'pga ulgurishmadi

58.
Hayriyat yomg'ir biroz kamaydi, lekin hamon yog'ishda davom etmoqda. Yomg'irlar degan qo'shiq bo'lardi...

56.
Koreyslar hujum qilish yurakka g'ulg'ula solishdi, yaxshiki himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi.

55.
Termamizning hujumi, Sergeev to'pni jarima maydoni ichida o'ziga to'g'rilay olmadi. Vakillarimiz hujumkorlikni biroz oshirishdi, yanayam oshiraylik yigitlar...

54.
Denisov ikki bor raqibning hujumini to'xatishga erishdi, malades Vitaliy!

53. Xavfli vaziyat!
O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Ahmedov ham, Jeparov ham darvozaga yo'llay olmadi

52.
Bunday yomg'irda darvozaga ko'proq zarba berish kerak, to'p darvozabonning qo'lida qolishiga ishonch yo'q. Tepaveringlar tepaveringlar puli to'langan)

51. ZAAAAAAAARBAAAAAAAAAAAA! Denisovvvvvvvvvvvv! Vitaliyning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

50. Hozircha maydondagi eng yaxshi o'yinchi bu yomg'ir!

49. ZARBAAAAAAAAA! NESTEROVVVVVVVVVVV! Jarima maydoni tashqarisidan Il Gvanning zarbasidan so'ng Ignatiy to'pni qiyinchilik bilan qatardi!

49.
Yomg'irning hech kimga rahmi kelmayapti... xatto jurnalistlarga ham etib keldi... hamma yoq suv....

47. Denisov jarima to'pi ishlab oldi, Tursunovning yo'llagan zarbasi Kapadzedan darvoazaga bordi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus vaqtida yomg'ir judayam kuchayib ketdi. CHelaklab yomg'ir yog'moqda desam aldagan bo'laman, undan ham ko'proq....

Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:0. O'zbekiston Olg'a!

45+3. Ri Yong Jik uzoq masofadan zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi. SHu bilan bo'lim yakunlandi.

45+2. XAVFLI VAZIYAT!
Jeparov-Ahmedov-Kapadze-Ahmedov kombinaciyasi chiroyli chiqdi lekin, darvozaga zarba yo'llangani yo'q. Keyingi vaziyatda Sergeev hujumda qoida buzdi.

45.
Osiyo Kubogi doirasidagi ikkita o'yinning ikkalasida ham birinchi bo'limda hech bo'lmasa bitta gol urilgandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

44. Sal qolishga sal qoldiya. So Xyon Uk chap qanotda katta tezlikda himoyachilarimizni ortda qoldirib jarima maydoniga kirib bordi, yaxshiyam to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Xavf bartaraf etildi.

43.
Kapadze chap qanotdan to'pni sheriklariga uzatishga urindi, biroq to'p manzilga etib bormadi, yana o'sha himoyachilar

41.
Ayni paytda nafaqat futbolchilarga balki maydon chetida suratga olayotgan Nodirxo'ja Yuldashev va Hasan Pirmuhamedovlarga ham xavas qilib bo'lmaydi

40. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Denisov chap qanotdan erlatib to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sergeev to'pni darvozaga yo'llashga ulugrmadi, himoyachidan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi

39.
Sidneyda haqiqiy jala boshlandi. Futbolchilar kuchli yomg'ir ostida o'ynashmoqda

35.
Denisovdan "firmenniy pas", Sergeev to'p uchun kurashdi, himoyachilar qaytarishdi. Burchak to'pidan keyin ham koreyalik himoyachilar darvozabonga ish qoldirishmadi

34.
Zaxiradagi futbolchilarimiz chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun darvozamiz ortiga o'tib ketishdi

34.
Kvang Ik Tursunovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi, jarima to'pini amalga oshirishda Jeparov va Sanjar bir birini tushunmay qoldi.

33. Koreyslarning javobi! Il Gvanning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Pak Kvang Ryong boshi bilan darvozaga yo'lladi, kuchli zarba ustun yonidan o'tib ketdi.

32. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Tursunov jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, Ri Myong Guk to'pni qaytardi!!!!

31.
Kapadze to'pni oldirib qo'ygach raqibni yiqitishga majbur bo'ldi. Muxlislarimiz barabanlar bilan yigitlarni qo'llab turishibdi. Ularning ovozi O'zbekistonga ham etib borayaptimi?

30.
Sidneydagi yomg'ir anchayin kuchyib ketdi. SHu bois pastroqda o'tirgan muxlislar teparoqqa, usti yopiq joylarga o'tishdi

29.
Televizor orqali muxlislar xuddi stadionni tark etayotgandek taassurot uyg'otgan bo'lishi mumkin. Yo'q unday emas.

27.
Sidneyda yomg'ir boshlandi. U qadar kuchli emas lekin stadion ustida qora bulutlar suzib yuribdi

25.
Birinchi 20 daqiqa ichidagi statistikaga ko'ra hamon vakillarimiz to'pni ko'proq nazorat qilishmoqda: 65-35%. Lekin KXDR burchak to'plari bo'yicha oldinda: 2-1

24. ZARBA! Jeparov to'pni sekingina Ahmedovga tashlab berdi, Odilning kuchli zarbasi yo'liga raqib jamoa sardori Pak Song CHol to'g'anoq bo'ldi.!

23.
Termamizning uzoq davom etgan hujumi vaqtida Ri Yong Jik Jeparovni yiqitdi. CHamasi 30 metrlardan jarima to'pi tepamiz.

21.
Koreyaliklar 7 kishi bo'lib himoyalanmoqda, ularning himoyasini yorib o'tish anchagina bosh og'riq bo'lmoqda

20.
Mirjalol Qosimov anchagina g'azabda futbolchilarga ko'rsatma bermoqda. Murabbiyning o'yindan ko'ngli to'lmayotgani aniq.

19.
Stadionga yig'ilgan barcha muxlislar qarsaklar bilan jamoalarni olg'a boshlashmoqda. Barcha golni kutmoqda

18. Terma jamoamizning xavfli hujumi. Ttursunovning uzatib bergan to'pini Kapadze boshi bilan darvozaga yo'lladi, himoyachiga tegib yo'nalishi o'zgargan to'p ustunga tegib darvozabonga bordi! Hisobni ochish uchun birinchi real vaziyat edi!

18. DARVOZA USTUNI!!!!!!!!! KAPADZEEEEEEEEEE!

17.
Akmal SHorahmedov burchak to'pi ishlab oldi. Jeparov jarima maydoniga uzatgan to'pni Haydarov to'xtatmay darvozaga yo'lladi, himoyachilar to'p yo'liga qalqon bo'lishdi

16.
Ayni paytda ham Qosimov, ham Jo Tong Sop o'rnilaridan turib olib shogirdlariga ko'rsatma berishmoqda.

15.
Terma jamoamiz hujum tashkil qildi, o'ng qanotdan Ahmedovning uzatgan to'pi darvozabonga nasib qildi.

14.
Nesterov! Qanotdan oshirilgan to'pni mushtlari bilan qaytarib yuborishga erishdi.

13.
Dastlabki besh daqiqada to'pga egalik qilishda O'zbekiston juda katta ustunlikka ega bo'ldi: 72:28

10.
KXDR ikki bor burchak to'piga ega bo'ldi. Kapadze o'zini ham o'ylamay to'p uchun kurashdi va xavfni bartaraf etdi. SHifokorlarimiz Kapadezga yordam ko'rsatishdi. Ha aytgancha aynan Kapadze bugun Osiyo Kubogida o'zining 15-uchrashuvini o'tkazmoqda. Bu O'zbekiston futbolchilari orasida mutloq rekord sanaladi.

9.
Qizig'i stadion darvozalari ortida ikkala jamoa muxlislari joylashgan. Hozir Nesterov qo'riqlayotgan darvoza ortida O'zbekiston, KXDR darvoza ortida esa koreyalik muxlislar joylashishgan.

8. Xavfli vaziyat!
SHorahmedov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sergeev to'pni boshi bilan darvozaga yo'llashda kech qoldi. To'p kutilmaganda Kapadzening qo'liga tegdi.

6.
Koreyslar yana hujumga o'tishga urinishdi, bu safar Pak Kvang Ryong himoyachilarimizdan o'tib keta olmadi. Ko'z tegmasin hozircha himoyamiz yaxshi o'ynamoqda

5.
Ahmedov o'ng qanotdan oldingi o'tdi va burchak to'pi ishlashga urindi, hakam to'pni darvozabon o'yinga kiritishi kerakligini ko'rsatdi.

4. ZARBAAA! Odil Ahmedov Qatardagi golini esga oldi shekilli, chamasi 25 metrlardan zarba berdi, to'p ustunning yonidan o'tib ketdi. Xavfli zarba edi

2.
Tursunov kutilmaganda xatoga yo'l qo'ydi. Natijada koreyslar hujum qilishdi. Jon Il Gvanga to'p etib borishiga Ismoilov qarshilik qildi.

1.
Ilk daqiqada to'p nazorati bizning futbolchilarda. Raqib hozircha to'pni olib qo'ya olmayapti.

18:00. O'YIN BOSHLANDI! O'zbekistonga omad!

17:59.
Uchrashuvni KXDR boshlab beradi. Terma jamoamiz birinchi bo'limda chap tomonda o'ynaydi.

17:58.
Bo'ldi madhiyalar yangrab bo'ldi, to'g'risi o'zga mamlakatda yurtimiz madhiyasi butunlay boshqacha eshitilar ekan!

17:56. Navbat KXDR davlat madhiyasiga.

17:55. O'zbekiston davlat madhiyasi!

17:54. Diqqat qiling,
har ikkala jamoa futbolchilari yashil maydonga tushib kelishmoqda. O'zbekiston terma jamoasi oppoq liboslarda, KXDR esa qizil.

17:49. Futbolchilarimiz ham!



17:48. Muxlislarimiz o'yinga tayyor!



17:45.
Uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi. Yana ozginadan so'ng boshlanadi...

17:38.
Terma jamoamizning asosiy tarkib futbolchilari chigalyozdi mashqni tugatishdi. KXDR vakillari esa hamon shug'ullanishmoqda.

17:35.
Bugungi o'yinda ikkala jamoa safida bittadan diskvalifikaciya mavjud. O'zbekistonda Islom To'xtaxo'jaev, KXDR safida Ri Sang CHol.

17:32.
OFK rasmiy saytining fikriga ko'ra termamiz bunday taktikada o'ynaydi. Barchamiz bunday emasligini bilamiz. Mayli keyingi turda hamma biz haqimizda yanada yaxshiroq bilib oladi.



17:31. O'yin uchun chiqarilgan chipta


17:26.
Sidneyda ayni paytda 27 daraja issiq. 16 km tezlikda shamol esib turibdi. Namlik 65 foiz.

17:23.
O'yin boshlanishiga yarim soatcha vaqt qolayotgan bir paytda muxlislar soni juda kam. 82 000 odam sig'adigan stadionga taxminan 1000 nafar ishqibozlar kelgan...

17:10.
Navbat futbolchilarga etib keldi. Takidlash lozimki darvozabonlarimiz va futbolchilar maydonga chiqishganida Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislarimiz ularni daxshatli tarzda kutib olishdi. Stadionga yig'ilgan jurnalistlarning bazilari nima bo'layotganini tushuna olmay qolishdi.

17:05. Ikkala jamoa darvozabonlari maydonga tushib kelishdi va chigalyozdi mashg'ulotlarini boshlab yuborishdi.

- O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yinni stadiondan Narzulla Saydullaev sharhlab boradi.

-
Bugun "Avstraliya" stadionida barchamiz orziqib kutgan o'yin bo'lib o'tadi. Aslida Osiyo Kubogi kecha start olgan bo'lsa ham biz uchun musobaqa aynan bugun boshlanadi desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Avstraliyaning Sidney shahridan yozamiz!


- Uchrashuv soat 18:00da (12:00 Toshkent) boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика