So’nggi yangiliklar

16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  0 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  2 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  4 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  5 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  17 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8

“Kuper. Saloh. Misr?! Yo'q! "Kuper. Odil. O'zbekiston!” Yangiliklar

“Kuper. Saloh. Misr?! Yo'q! "Kuper. Odil. O'zbekiston!”

Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik avjida. Kechagi kun voqelarga boy bo'ldi. Dastlab, OFK vakillari yig'ilish o'tkazib, musobaqa tartib-qoidalarini ipidan-ignasigacha tushuntirishdi.

Keyin esa Osiyo Kubogida instruktor sifatida taklif etilgan o'zimizning Farhod aka Abdullaev futbol qoidalariga kiritilgan juziy o'zgarishlar haqida murabbiy va futbolchilarga  malumot berib, hakamlarning jazolariga yo'liqmaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi haqida aytib o'tdilar. Kuperdan tortib barcha futbolchilar, ayniqsa, himoyachilar Farhod akaning so'zlarini diqqat bilan tinglashdi.

“CHorak finaldan boshlab Osiyo Kubogida VAR tizimi ishga tushadi. Bu tizim qanday ishlashi haqida ham batafsil malumot berib o'taman. Xudo xohlasa, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritganingizdan keyin yana uchrashamiz”, - dedi Farhod Abdullaev.

Keyin OFK vakillari milliy terma jamoamiz azolari ishtirokida foto va videosessiya uyushtirishdi. Ushbu jarayon ancha quvnoq tarzda o'tdi. Ayniqsa, futbolchilardan gol urilgandan keyingi holatni aks ettirish so'ralganda, ko'pchilik bu talabni bajarayotganda qiynaldi. Futbolchilar aktyor emas, to'g'ri tushunish kerak. Ularda hissiyotlarning hammasi tabiiy bo'ladi. Gol urilgan paytdagi hissiyotlarni faqat gol urilgan paytda ko'rsata olishadi. Bunday hissiyotlarni Osiyo Kubogi davomida ko'p bor ko'rish nasib qilsin!

Kechqurun navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Mashg'ulot paytida qiziqarli voqea ro'y berdi. Maydon ishchilaridan biri Ektor Kuperni tanib qoldi.

-Kuper?! Terma jamoangiz bosh murabbiyi Ektor Kupermi?
-Ha, shunday.
-Kuper. Saloh. Misr.

Hozircha Kuper deganda ko'pchilikning ko'z oldiga Muhammad Saloh va Misr terma jamoasi keladi. Nasib qilsa, milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogida chiroyli o'yinlar namoyish qilib, yaxshi natijalar qayd etadigan bo'lsa, bu iboralar “Kuper. Odil. O'zbekiston!”ga o'zgarishi aniq.

Mashg'ulot ancha jiddiy tarzda o'tdi. “Mister” (Bosh murabbiyni futbolchilar shunday chaqirishadi) futbolchilarga darvozaga zarba yo'llashni mashq qildirdi. Zarbalari golga aylanmagan futbolchilarga esa jazo tayinladi: 25tadan “otjimaniya” qilish. Qaysi futbolchilar bunday “jazo”ga loyiq topilganini esa aytib o'tirmayman. Bu jamoaning ichki siri bo'lib qola qolsin. Eng muhimi o'yin paytida mana shu “jazolangan” futbolchilarimizning zarbalari golga aylansa bo'lgani.

Yoqubjon Bobojonov, O'FA Matbuot xizmati boshlig'i
Dubay, BAA.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика