So’nggi yangiliklar

15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  1 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  14 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2

Osiyo Kubogi: Bahrayn terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Bahrayn terma jamoasi

“S” guruhidan o'rin olgan Bahrayn ushbu chempionatdagi eng sirli jamoalardan biri bo'lib qolmoqda.
Bahrayn terma jamoasi oxirgi yillarda o'sishga erishgan jamoalardan biri sanaladi. 2000-yillarning boshigacha bu jamoa autsayderlar qatorida tilga olinardi. Lekin terma jamoa o'z nufuzini o'rtamiyona darajaga olib chiqdi. Hozircha birorta yirik muvaffaqiyatga erishmagan. Eng yaxshi natija Osiyo Kubogida 2004 yil yarim finalga chiqilgani bo'lib turibdi. Jahon chempionatiga final bosqichiga chiqish uchun ikki marta qitalararo pley-offda mag'lubiyatga uchragan. Trinidad va Tobago hamda Yangi Zelandiya Bahrayndan mundial yo'llanmasini tortib olgan. Adnan Hamad o'rniga yaqindagina Marjon Eid bosh murabbiy etib tayinlandi. 35 yoshli murabbiy qanday natijaga erishishini bir necha kunlardan keyin bilib olamiz.



Bahrayn terma jamoasi
Laqabi:
“Al Ahmar” (“qizillar”)
Bosh murabbiyi: Marjon Eid
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Salmon Isa (156)
To'purari: Ismoil Abdullatif (33)
FIFA reytingida o'rni: 122
Birinchi uchrashuvi: Quvayt – 4:4 (Iroq, 1966 yil 2 aprel)
Eng yirik g'alabasi: Indoneziya – 10:0 (Bahrayn, 2012 yil 29 fevral)
Eng yirik mag'lubiyati: Iroq – 1:10 (Iroq, 1966 yil 5 aprel)
Osiyo Kubogida 4 marta ishtirok etib, 2004 yil yarim finalga etib kelgan.

Bosh murabbiy vazifasini mahalliy mutaxassis Marjon Eid bajarib kelmoqda. 2006 yli jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini erta tugatgan Eid o'shandan buyon Bahrayn terma jamoasi shtabida faoliyat ko'rsatib kelyapti. Yosh murabbiy qo'l ostida jamoa tayyorgarlik jarayonida yaxshi natijalarni qayd etdi. SHu tufayli uning qanday o'zgarishlarga qo'l urishini kuzatish ko'pchilik uchun qiziq bo'ladi.



Marjon Eid
Tug'ilgan sanasi:
12.05.1979
Tug'ilgan joyi: Riffa, Bahrayn
Futbolchilikdagi poziciyasi: himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1997–2006 “Al Riffa”.
Boshqargan jamoalari: 2007–2010 Bahrayn terma jamoasi (yordamchi), 2010 Bahrayn terma jamoasi (vaqtinchalik), 2013–2014 Bahrayn terma jamoasi (yordamchi), o'tgan yilning dekabr oyidan bosh murabbiy.

“Qizillar”ning asosiy o'yinchilari deb darvozabon Said Jafar, himoyachi Muhammad Husayn, Hussayn Ali Bobo, yarim himoyachi Fauzi Aaish, hujumchilar Ismoil Abdullatif va Jeysi Jonni ko'rsatish mumkin. Ular anchadan beri terma jamoada o'ynab kelishmoqda hamda futbolchilarni o'z ortidan ergashtirishlari mumkin.



Darvozabonlar

1. Said Jafar

54

0

Muharraq

21. Hamid Dosari

1

0

Riffa

22. Ashraf Vohid

0

0

Manama

Himoyachilar

2. Muhammad Husayn

71

6

Al Nasr, Saudiya Arabistoni

3. Volid Hayam

8

0

Muharraq

5. Abdulla SHalal

1

0

Riffa

6. Abdulla Yosir

5

0

Muharraq

13. Abdulla Hazaa

13

0

Hidd

17. Hussayn Ali Bobo

71

1

Muharraq

18. Muhammad Mahorfi

12

0

Riffa

23. Rashid Hut

2

0

Riffa

Yarim himoyachilar

4. Said Said

16

4

Riffa

7. Abdulvahob Safi

36

1

Al Qadisiya, Saudiya Arabistoni

8. Said Ahmad

9

0

Busaytin

9. Abdulvahob Malud

15

1

Hidd

12. Fauzi Aaish

59

16

Al Sailiya, Qatar

15. Abdulla Omar

6

0

Riffa

Hujumchilar

10. Muhammad Toib Alavi

10

5

Riffa

11. Ismoil Abdullatif

61

29

Muharraq

14. Jeysi Jon

45

21

Al Mesaimir, Qatar

16. Abdulla Hilol

0

0

Ist Riffa

19. Faysal Abudahum

0

0

Ist Riffa

20. Sami Husayni

20

2

Busaytin



Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика