So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Osiyo kubogi-2023. "A" guruhi 2-tur o'yinlariga prevyu Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. "A" guruhi 2-tur o'yinlariga prevyu

Bugun Osiyo kubogining 2-tur bahslariga start beriladi.

‌‎Livan — Xitoy

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa 5 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ularning to'rttasida Xitoy g'alaba qozongan, yana bir uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 1-13, Xitoy foydasiga.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Livan turnirda ikki marotaba ishtirok etib, har ikkisida guruh bosqichida qolib ketgan.

Xitoy 12 marotaba musobaqada qatnashib, 1984 va 2004 yillarda kumush medal bilan kifoyalangan.

Guruhdagi holat

Livan 1-turda mezbon Qatarga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Xitoy esa Tojikistonni mag'lub eta olmadi — 0:0.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Livan terma jamoasini 7.55 million evro, Xitoy terma jamoasini esa 11.33 million evroga baholagan.

Livanning eng qimmat o'yinchisi Daniel Lajud (1 mln evro), Xitoyda Vu Lei (1.5 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Miodrag Radulovich (Livan bosh murabbiyi): "Osiyo kubogining dastlabki turi jamoa uchun og'ir o'tdi va ahmoqona xatolarga yo'l qo'yib, raqibga imkoniyatlar taqdim etishimizga sabab bo'ldi, ammo endi bu tarix va biz ikkinchi o'yinga etibor qaratganmiz.

Xitoy ko'plab tajribali o'yinchilarga ega jamoa, ularni hurmat qilamiz. Bo'lajak o'yinda bazi o'yinchilarga dam berib, qolganlarga imkoniyat taqdim etmoqchiman.

Guruhdagi raqobat davom etadi, biz qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan 6 ochko uchun kurashamiz."

Aleksandr Yankovich (Xitoy bosh murabbiyi): "Oldinda hali ikkita o'yin bor, shu bois oldindan xulosa chiqarib bo'lmaydi. O'tgan o'yin tahlili natijasida bazi zaif tomonlarimiz bilan bir qatorda ijobiy jihatlarni ham aniqladik, raqibni ham o'rganga holda o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz.

Motivaciyamiz hali pasaygani yo'q, ikkala jamoa ham g'alaba qozonishga qodir. Maqsadimiz oddiy — Livandan bitta ko'p gol urish."

Qiziqarli faktlar

- Ikki jamoa Osiyo kubogi doirasida ilk marotaba to'qnash keladi. O'zaro so'nggi to'rt o'yinda Xitoy darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

- Xitoy Osiyo kubogidagi ketma-ket 2-o'yinda gol ura olmadi. 2019 yilgi turnirdagi oxirgi bahsida ham CHin o'lkasi vakillari raqib darvozasiga yo'l topa olmagandi.

- Livan Qatar bilan o'yinda raqibdan 15 marotaba to'pniolib qo'yib, ularning ko'p hujumlarini buzdi, bu ushbu jamoa uchun 2019 yilgi turdan beri eng yaxshi natija hisoblanadi.

- Hasan Maatuk Qatarga qarshi bahsda uchta imkoniyat yaratdi. Bu 2019 yilda Muhammad Haydar (SHimoliy Koreyaga qarshi o'yinda 7 ta golli vaziyat yuzaga keltirgan)dan keyingi eng yaxshi natija hisoblanadi.


Imkoniyatlar(%): 30-30-40


Tojikiston — Qatar

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro 4 marotaba to'qnash kelishgan. Ularning 3 tasida Qatar ustun kelgan bo'lsa, 1 marta Tojikiston zafar quchgan. To'plar nisbati: 3-10, Qatar foydasiga.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Tojikiston o'z tarixidi ilk marotaba Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etmoqda.

Qatar 10 marotaba musobaqada ishtirok etib, 2019 yil chempionlikni qo'lga kiritgan.

Guruhdagi holat

Qatar 1-turda Livan darvozasiga javobsiz 3 ta to'p kiritdi. 

Tojikiston Xitoy bilan nursiz durang o'ynadi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Tojikiston terma jamoasini 7.5 million evro, Qatar terma jamoasini esa 15.9 million evroga baholagan.

Tojikistonning eng qimmat futbolchisi Rustam Yatimov (900 ming evro), Qatarda esa Akrom Afif (4.5 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Petr Segrt (Tojikiston terma jamoasi): "Qatar yaxshi shakllangan jamoa. Qog'ozda ular kuchliroq ko'rinishi mumkin, ammo maydonga tushgandan so'ng imkoniyatlar teng bo'ladi. Qiyin o'yinga tayyorlanamiz va ijobiy natijaga umid qilamiz.

Qatar amaldagi chempion. Sizlar uchun bu o'yinda g'alaba qozonish shart bo'ladi. Biz uchun esa bir ochko ham yaxshi natija. Balki, katta sensaciya qayd etarmiz. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Men uchun eng muhimi natija emas, biz qanday o'yin ko'rsatishimizdir. Xitoyga qarshi o'zimizga katta ishonch bilan o'ynadik. Ertaga muxlislar faktori Qatar tomonda bo'ladi, ammo o'yin oxirida biz hurmatga sazovor ekanimizni ko'rsatamiz. Eng kamida bir ochko olishni maqsad qilganmiz."

Markes Lopes (Qatar bosh murabbiyi): "Biz g'alaba uchun maydonga tushamiz. Tojikiston qiyin raqib, lekin ularni o'rganib chiqdik. Raqib safida bizga boshog'riq bo'ladigan tezkor futbolchilar mavjud.

Biz guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l olishni xohlaymiz, maqsadimiz o'zgarmagan.

Imkon qadar erta gol urish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Eng muhimi — o'yinga tayyor bo'lish. Bor etiborimizni mazkur o'yinga qaratamiz."

Qiziqarli faktlar

- Jamoalar o'rtasida so'nggi xalqaro o'yinda Tojikiston 2:1 hisobida g'alaba qozongan (2012 yil, sentyabr).

- Tojikiston ilk o'yinda Xitoy darvozasiga 20 ta zarba yo'lladi bu guruhdagi eng yaxshi ko'rsatkich sanaladi.

- Qatar Osiyo kubogida ketma-ket 8-o'yinda g'alaba qozondi. Turnir tarixida faqat Eron uzoq seriya qayd etgan (1968 yildan 1976 yilga qadar 13 ta o'yin).

- Qatar futbolchisi Akrom Afif Osiyo kubogidagi so'nggi 4 o'yinda 9 ochko (3 gol+6 assist) ishladi.


Imkoniyatlar(%): 25-30-45

TURNIR JADVALI

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика