So’nggi yangiliklar

10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  1 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  0 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  1 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  1 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  3 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  4 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  2 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  3 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2

Osiyo kubogi-2019. Mardonavor kurashgan Qirg'iziston kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2019. Mardonavor kurashgan Qirg'iziston kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi

Osiyo kubogi 2-tur doirasidagi Qirg'iziston - Janubiy Koreya uchrashuvi taqdirini birgina gol hal etdi.

Ushbu sahifada muhim vaziyatlarni kuzatib borish mumkin.


Kyrgyzstan

Asian Cup Grp. C . 2-tur

11/01/2019, 20:00

1
:
0
Tugadi

South Korea

Min-Jae Kim - 41'

Stadion: Hazza Bin Zayed Stadium, 4893 tomoshabin

45'
90'
69'  Aziz Sydykov (Vitalij Lux)
77'  Edgar Bernhardt (Bakhtiyar Duyshobekov)
81'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
83'  Tursunali Rustamov
41'  Min-Jae Kim
41'  Chul Hong
63'  Ja-Cheol Koo (Se-Jong Joo)
79'  Yong Lee
82'  Ui-Jo Hwang (Dong-Won Ji)


                                                               YANGILASH


Uchrashuv boshlandi. 

- Ajoyib o'yin guvohiga aylanyapmiz. Qirg'iziston terma jamoasi garchi 5 himoyachi bilan o'ynayotgan bo'lsada, qo'shnilarimiz himoyaga yotib olayotganlari yo'q. Krestinin shogirdlari raqibni maydon markazi oldidan yuqori pressing bilan qarshi olishmoqda. Janubiy Koreya esa o'yinga yuqori temp qo'shib turibdi.

- Qirg'iziston terma jamoasi dastlabki pozicion hujumdan unumli foydalana olishmadi. Qo'shnilarimizda standart vaziyati ham yuzaga keldi. Biroq ushbu burchak zarbasidan o'ylangan kombinaciya amalga oshmadi.

Ku Jae CHolni ushlash oson bo'lmayapti qirg'izlarga, har holda Ku Jae CHol chol emas...


- Har ikkala jamoa bir-biriga ochiq futbol taklif etmoqda. Janubiy Koreya ketma-ket raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etdi. Ku Jae CHol, Xvang Inbeom tomonidan berilgan zarbalarning dastlabkisida yosh posbon Kutman Kadrbekov o'zini ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi zarba noaniq ketdi.

- Uchrashuvning 24-daqiqasi o'tib bormoqda. SHo'x va quvnoq boshlangan bahs tempi biroz tushdi. O'yin tizgini Janubiy Koreya qo'lida. Qirg'iziston mudofaa chizig'ini mustahkamlagan holda tezkor qarshi hujumlarga tayanmoqchi. Biroq tezkor hujumga o'tishda futbolchilarida texnik salohiyat etishmayotgani va hayajonli yuqori bo'lgani tufayli o'ylangan rejalar amalga oshmayapti.


- Uhhhh! Qirg'iziston terma jamoasi burchak zarbasidan uyushtirilgan xavfni golga aylantirishlariga bir bahya qoldi. Ikkinchi qavatdan kelgan to'pni darvozaga joylaydigan futbolchi topilmadi. Aks holda oldimizda o'tirgan qirg'zistonlik jurnalistlar va stadiondagi muxlislar shovqini ostida qo'shnilarimiz golini nishonlashimiz mumkin edi.

- Janubiy Koreyaning yana bir xavfli hujumi ketma-ket ikkita kuchli zarba bilan davom etdi. Bu vaziyatda Qirg'iziston terma jamoasining 21 yoshli darvozabonining seyvi qo'shnilarimizni goldan saqlab qoldi.

- Qirg'iziston hazillashmayapti! Qo'shnilarimiz standart vaziyatlarida xavf tug'dirishmoqda. Mirlan Mirzaev hozirgina burchak zarbasidan so'ng vujudga kelgan qulay fursatni boy berdi. Aniqrog'i, unga yakuniy zarbani berishda kuch va aniqlik etishmadi. Natijada raqib posboni o'ziga tepilgan kuchsiz zarbani ushlab oldi.

Ku Jae CHol jonbozligi tufayli sodir etilayotgan qator hujumlarni Janubiy Koreya futbolchilari ko'kka sovurishmoqda. Li CHung-Yong tomonidan urishdan ham urmaslik qiyin bo'lgan vaziyatni Ku Jae CHol tushunmayapti. Li CHung-Yong bo'sh darvozani 2 metr masofadan poylay olmadi. U tepgan to'p Al Ayn shahridagi eski shahar mahallasi tarafdagi qo'chaga ketdi...

Biroz avvalgi vaziyat anti-qahramoni - Li CHung-Yong


- GOL! Tajriba va mahorat zo' so'zini aytdi. Janubiy Koreya burchak zarbasidan foydalanish qanday bo'lishini ko'rsatdi. Havodan kelgan to'pni himoyachi Kim Min-Jae boshi bilan darvozabonning oyoqlari orasidan o'tkazdi - 0:1.


- O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Qirg'iziston va stadionga kelgan qo'shni muxlislar ancha tin olishdi. Janubiy Koreya katta ustunlik bilan o'yinni nazorat qilmoqda. Yana bir xavfli vaziyatni darvozabon bartaraf etdi. Aks holda Janubiy Koreya tanaffusga qadar barcha masalani hal etib chiqib ketishi mumkin edi.

- Tanaffus!

- Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Janubiy Koreya tezkor hujumlar orqali xavfli vaziyatlar yaratishda davom etmoqda. Leikn bu ikkinchi gol uchun etarli bo'lgani yo'q. Ku Jae CHol raqib himoyasini doim sarosimada ushlab turibdi.

- Uhhhhhhhhhh! Qirg'iziston muvozanatni tiklash imkoniyatiga ega bo'lgandi! Aniqrog'i, Janubiy Koreya futbolchisi Li CHung-Yongning jarima maydonchasi ichidagi qo'pol xatosidan so'ng Aziz Sidikovda qulay imkoniyat tug'ildi. Dastlab raqibdan to'pni olib qo'ygan futbolchi ochiq turgan jamoadoshi Mirlan Mirzaevni to'pni pastdan uzatish o'rniga havodan ko'tardi. Bu esa koreyaliklar posboni Kim Gyu uchun ayni muddao bo'ldi. SHundoq vaziyat ko'kka sovurildi.


Qirg'iziston terma jamoasidan gol kutayotgan muxlisa...


- O'yin tobora qizg'in ruhga kirib bormoqda. Jamoalar navbati bilan qulay vaziyatlarga ega bo'lishdi va imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

- Xvang Ui-Joning gol urishiga darvoza to'sini "ko'nmadi"!

- Janubiy Koreya terma jamoasining hujumchisi Xvang Ui-Jo yana bir bor darvoza to'sinini golga "ko'ndirolmadi"! Hujumchidan omad ochiqchasiga yuz o'girmoqda...

- Yozsam ishonmaysiz, lekin Janubiy Koreyaning navbatdagi xavfli hujumi to'pni darvoza to'siniga tegishi bilan tugadi...

- Mahorat va tajriba borasida Janubiy Koreya ancha ustun. Lekin Qirg'iziston terma jamoasi bugun juda katta ishtiyoq va jonbozlik evaziga munosib qarshilik ko'rsatmoqda. Kuchli raqib qarshisida cho'chib qolgani yo'q. Imkon doirasida futbol o'ynab, qator vaziyatlar ham sodir etishni uddalayapti. Faqatgina oxirgi nuqtaga kelganda omad va mahorat etishmayapti...

- O'yin tugadi. Yagona gol Janubiy Koreyaga g'alaba taqdim etdi.





Osiyo kubogi-2019
"C" guruhi, 2-tur

"Hazza Bin Zayd", Al Ayn
QIRG'IZISTON - JANUBIY KOREYA 0:1
Bosh hakam: Hamis Muhammad Al-marri (Qatar)

Gol: Kim Min-Jae (41)

Qirg'iziston: 13.Kutman Kadirbekov, 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Kozubaev, 8.Aziz Sidiqov, 9.Edgar Bernxardt, 10.Mirlan Mirzaev, 11.Bekjan Saginbaev, 17.Daniel Tago, 18.Qayrat Jigalbek, 21.Farhod Musabekov, 23.Axliddin Isroilov.

Janubiy Koreya: 1.Kim Seung-Gyu, 2.Li Yong, 4.Kim Min-Jae, 5.Ju Vu-Yong, 6.Xvang In-Beom, 11.Xvang Xi-CHan, 13.Ku Ja-CHol, 14.Hong CHul, 17.Li CHung-Yong, 18.Xvang Ui-Jo, 19.Kim Yong-Gvon.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика