Osiyo kubogi-2019. "Fonar" zaxirada yoxud Qirg'iziston - Janubiy Koreya tarkiblari ma'lum

Tolibjon Qosimov
11 yanv 2019, 19:25
Osiyo kubogi-2019da ikkinchi tur bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Al Ayn shahridagi "Hazza Bin Zayed" stadionida Qirg'iziston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradilar. "C" guruhi doirasidagi ushbu bellashuvning asosiy tarkiblari e'lon qilindi. Dastlabki turda juda qo'pol xatosi sabab xitoyliklardan gol o'tkazib yuborgan qo'shnilarimiz darvozaboni Pavel Matyash bu safar zaxirada qoldirildi. Uchrashuv maxalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)da start oladi.

Osiyo kubogi-2019
"C" 
guruhi, 2-tur
"Hazza Bin Zayed", Al Ayn
Bosh hakam:
Hamis Muhammad Al-marri (Qatar)

Qirg'iziston: 13.Kutman Kadirbekov, 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Kozubaev, 8.Aziz Sidiqov, 9.Edgar Bernxardt, 10.Mirlan Mirzaev, 11.Bekjan Saginbaev, 17.Daniel Tago, 18.Qayrat Jigalbek, 21.Farhod Musabekov, 23.Axliddin Isroilov.

Janubiy Koreya: 1.Kim Seung-Gyu, 2.Li Yong, 4.Kim Min-Jae, 5.Ju Vu-Yong, 6.Xvang In-Beom, 11.Xvang Xi-Chan, 13.Ku Ja-Chol, 14.Hong Chul, 17.Ri Chung-Yong, 18.Xvang Ui-Jo, 19.Kim Yong-Gvon.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia