Osiyo Kubogi-2019. Hindiston bosh murabbiyi ishdan ketdi

Xayrulla Xoliqov
15 yanv 2019, 11:04
Kecha Hindiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi oxirgi o'yinini o'tkazdi.

Bahrayn bilan kechgan bahsda hindlar 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. Shunday qilib Hindiston guruh o'yinlarida 3 ochko bilan oxirgi o'rinni egalladi va musobaqani tark etdi. Bahs yakuniga etgach jamoa bosh murabbiyi Stefen Konstantin o'z lavozimini bo'shatib berayotganini ma'lum qildi.

- "Men iste'foga chiqyapman. To'rt yil Hindiston terma jamoasini boshqardim va asosiy maqsadimiz Osiyo Kubogida ishtirok etish edi. Biz bu ishni amalga oshirdik va bundan juda xursandman. Men hammaga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman".

- "Men ketayotganimdan xafaman, chunki o'z ishimga nihoyatda o'rganib qolganman. Bugun turmush o'rtog'imning tug'ilgan kuni va olti yildirki men uyga bormayman. Uch nafar qiz farzandim bor va ularni ham uch-to'rt oy deganda zo'rg'a ko'raman. Shunday ekan, endi uyga qaytib oilam bilan birga bo'lmasam bo'lmaydi", - dedi angliyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com