So’nggi yangiliklar

15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  1 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  3 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  4 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  4 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  7 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  4 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3

Osiyo Kubogi-2019. Bernd SHtange: "YO o'rdaklarni boqishim yo futbolga qaytishim kerak edi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Bernd SHtange: "YO o'rdaklarni boqishim yo futbolga qaytishim kerak edi"

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd SHtange intervyu berdi.

Bir yil oldin germaniyalik 70 yoshli mutaxassis maza qilib dam olayotgandi. Biroq unga futbolsiz hayot zerikarli ko'rindi. Natijada shu yilning yozida yana katta futbolga qaytib, Suriya terma jamoasini qabul qilib oldi. Bernd SHtange intervyu berar ekan, nima sababdan futbolga qaytgani hamda Suriya terma jamoasi bilan rejalari haqida gapirib berdi.

"Bir qarorga kelish men uchun qiyin bo'ldi. Ham o'zim, ham oilam uchun kelajakda nima qilishim lozimligini bilib olishim kerak edi. Oldimda ikkita yo'l turardi: birinchisi, uyimiz oldidan oqib o'tadigan daryoda suzib yuradigan o'rdaklarni boqish, ikkinchisi futbolga qaytib sevimli kasbim bilan shug'ullanish. Men bog'imizdagi gullarni kesib yoki bo'lmasa nabiralarimni o'ynatib yurishim ham mumkin edi, biroq futbol sevgisi ustunlik qilib oxiri katta futbolga qaytdim. Men Suriya terma jamoasidan tushgan taklif haqida ko'p o'yladim va yakunda bir qarorga keldim".

"1998-2001 yillar oralig'ida Avstraliyada ishlaganman. Avstraliyada futbol uchun hamma narsa bor: stadion, mashg'ulot maydonlari, baza, transport. U erda futbol professional darajaga ko'tarilgan. Suriyada aytarli hech nima yo'q, lekin bu erda g'alabaga chanqoq futbolchilar bor. Ular yutish uchun borlarini berishga tayyor".

"O'tgan yil Suriyaning Avstraliyaga qarshi ikkita o'yini ham ko'rdim. Menga Suriya birmuncha kuchlidek ko'ringandi, lekin omad Avstraliya tomonida bo'ldi. Ushbu o'yinlarni ko'rgach suriyalik futbolchilar bilan ishlash fikri tug'ildi. Axir ular juda mehnatkash. Biz navbatdagi Osiyo Kubogida yana Avstraliya bilan o'ynaymiz. Lekin etiborni faqat shu bahsga qaratmaymiz. CHunki Iordaniya bilan Falastin ham jiddiy raqib".

"Endilikda Suriyada ham futbolga nisbatan munosabat o'zgaryapti. Omar Al Soma, Omar Xrbin kabi futbolchilar aksar yoshlar uchun o'rnak hisoblanadi. Milliy chempionat bahslari yo'lga qo'yildi. Latakia, Aleppo, Xoms - xullas qaerga bormang, stadion to'la muxlislarni ko'rasiz. Futbol Suriyada tirik. Mana ko'rasiz, biz Osiyo Kubogida ham o'zimizni ko'rsata olamiz. Safimizda yoshlar bilan bir qatorda etakchilar ham bor".

"Futbolchilarimiz maydon holati yaxshimasligi, ovqatlanish kuchli emasligi haqida o'ylayotganlari yo'q. Ular faqat bir narsani xohlashyapti: Osiyoda o'zlarini ko'rsatishni. SHogirdlarim yosh bola emas, ular haqiqiy erkak. Men bu jamoa bilan Osiyo Kubogida g'olib chiqishni istayman", - deydi germaniyalik murabbiy.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика