So’nggi yangiliklar

09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  2 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  1 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  2 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  4 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  24 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  2 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  26

Osiyo Kubogi-2019. Avstraliya penaltilar seriyasida O'zbekistondan ustun keldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Avstraliya penaltilar seriyasida O'zbekistondan ustun keldi

Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvining barcha tafsilotlarini shu sahifada kuzatib boring.



Australia

Mark Milligan - 121', Robbie Kruse - 121', Apostolos Giannou - 121', Matthew Leckie - 121'

Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

21/01/2019, 18:00

2
:
4
Tugadi

Uzbekistan

Otabek Shukurov - 121', Ikrom Alibaev - 121'

Stadion: Khalifa Bin Zayed Stadium, 6809 tomoshabin

45'
90'
120'
20'  Tom Rogic
25'  Aziz Behich
68'  Awer Mabil (Matthew Leckie)
75'  Jamie Maclaren (Apostolos Giannou)
96'  Christopher Ikonomidis (Robbie Kruse)
109'  Rhyan Grant
111'  Tom Rogic (Massimo Luongo)
2'  Islom Tuhtahujaev
46'  Davron Khashimov
73'  Javokhir Sidikov (Ikrom Alibaev)
104'  Eldor Shomurodov (Marat Bikmaev)
105'  Oleg Zoteev (Farrukh Sayfiev)
107'  Dostonbek Khamdamov (Azizbek Turgunbaev)


Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
AVSTRALIYA - O'ZBEKISTON 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)
21 yanvar 2019. Al-Ayn. "Xalifa bin Zayd" stadioni.
Bosh hakam: 
Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim (Qatar)

Qanot hakamlari: Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh (ikkisi Qatar)

Darvoza ortidagi hakamlar: Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf (ikkisi Qatar).

Zaxira hakami: Deniya Gedara Palita (SHri-Lanka)

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)

Zaxira: 12.Mitchell Langerak, 18.Daniel Vukovich, 3.Aleks Gersbax, 6.Metyu Yurman, 11.Endryu Nabbut, 13.Jeyms Jeggo, 17.Mustafo Amini, 19.Josh Risdon

O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev (4.Farrux Sayfiev, 105) - 19.Otabek SHukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 73) - 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg'unboev, 107), 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 104).

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 21.O'tkir Yusupov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Doston Tursunov, 15.Egor Krimec, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 7.Sardor Rashidov.

Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 2, Tom Rogich 19, Aziz Bexich 25, Davron Hoshimov 47, Rayan Grant 109.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




Penaltilar seriyasi: 

1.Mark Milligan - GOL! 1:0

2. Otabek SHukurov - GOL! 1:1

3. Aziz Bexich - DARVOZABON! 1:1

4. Islom To'xtaxo'jaev - DARVOZABON! 1:1

5. Robbi Kruz - GOL! 2:1

6. Ikrom Aliboev - GOL! 2:2

7.Apostolus Yannou - GOL! 3:2

8. Marat Bikmaev - DARVOZABON! 3:2

9. Metyu Leki - GOL! 4:2. AVSTRALIYA G'OLIB! O'zbekiston bugun munosib o'yin ko'rsatdi!



120. O'YIN TUGADI! G'olib penaltilar seriyasidan so'ng aniqlanadi. Rahmat yigitlar mardonavor o'yin uchun. G'alaba uchun ozgina qoldi!

119. O'zbekiston so'nggi daqiqada gol urmoqchi!

117. Uch daqiqa qolmoqda

114. O'zbekiston jarima to'piga ega bo'ldi. Turg'unboevning uzatgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi

111. O'zgarish.Avstraliya. Tom Rogich o'rniga Massimo Luongo tushdi

109. Ogohlantirish. Avstraliya. Rayan Grant qarshi hujumni to'xtatgani uchun

108. Xavfli vaziyatga o'xshagan vaziyat. Davron Hoshimov uzatgan to'pga Masharipov eta olmadi! 

107. O'zgarish. O'zbekiston. Dostonbek Hamdamov o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi

106. So'nggi bo'lim boshlandi


105+1. Birinchi ekstra taym tugadi. Yana 15 daqiqa bor

105. Bir daqiqa qo'shib berildi

105. O'zgarish. O'zbekiston. Oleg Zoteev o'rniga Farrux Sayfiev tushdi

104. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Marat Bikmaev tushdi

102. Farrux Sayfiev va Marat Bikmaev tushdi maydonga 

- Uchrashuvda gol urilsa telegramdagi kanalimizda ko'rish mumkin bo'ladi: KANALGA O'TISH

96. O'zgarish. Avstraliya. Kris Ikonomidis o'rniga Robbi Kruz tushdi

94. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Nesterovning qaytargan to'pini Leki yana darvozaga yo'lladi, bu safar Ignatiy o'z o'rnida!

91. Birinchi ekstra taym boshlandi! OLG'A O'ZBEKISTON!



90+3. Asosiy vaqt tugadi. Hozircha 0:0. Endi yana 30 daqiqa futbol ko'ramiz. Unda ham g'olib aniqlanmasa penaltilar seriyasi bo'ladi

90+2. Avstraliyaning hujumi qaytarildi.  

90+1. ZARBAAA! HAMDAMOVning zarbasi to'g'ri darvozabonga bordi!

90. Asosiy vaqt tugadi. 3 daqiqa qo'shib berildi

88. To'p bilan muomala qilishda hamon Avstraliya ustun 60:40

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! ODIL AHMEDOOOOOOOOV! Noaniq! 


82. Asosiy vaqt tugashiga 8 daqiqa qoldi. Nimadir qilish kerak 

81. Burchak to'pi bo'yicha Avstraliya 4:0 hisobida oldinda

81. ZARBAAAAAAAAAAAA! ROGIIICH! NESTEROV to'pni qaytardi!

80. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 6089 muxlis keldi

77. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! YANA NESTEROOOOOOOOOV! LEKI Zoteevni oddiy aldab jarima maydoniga kirib zarba berdi, Ignat bo'lmaganida gol bo'lardi!

75. O'zgarish. Avstraliya. Jeymi Maklaren o'rniga Apostolus Yannou tushdi

73. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqov o'rniga Ikrom Aliboev tushdi

72. ZARBA! Avstraliya bosimni boshladi. Yana Nesterov to'pni qaytardi

70. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! NESTEROOOOOOOOOOOV! BARAKALLA! Avstraliya gol urishi mumkin edi

68. O'zgarish. Avstraliya. Aver Mabil o'rniga Metyu Leki tushdi

66. Stadionga kelgan muxislarimiz malum muddat jim bo'lishdi. SHunda xuddi suv quygandek jim jit bo'ldi. Mana yana boshlashdi shovvozlarimiz!

62. Vakillarimiz ikkinchi taymda hujum qila olishmayapti, hozircha. Yigitlar o'zingizni qo'lga oling! 

60. XAVFLI VAZIYAT! Avstraliya tezlikni oshirmoqda. Hozir Rayan Grant jarima maydonimizga kirib borib boshi bilan zarba berdi, yaxshiyaki uning zarbasi noaniq chiqdi

57. XAVFLI VAZIYAT! Maklaren jarima maydonimiz ichida zarba berdi, himoyachilarimiz bir amallab to'pni qaytarishdi



56. Xuddi birinchi taymdagi kabi jamoalar yopiq o'yinni boshlashdi. Ko'proq to'p bilan Avstraliya, ular hujumga o'tmoqda. To'p bilan muomalada ham raqib ustunlikni qo'lga oldi: 57:43

51. Maydoni chetida Metyu Leki shug'ullanmoqda, aftidan jarohati bitgan va bosh murabbiy uni maydonga tushiradi. "Gerta" hujumchisi jarohat tufayli guruh bosqichida umuman maydonga tushmadi

47. Ogohlantirish. O'zbekiston. Davron Hoshimov

46. Ikkinchi taym boshlandi. OLG'A O'ZBEKISTON!

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.


Abdurahmon Fozilov ikkinchi bor o'yinning eng yaxshi muxlisi deb topildi



Birinchi taym statistikasi. Kim yaxshiroq o'ynadi? 



45+1. Dastlabki taym tugadi. Hozircha 0:0. Biroz dam olamiz va yana o'yinga qaytamiz

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

42. ZARBA! Masharipov hozir jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq bo'ldi.

40. Avstraliyada xavfli jarima to'pi. ZARBA! To'p jonli devorga tegib qaytdi! 

38. Javohir Sidiqov hozir Avstraliya sardori Mark Milliganni ikki marta chiroyli harakat bilan dog'da qoldirdi. Avstraliyaning jahli chiqishni boshladi

37. XAVFLI VAZIYAT! SHomurodov jarima maydoniga kirib orqadan kelayotgan Hamdamovga to'p uzatdi, Dostonning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi. Yaxshi imkoniyat edi, foydalanib qolish kerak

33. Ahmedov hozir to'pni SHomurodovga uzatdi, Eldor ikki himoyachi o'rtasida qolib ketdi va to'p yo'qotildi

31. Avstraliya yoki o'yini chiqmayapti, yoki murabbiy ko'rsatmasi shunday bo'lgan. Umuman hujumga o'tishmayapti

28. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! JAVOHIR SIDIQOOOV! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasiga ooozginagina aniqlik etishmadi!

25. Ogohlantirish. Avstraliya. Aziz Bexich Hamdamovni yiqitgani uchun ogohlantirildi

20. Xavfli vaziyat! Zoteev-SHomurodov-Ahmedov kombinaciyasidan so'ng Odil zarba berdi, to'p darvozaga etib borgani yo'q


19. Ogohlantirish. Avstraliya. Tom Rogich Masharipovning oyog'ini bosib olgani uchun. Rogich keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi, butun Avstraliya o'tkazib yuborsa ham maylidi

18. Masharipov bugun anchagina faol o'ynamoqda. Hozir uni Irvin qo'pollik bilan to'xtatishga majbur bo'ldi

15. Ikki jamoa ham hozircha yopiq o'yin namoyish qilmoqda. Haqiqiy taktik o'yin ko'rmoqdamiz. Kuper ham, Arnold ham barchasini tushunib turibdi

13. Muxlislarimiz stadionni larzaga keltirishmoqda, futbolchilarga haqiqiy dalda bo'lishmoqda muxlislarimiz

12. Avstraliyaning javobi. Aziz Bexichning kuchli zarbasini Nesterov ushlab qoldi

10. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOOV! Masharipovdan to'pni qabul qilib olgan Eldor jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, darvozabon Metyu Rayan qaytardi! 



5. Terma jamoamiz azolari to'pni o'zlarida saqlab turib hujumga o'tishga urinishmoqda, biroq raqib himoyasi mustahkam 

2. Avstraliya jarima to'piga ega bo'ldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pga hujumchi boshi bilan zarba berdi, anchagina noaniq ketdi

2. Ogohlantirish. O'zbekiston. Islom To'xtaxo'jaev

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Uchrashuvda uriladigan barcha gollarni telegramdagi kanalimizda kuzatib borish mumkin: KANALGA O'TISH

- Endi O'zbekiston davlat madhiyasi, Barcha birgalikda! 

- Avstraliya davlat madhiyasi

- Kutib oling Avstraliya va O'zbekiston terma jamoalari maydonga tushib kelishmoqda

- Stadionda har ikkala jamoaning ham kam bo'lsa-da muxlislari bor.


 

- "Xalifa bin Zayd" media tribunasiga joylashib ham oldim. Aytgancha bugun matnli translyaciyani Narzulla Saydullaev olib boradi.

- Ikkala bosh murabbiy ham asosiy tarkibda syurpriz qilgani yo'q. Avstraliyalik jurnalistlar ko'proq Krimec o'rniga To'xtaxo'jaev tushganini muhokama qilishmoqda. Bundan tashqari avstraliyalik sharhlovchi "Islom To'xtaxo'jaev" deb bir necha marta talaffuz qilib ko'rdi. Qiynaldi bechora.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Al Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionidan onlayn translyaciyamizni boshlaymiz. 





YANGILASH

Reyting: +108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика