So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “V” guruhiga nazar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “V” guruhiga nazar

Bugun qitamizda Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. “V” guruhida quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
17:00. Tailand – Eron
20:35. Quvayt – Livan

Guruhda Eron 7 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda. Quvayt hisobida 5, Livan hisobida esa 4 ochko bor. Tailandga kelsak, bu jamoa o'tkazilgan uchta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi va 0 ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti.

Livanning afsonaviy futbolchisi Roda Antar yana terma jamoaga qaytdi va jamoadoshlari bilan Quvaytga yo'l oldi. Bugun uning ham maydonga tushishi kutilmoqda. Malumki, 33 yoshli Roda Antar shu yilning mart oyida terma jamoa bilan xayrlashgandi.

Livan termasi ustozi Jezeppe Jannini o'yindan oldin quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:

“SHanba kuni Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Lekin Quvayt bilan kechadigan rasmiy bellashuvda mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q. O'yin biz uchun judayam muhim. Har ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi va biz ham, raqib ham guruhdan chiqishni xohlaydi. Biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'ylamanki, shogirdlarim bosim ostida qolishmaydi. Quvaytda yaxshi jamoa shakllangan, ular etakchi o'yinchilarsiz harakat qilsa-da, baribir kuchli o'yin ko'rsata olishadi”.

Darhaqiqat, bugungi bahsni quvaytlik mohir hujumchi Badir Al Mutva jarohati tufayli o'tkazib yuboradi. Terma jamoa ustozi Jorvan Vieyraning fikricha, bu katta yo'qotish bo'lishi mumkin.

“O'rtoqlik o'yinida Malayziyani 3:0 hisobida mag'lub etdik va yigitlarning kayfiyati yuqori, - deydi braziliyalik mutaxassis. – Biz Livanga qarshi ehtiyotkorlik bilan to'p surishimiz lozim. CHunki ehtiyotsizlik har qanday natijaga sabab bo'lishi turgan gap. Oxirgi paytlarda Livanda futbol kuchaydi, lekin biz ulardan kuchliroqmiz”.

Oxirgi o'rinda borayotgan Tailand o'z maydonida Osiyoning uch karra chempioni Eronni qabul qiladi. Tehronda o'tkazilgan bahsda Eron Tailandni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

Karlush Keyrush (Eron termasi bosh murabbiyi): “Men har ikkala jamoaga ham chiroyli futbol namoyish etishni tilayman. Men Tailand bosh murabbiyini hurmat qilaman, chunki uning qo'l ostidagi jamoa bizga qarshi birinchi o'yinda yaxshi harakat qildi. Lekin bizning maqsad g'alaba qozonish, shu bois yana bir marta zafar quchishimizga ishonchim komil”.

Surachay Jaturapattarapong (Tailand bosh murabbiyi): “Eron bilan kechadigan o'yinda stadion muxlislar bilan liq to'lishini xohlayman. O'yingohga qancha ko'p muxlis kelsa, raqibga shuncha jiddiy qarshilik ko'rsatamiz. Vada berib aytamanki, kuchli raqibga qarshi faqat hujumkor futbol namoyish etamiz, chunki oldimizda bundan boshqa yo'l yo'q. Milliy terma jamoa murabbiy yoki futbolchilarniki emas, u butun xalqniki. SHunday ekan, g'alaba qozonish uchun hammamiz bir bo'lishimiz shart”.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика