Osiyo Kubogi-2015. Ertaga Al SHamroni maydonga tushmaydimi?
09 jan 2015 15:33
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Ertaga Al SHamroni maydonga tushmaydimi?
Ertaga guruhimizdagi ikkinchi o'yin Saudiya Arabistoni va Xitoy o'rtasida bshhlib o'tadi.
Bugun o'tkazilgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida S.Arabistoni termasi ustozi Xitoyga qarshi bahsda Nosir Al SHamronining o'ynash-o'ynamasligi so'roq ostida ekanligini bildirdi. Saudiyaliklar bosh murabbiyi Kosmin Olariuning aytishicha, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Nosir Al SHamroni 4 yanvar kuni bo'lib o'tgan Janubiy Koreya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan.
"Al SHamroni koreyaliklar bilan o'yinda jarohat oldi va bahsni oxirigacha o'tkaza olmadi. Hozir jarohatini davolamoqda. U juda yaxshi futbolchi, biroq biz SHamronisiz ham o'ynay olamiz. CHunki Osiyo chempionatiga 23 nafar kuchli o'yinchilar bilan tashrif buyurganmiz" - deya aytib o'tdi ruminiyalik murabbiy.

Fikrlar