Osiyo Kubogi-2015. Eng qari va eng yosh futbolchi kim?
02 jan 2015 17:20
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Eng qari va eng yosh futbolchi kim?
9 yanvarda Avstraliyada hisob bo'yicha 16-Osiyo Kubogi start oladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi barcha terma jamoalar o'zlarining yakuniy ro'yxatlarini topshirib bo'lishdi.
Biz terma jamoalar qaydnomalaridan musobaqada ro'yxatdan o'tgan eng qari va eng yosh futbolchini aniqladik.
Eng yosh futbolchi - Iroqlik yarim himoyachisi Humam Tariq (#11)1996 yil 10 fevralida tug'ilgan. Ayni paytda 18 yoshda. Iroq milliy terma jamoasi safida 23 marta maydonga tushgan.
Eng qari futbolchi - Tim Keyxill 1979 yil 6 dekabrda tug'ilgan. Ayni paytda 35 yoshda. Avstraliya terma jamoasi safida 76ta o'yinda ishtirok etib 36ta gol urgan.
O'zbekiston terma jamoasida eng faxriy futbolchi Timur Kapadze hisoblanadi. Tajribali yarim himoyachi 1981 yilning 5 sentyabrida tug'ilgan. Ayni paytda 33 yoshda.
Eng yosh futbolchi esa 1993 yilning 16 oktyabrida tavallud topgan Jamshid Iskanderov hisoblanadi. O'sha yilning 30 aprelida tug'ilgan Igor Sergeev ham jamoamizning eng yosh futbolchilaridan biri.

Fikrlar