So’nggi yangiliklar

23:49Ўзбекистон ОТЖ U-23 Осиё кубоги "Fair Play" соврини билан тақдирланди  0 23:31"Ланс" Абдуқодир Ҳусановни тез орада бошланадиган "Лорьян"га қарши ўйин қайдномасига киритмади  10 23:19Япония – Ўзбекистон ўйинида қандай статистика қайд этилди?  17 23:01U-23 Осиё кубоги. Абдувоҳид Неъматов турнирнинг энг яхши дарвозабони деб топилди!  25 22:51Ўзбекистон Олимпия ўйинларининг "С" гуруҳидан жой олди. Испанияга қарши ўйнаймиз  54 22:40Винисиус ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  4 22:38U-23 Осиё кубоги. Япония чемпион! Олимпиадага чиқиб бўлган Ўзбекистон пенальтидан гол ура олмади  524 22:05Фоден журналистлар талқинига кўра АПЛнинг ушбу мавсумдаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:23Про лига. "Қўқон-1912" ва "Машъал"да ғалаба. "Бухоро" "Арал" билан дуранг ўйнади  1 21:14"Милан" АПЛда фаолият олиб бораётган мураббийни олиб келмоқчи, аммо...  1 20:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг чигил ёзди машқларидан ГАЛЕРЕЯ  2 19:54"Боруссия Дортмунд" мавсум охирида Ройс кетишини эълон қилди  5 19:42Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг стадионга етиб келишидан эксклюзив кадрлар!  5 19:20"Реал" "Ривер Плейт" билан Мастантуоно бўйича алоқага чиқди  2 19:07U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 термасининг Японияга қарши таркиби маълум  28

Osiyo Kubogi-2000. O'zbekiston uchun eng sharmandali Osiyo Kubogi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2000. O'zbekiston uchun eng sharmandali Osiyo Kubogi

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.


Dastlabki 11 Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi

Osiyo Kubogi-1996. O'zbekiston ishtirokidagi birinchi Osiyo Kubogi


Endi 2000 yilgi Osiyo Kubogi borasida gaplashamiz.

2000 yilgi Osiyo Kubogiga Livan mezbonlik qilgan. Musobaqada o'tgan safargidek 12ta jamoa qatnashdi. Bu safar ham 4tadan jamoa uchta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. Livandagi Osiyo Kubogida Livan, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Indoneziya, Eron, Iroq, Yaponiya, Kuvayt, Janubiy Koreya, Qatar, Tailand va O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etishdi.

Mezbon va amaldagi chempion Saudiya Arabistoni saralashsiz Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi bor qita chempionati final bosqichida qatnashdi.

Saralashda vakillarimiz guruhda BAA, Hindiston, Bangladesh va SHri-Lanka bilan kurash olib borishdi. Guruhda faqat birinchi o'rin sohibigina Livandagi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritar edi. O'tgan Osiyo Kubogida finalga qadar etib borgan BAA albatta ushbu yo'llanma uchun asosiy davogar edi. Mahmud Rahimov boshchiligidagi terma jamoamiz uchta o'yinda uchta g'alabaga erishdi. Oxirgi turda futbolchilarimiz 21 yoshli Maksim SHackixning yagona goli evaziga mezbon BAAni taslim qilib yo'llanmaga ega chiqishgandi.



Osiyo Kubogi Tripolidagi "Xalqaro Olimpiya", Beyrutdagi “Sports Siti” va Sidondagi "Saida Xalqaro" stadionlarida o'tkazilgan.

O'zbekiston terma jamoasi chinakamiga o'lim guruhidan joy olgan edi. Bizning guruhda 1992 yilgi chempion Yaponiya, 1996 yilgi chempion Saudiya Arabistoni hamda Qatar terma jamoalari joy olishgan edi. Saralashda bosh murabbiy bo'lib ishlagan Mahmud Rahimov 1999 yil dekabr oyida avtohalokat tufayli bu dunyoni tark etgan edi. SHu bois Osiyo Kubogi final bosqichiga jamoamizni "Neftchi" ustozi Yuriy Sarkisyan olib borgan edi. Musoaqa Qatar bilan 1:1 hisobidagi durang bilan boshlandi. Bu esa guruhdan chiqish imkoniyatini juda pasaytirib yuborgandi. Bizdan Mirjalol Qosimov gol urgandi.

Ikkinchi turda futbolchilarimiz Yaponiya bilan to'qnash kelishgan. Mazkur o'yin hozirga qadar O'zbekiston terma jamoasining eng yirik mag'lubiyati sifatida eslanadi. Franciyalik Filipp Trusse boshchiligidagi "samuraylar" 8:1 hisobida g'alaba qozonishgan. O'zbekistonning yagona goliga Sergey Lushan mualliflik qilgan.

Guruhdagi oxirgi turda amaldagi chempion Saudiya Arabistoniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berilgan. Qizig'i biz bilan bir guruhda bo'lgan Yaponiya va Saudiya Arabistoni yakunda finalga qadar etib borishgan.

Beyrutda o'tgan finalda afsonaviy hakam Ali Busayim ishlagandi. Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol yaponiyalik Sigeyoshi Mochizuki hisobiga yozilgan va shu tariqa Yaponiya ikkinchi bor Osiyo Kubogida zafar quchgandi. O'sha chempionatda Saudiya Arabistoniga chexiyalik mashhur murabbiy Milan Machala ustozlik qilgandi.

Uchinchi o'rin uchun o'yinda Janubiy Koreya Bora Milutinovich boshchiligidagi Xitoyni 1:0 hisobida mag'lub etib, bronza medallariga ega chiqqandi.

Yaponiyalik Xiroshi Nanami musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Koreyaik hujumchi Li Dong Guk 6ta gol bilan musobaqa to'purariga aylangan.



Osiyo Kubogi-2000
Mezbon mamlakat: 
Livan
Muddati: 12–29 oktyabr
Jamoalar soni: 12ta
Mezbon shahar: 3ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni: 
26ta
Gollar soni: 77ta (o'rtacha 2,96tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 276488 (10634 o'rtacha)
To'purar: Li Dong Guk (Janubiy Koreya) - 6ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Xiroshi Nanami (Yaponiya)
Eng yaxshi darvozabon: Jiang Jin (Xitoy)
Feyr-pley sovrini: Saudiya Arabistoni


Osiyo Kubogi-2000 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: 
Jiang Jin (Xitoy)
Himoyachilar: Xong Myun Bo (Janubiy Koreya), Muhammad Al Xilaivi (Saudiya Arabistoni), Jamol Muborak (Kuvayt)
Yarim himoyachilar: Xiroshi Nanami (Yaponiya), SHunsuke Nakamura (Yaponiya), Navaf Al Temyat (Saudiya Arabistoni), Abbos Obayd (Iroq), Karim Bageri (Eron)
Hujumchilar: Li Dong Guk (Janubiy Koreya), Naoxiro Takaxara (Yaponiya)

“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

1

0

6:1

7

Iroq

3

1

1

1

4:3

4

Tailand

3

0

2

1

2:4

2

Livan

3

0

2

1

3:7

2


“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Xitoy

3

1

2

0

6:2

5

Kuvayt

3

1

2

0

1:0

5

Janubiy Koreya

3

1

1

1

5:3

4

Indoneziya

3

0

1

2

0:7

1


“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

2

1

0

13:3

7

Saudiya Arabistoni

3

1

1

1

6:4

4

Qatar

3

0

3

0

2:2

3

O'zbekiston

3

0

1

2

2:14

1


CHorak final
Eron - Janubiy Koreya 1:2 (qo'sh.taym)
Gollar: 
Bageri 71 - Kim Sang Sik 90, Li Dong Guk 99 (oltin gol)

Xitoy - Qatar 3:1
Gollar:
Li Ming 9, Ki Xong 38, Yang CHen 54 - Al Enazi 65

Yaponiya - Iroq 4:1
Gollar: 
Nanami 8, 29, Takaxara 11, Myojin 62 - Abbos Obayd 4

Kuvayt - Saudiya Arabistoni 2:3 (qo'sh.taym)
Gollar:
Bashar Abdulloh 62, Al Huvaidi 68 - Al Temyat 45+1, Al Meshal 72, Al Temyat 109 (oltin gol)


Yarim final
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 1:2
Gollar: 
Li Dong Guk 90+1 - Al Meshal 76, 80

Xitoy - Yaponiya 2:3
Gollar: 
Ki Xong 30, Yang CHen 48 - Fan Jiyi 21 avtogol, Nishizava 53, Myojin 61


Uchinchi o'rin uchun bahs
Janubiy Koreya - Xitoy 1:0
Gol:
Li Dong Guk 76


FINAL
29 oktyabr 2000. Beyrut. "Sports Siti" stadioni. 47400 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ali Busayim (BAA)
Gol: SHigeyoshi Mochizuki 30

Yaponiya: Yoshikacu Kavaguchi, Naoki Matsuda, Ryuzo Morioka, Toshixiro Xattori, Xiroshi Nanami, SHigeyoshi Mochizuki, Xiroaki Morishima (SHinji Ono, 89), SHunsuke Nakamura, Tomokazu Myojin, Naoxiro Takaxara (Atsushi Yanagisava, 80) (Daisuke Oku, 88), Akinori Nishizava.
Bosh murabbiy: Filipp Trusse (Franciya)

Saudiya Arabistoni: Muhammad Al Deayya, Muhammad Al Xilaivi, Ahmad Doki, Solih Al Saqri, Sami Al Jobir, Favzi Al SHehri (Marzuq Al Otaibi, 72), Abdulloh Al Vakid, Navaf Al Temyat, Said Al Dosari, Hamza Idris (Muhammad Al SHlxub, 46), Talal Al Meshal.
Bosh murabbiy: Milan Machala (CHexiya)




Osiyo Kubogi-2000 chempion tarkib
Darvozabonlar

Yoshikatsu Kavaguchi
Daijiro Takakuva
Takashi SHimoda

Himoyachilar

Naoki Matsuda
Ryuzo Morioka
Toshixiro Xattori
Yuji Nakazava
Keiji Kaimoto

Yarim himoyachilar
SHigeyoshi Mochizuki
Xiroshi Nanami
Atsuxiro Miura
Xiroaki Morishima
SHunsuke Nakamura
Daisuke Oku
Yunichi Inamoto
Tomokazu Myojin
SHinji Ono

Hujumchilar
Akinori Nishizava
Atsushi Yanagisava
Tatsuxiko Kubo
Xideaki Kitajima
Naoxiro Takaxara
Bosh murabbiy: 
Filipp Trusse (Franciya)



Narzulla Saydullaev

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика