Osiyo Kubogi 1.5 mlrd marotaba ko'rildi, bu tarixiy natija
22 jan 2024 18:47
Yangiliklar


Osiyo Kubogi 1.5 mlrd marotaba ko'rildi, bu tarixiy natija
Bu rekordni Qatardagi musobaqa ikki karra yangiladi. 5 yil o'tib dunyoda raqamli texnologiyalarga bo'lgan talabning ortishi, musobaqaning ommaviyligiga tasir o'tkazmay qolmayapti. 2 ta tur yakunlariga ko'ra chempionat 1.5 mlrd marrani zabt etdi.
Bugun Osiyo Kubogining yutubdagi kanalida 1.16 mln foydalanuvchi bor.
Vetnam - Indoneziya bahsi 2.4 mln marotaba ko'rilgan, Yaponiya - Vetnam o'yini esa 2.3 mln. Bu juda yaxshi ko'rsatgich. O'zbekiston ishtirokidagi ikkita uchrashuvni esa jami 1.1 mln kishi kuzatgan.
Tashkilotning FBdagi sahifasidagi foydalanuvchilarning soni 2 mlnga etgan. Instgaramm esa 1 mln ostonasida.
Tabiiyki Osiyo futboliga bo'lgan talabning ortishi ortida tashkilot marketing borasida katta yutuqlarga erishishi mumkin bo'ladi. Bu esa kelajakda Osiyo Kubogi va OCHL o'yinlaridagi bonuslarni oshishiga olib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar