Osiyo futboli: BAA chempionatining eng qimmat o'yinchilari (10-son)
26 jan 2021 18:31
Yangiliklar


Osiyo futboli: BAA chempionatining eng qimmat o'yinchilari (10-son)
Championat.asia'da "Osiyo futboli" rukni davom etadi.
Oldingi kunlar Xitoy Superligasi, Saudiya Premer-ligasi va Yaponiya J-ligasida o'ynaydigan qimmatbaho o'yinchilar haqida malumot bergan edik. Bugun Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining transfer bahosi eng yuqori bo'lgan o'yinchilari ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz.
ismi | qaerdan | tug'ilgan yili | klubi | transfer narxi | |
---|---|---|---|---|---|
1 | SHoya Nakajima | Yaponiya | 1994 | "Al Ayn" | 12 mln evro |
2 | Inor Koronado | Braziliya | 1992 | "SHarja" | 5 mln evro |
3 | Kayo | Braziliya | 1994 | "SHarja" | 4,5 mln evro |
4 | Igor Jesus | Braziliya | 2001 | "SHabab Al Ahli" | 4,5 mln evro |
5 | Ali Mabxut | BAA | 1990 | "Al Jazira" | 4 mln evro |
6 | Dia Saba | Isroil | 1992 | "Al Nasr" | 4 mln evro |
7 | To Ze | Portugaliya | 1993 | "Al Nasr" | 3,5 mln evro |
8 | Xalfan Muborak | BAA | 1995 | "Al Jazira" | 3,5 mln evro |
9 | Tyulani Serero | Janubiy Afrika | 1990 | "Al Jazira" | 3 mln evro |
10 | Brendli Kuvas | Kyurasao oroli | 1992 | "Al Nasr" | 3 mln evro |
Malumot uchun, BAA chempionatida 3 nafar hamyurtimiz ham faoliyat yuritmoqda: 24 yoshli Otabek SHukurov ("SHarja" - 2,5 mln evro), 22 yoshli Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli" - 1,8 mln evro) va 24 yoshli Dostonbek Hamdamov ("Al Nasr" - 1,2 mln evro).
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar