Osiyo chempionlar ligasi. Ertaga 1/4 final bosqichiga qura tashlanadi
08 iyu 2016 13:00
Yangiliklar
Osiyo chempionlar ligasi. Ertaga 1/4 final bosqichiga qura tashlanadi
Bunda 1/4 final juftliklari hamda kimning qaysi sanada o'yinlarni o'tkazishi malum bo'ladi.
OCHLda qitaning kuchli sakkizta jamoasi qoldi: "G'arb" mintaqasidan to'rtta va "SHarq"dan to'rtta. "G'arb" - "Lokomotiv" (O'zbekiston), "Al Jayish" (Qatar), "Al Nasr" va "Al Ayn" (har ikkalasi BAA). "SHarq" - "SHandong Luneng", "SHanxay SIPG" (ikkalasi Xitoy), "Seul" va "CHonbuk Motors" (har ikkalasi Janubiy Koreya).
OCHL reglamentiga binoan "SHarq" va "G'arb" klublari to finalgacha bir-birlariga qarshi to'qnash kelishmaydi. Bundan kelib chiqadiki, "Lokomotiv"ning 1/4 finaldagi raqibi yana "G'arb" mintaqasidan bo'ladi: "Al Jayish", "Al Nasr" yoki "Al Ayn". CHorak finalning dastlabki uchrashuvlari 23-24 avgust, javob bahslari esa 13-14 sentyabr kunlariga mo'ljallangan.
Ertangi qura tashlash marosimiga jamoamizdan vakil sifatida "Lokomotiv" PFK xalqaro bo'lim xodimi Baxtiyor Ismoilov Malayziyaga yo'l olgan.
Fikrlar