Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi oldidan klublarimizda vaziyat qanday?
22 okt 2023 23:40
Yangiliklar
Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi oldidan klublarimizda vaziyat qanday?
"A" guruhi
3-turda Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z maydonida Turkmanistonning "Ahal" klubini qabul qiladi. Maksim SHackix shogirdlarini mazkur o'yinda faqat g'alaba qoniqtiradi, aks holda jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini keskin kamaytirib yuboradi. "Ahal"da esa 3 ochko mavjud va turkmanistonliklarni durang natija ham qoniqtiradi.
Pakhtakor Tashkent Khozhimat Erkinov - 23', Azizbek Turgunbaev - 27', Azizbek Turgunbaev - 59' |
AFC Champions League Grp. A . 3-tur 24/10/2023, 20:00 0
:
3
Tugadi
|
Ahal |
Garchi oxirgi o'yinlarda ko'p ochko boy bergan bo'lsa-da, "Paxtakor" O'zbekiston Superligasida peshqadamlik qilmoqda. Ikki kun ilgari "sherlar" chempionat autsayderiga aylanib borayotgan "Turon"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. SHackix ushbu bahsda ko'plab etakchi o'yinchilarga bo'lajak to'qnashuv oldidan dam berishga qaror qildi.
"Umid qilamanki bugungi g'alaba yigitlarga ko'proq kuch beradi. CHempionlar ligasi bahsida kim maydonga tushishini bilmayman, lekin bugungi g'alaba futbolchilarni ruhiy jihatdan kuchaytiradi", — dedi poytaxtliklar ustozi "Turon"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
"Ahal" esa Turkmaniston chempionati va kubogi doirasida oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozona olmadi. Yuqori liganing 18-turidan olgan uchrashuvda musobaqa etakchisi "Arkadag'"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan "Ahal" kubok doirasidagi yarim final bosqichining dastlabki bellashuvida "Marv" maydonida 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Ravshan Muhadov shogirdlari ayni damda milliy chempionatda 14 o'yinda 16 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda bormoqda.
FIFA kunlarida esa klubning naq 7 nafar futbolchisi Turkmaniston terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig'inida ishtirok etdi. Bular: darvozabon Davlatyor Berdiev, himoyachilar Ata Gelidiev, SHuhrat Soyunov, Haqmuhammad Byashimov, yarim himoyachi va jamoa sardori Elman Tagaev hamda hujumchi Yazgilich Gurbanov.
Guruhdagi ikkinchi bellashuvda BAAning "Al Ayn" klubi Saudiya Arabistonining "Al Fayha" klubi bilan kuch sinashadi.
Al-Ain Kouame Autonne - 36', Kaku - 45', Kaku - 67', Soufiane Rahimi - 90' |
AFC Champions League Grp. A . 3-tur 24/10/2023, 22:00 1
:
4
Tugadi
|
Al-Fayha Nawaf Al Harthi - 84' |
"Al Ayn" BAA chempionatining 5-turida "Al Nasr"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Biroq keyinchalik ular liga kubogining chorak finalida to'qnashdi. Bu safar "Al Ayn" 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.
"Al Ayn" chempionatda 5 o'yin o'tkazib, 12 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. Klub Aziz G'aniev to'p tepayotgan "SHabab Al Ahli"dan 1 ochko ortda qolmoqda.
"Al Fayha" esa Saudiya Arabistoni chempionatining 10-turida "Al Ahdud" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida ustun keldi.
Klub Premer-ligada 10 o'yindan so'ng 14 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda bormoqda.
"B" guruhi
Ushbu guruhda Qarshining "Nasaf" klubi 100 foizli natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3-turda yaqin taqibchisi "SHarja" mehmoni bo'ladi. "Ajdarlar" BAAga etib kelgunga qadar O'zbekiston kubogi yarim finalida "Dinamo" bilan kurash olib bordi va 2:1 hisobidagi qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Endi "Nasaf" turnirning hal qiluvchi bahsini o'z maydonida OKMKga qarshi o'tkazadi.
Sharjah Cultural Club Caio - 45' |
AFC Champions League Grp. B . 3-tur 23/10/2023, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Nasaf Qarshi |
Ertangi uchrashuv qaydnomasidan SHuhrat Muhammadiev va Umidjon Ergashev o'rin olmaydi. Ular jarohati sababli bahsda qatnashishmaydi.
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Hozirgi vaqtda keyingi bosqichga chiqish uchun ikki jamoaning ham ochkolari etarli emas. SHuning uchun ertaga maydonda natija uchun jang bo'ladi. O'ylaymanki, etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Maydonda ijobiy natija uchun to'p tepamiz.
"SHarja"ning tarkibi "Al Sadd"nikidan farq qiladi. Bu jamoaning yaxshi taraflari va tarkibida kuchli futbolchilari ko'p. Albatta, biz uchun oson bo'lmaydi. Raqibimiz jiddiy. Maydonda 90 daqiqa etiborni yo'qotmaslik kerak bo'ladi. "SHarja" guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri.
Start yaxshi bo'ldi. Lekin finish ham yaxshi bo'lishi kerak. SHu bois ertaga faqat ijobiy natija uchun o'ynaymiz. Hali hech narsa hal bo'lmagan. Guruhda kurash oxirigacha davom etadi.
"SHarja"ning ruminiyalik murabbiyi Olaroi Kosmin esa "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan bir qator asosiy o'yinchilariga dam berdi, natija klub liga kubogining chorak finalida "Ittihod Kalba"ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. CHempionat doirasida esa jamoa "Emireyts" maydonida 3:1 hisobida zafar quchdi.
"SHarja" BAA Birinchi divizionida 5 o'yinda 9 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.
Bundan bir necha kun muqaddam "SHarja" sport kengashi italiyalik futbol afsonalari — Roberto Bajjo, Franchesko Totti va Marko Materacci bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomon o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. SHuningdek, yulduzlar klub qarorgohida sport inshootlarini ko'zdan kechirdi.
Guruhning ikkinchi o'yinida Qatarning "Al Sadd" va Iordaniyaning "Al Faysali" klublari kuch sinashadi.
Al-Sadd Baghdad Bounedjah - 8', Baghdad Bounedjah - 50', Gonzalo Plata - 51', Mostafa Meshaal - 52', Baghdad Bounedjah - 63', Yusuf Abdurisag - 83' |
AFC Champions League Grp. B . 3-tur 24/10/2023, 00:00 0
:
6
Tugadi
|
Al-Faisaly |
"Al Sadd" Qatar Yulduzlar ligasida 5 o'yinda 13 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda.
Iordaniyada esa chempionatda ishtirok etuvchi 12 klub mamlakat futbol associaciyasidan joriy mavsum uchun homiylik puli sifatida 200 ming dinor (282 ming AQSH dollari) talab qilib, mahalliy ligadagi ishtirokini to'xtatishga qaror qilgani to'g'risida xabar bergandik. Jarayon hamon davom etmoqda.
Qolaversa, iordaniyaliklar katta yo'qotishlar bilan Qatarga tashrif buyurgan. Jamoaning livanlik darvozaboni Mahdi Xalil mashg'ulotlarda shikastlanib, bir oyga safdan chiqqan bo'lsa, jamoa yulduzi Yusuf Abu Jalbush ham uch haftani o'tkazib yuborishi malum bo'ldi.
"C" guruhi
Turnirdagi dastlabki ikki turda imkoniyatni boy berib qo'ygan Olmaliqning OKMK klubi o'z maydonida Eronning "Sepahon" klubini qabul qiladi va tabiiyki, faqatgina 3 ochko ilinjida maydonga tushadi. Ilk turda 1 ochko qo'lga kiritgan eronliklarning "Al Ittihod"ga qarshi o'yini esa boshqa muddatga qoldirilgani to'g'risida xabardor bo'lsangiz kerak.
Mirjalol Qosimov shogirdlari mazkur bellashuvga yaxshi kayfiyatda etib kelishdi, biroq juda katta kuch yo'qotdi. O'zbekiston kubogi yarim finalida Toshkent viloyati jamoasi "Navbahor"ni penaltilar seriyasi evaziga mag'lub etdi. Mazkur uchrashuvda jarohat olib, maydonni erta tark etgan Siyavash Haqnazariy ham eronlik futbolchi hisoblanadi.
28 yoshli yarim himoyachi o'yindan keyin ushbu uchrashuvga alohida motivaciya bilan tayyorgarlik ko'rayotganini, jamoasiga yordam bera olishiga umid qilishini aytib o'tdi. Biroq u bilan birga himoyachi Islom To'xtaxo'jaev hamda ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches qaydnomaga ham kiritilmadi.
Mirjalol Qosimov uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi:
"G'alabani kutyapmiz. Musobaqani yaxshi boshlay olmadik. Safarda mag'lubiyat qabul qilib olganimizdan keyin o'z maydonimizda xatolarimiz sababli Iroq jamoasiga mag'lub bo'ldik. Hali kurashamiz, imkoniyatlarimiz bor. SHu sababli har bir imkon uchun kurashamiz va ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bundan keyin imkoniyatlar pasayib ketadi..."
SHuningdek, olmaliqliklar himoyachisi Anzur Ismoilov ham bo'lajak o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"G'alaba uchun maydonga tushamiz. Bizga 3 ochko juda muhim. Ikki o'yinda yutqazdik, endi ochko olish kerak. Oson o'yin bo'lmaydi. Eron jamoalarini bilamiz, ular doimo kuchli, jangchi bo'lib kelishgan. Nima bo'lsa-da, g'alaba uchun o'ynaymiz".
"Sepahon" bosh murabbiyi Xose Morais esa shunday fikr bildirdi:
"Ertaga halol va kurashlarga boy o'yin bo'lishini kutyapman. Osiyo chempionlar ligasi eng yuqori darajadagi turnir. Ertaga juda yaxshi o'yinning guvohi bo'lishimizga ishonaman. Muxlislarga ajoyib o'yin taqdim etamiz.
O'yinchilarimiz uchrashuvga ruhan, jismonan, taktik va texnik tomondan to'liq tayyorlar deya olaman. O'yinga 100% shaymiz va yaxshi natija ko'rsatishimiz kerak. O'z ishimizni har kuni, sidqidildan bajaramiz. Osiyo miqyosidagi turnirlarda kurashish uchun bizda etarli salohiyatga ega o'yinchilar bor.
OKMK uchun bu o'yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur.
Futbol jamiyat, insonlar va halollik uchun kerak. Bu o'yin insonlarni birlashtiradi, do'stlashtiradi. Futbol dushman orttirish uchun o'ynalmaydi. Biz ham do'stlashish va birlashish uchun futbol o'ynaymiz. Ertaga maydonda halol o'yin ko'rsatishimiz kerak.
Biz raqibni, O'zbekiston ichidagi barcha narsani va mamlakat madaniyatini hurmat qilamiz. Biz raqib muxlislarini hurmat qilamiz.
Futbolchilar futbol haqida o'ylashadi. Biroq, bazi insonlar ham borki, ular futbol haqida emas boshqa narsalar haqida qayg'urishadi. Biz futbolagi farqlarni hurmat qilamiz va buni muhokama qilmaymiz. Barchamiz insonlarni hurmat qilishimiz kerak, bu natijadanda muhimroq narsa".
Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" Eron chempionatida dastlabki 5 o'yinning barchasida g'alaba qozonganiga qaramay, mamlakat futbol federaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan 4 ochkodan mahrum qilingan. Portugaliyalik mutaxassis ligadagi holatga munosabat bildirarkan, Instagramdagi sahifasida qiziqarli post qoldirdi: "Bu liga uchun barchamizga ikki nafar futbolchi kerak: haqiqat va adolat".
SHuningdek, Ramin Rizoyan ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, shu bois bellashuvga tayyormiz. Bu o'yin juda muhim o'yin ekanligini barcha anglab turibdi.
Uchrashuvda 3 ochko qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz. SHubhasiz, bu o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz va bosh murabbiy talablarini bajarishga harakat qilamiz.
Eronga 3 ochko bilan qaytishga umid qilaman. Katta o'yinlarda xato qilishga haqqimiz yo'q, ertaga 100% to'liq koncentraciya bilan maydonga tushamiz".
Muhammad Gorbani ham o'z taxminlarini bildirdi:
"Umid qilamanki, Eronga g'alaba bilan qaytamiz. Ertaga yomg'ir yog'ishi mumkin deyishdi. O'ylaymanki, ob-havo sharoiti maydon sifatiga tasir o'tkazmaydi. O'zbekiston jamoalari kuchli hisoblanadi, turli yoshdagi terma jamoalarda ham ular bilan to'qnash kelganman. Ertaga g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz".
SHuningdek, klub darvozaboni Payam Niyozmand ham jamoasining g'alaba ilinjida maydonga tushishini aytdi:
"OKMKga qarshi 100 foizlik tayyorgarlik bilan maydonga tushamiz. Ruhiy holatimiz yaxshi. Jarohatlangan o'yinchilar bor, ammo ularning o'rnini to'ldiruvchilar ham etarlicha. Umid qilamanki, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olamiz. OKMK o'yinlarini tahlil qilib chiqdik, ular yaxshi jamoa. 3 ochko qo'lga kiritish uchun muxlislarimizdan qo'llab-quvvatlab turishlarini istaymiz".
"Sepahon" sardori Muhammad Karimi OKMKga yuzaki qaramaslik kerakligini takidladi.
"OKMKni dastlabki 2 turdagi mag'lubiyatidan so'ng bazilar kuchli jamoa emas deb o'ylashlari mumkin, biroq ularni tahlil qildik va raqib jamoada yaxshi o'yinchilar borligini ko'rdik. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi, chunki OKMK ham faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushadi. Bu bizning ishimizni juda qiyinlashtiradi. Yuqoriga ko'tarilishimiz uchun ham ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.
Bizda ruhiy va psixologik holat juda yaxshi, mashg'ulotlar ham yaxshi o'tmoqda. Bu erda ob-havo yaxshi. Isfaxondan biroz salqinroq bo'lsa-da, bu bizga muammo tug'dirmaydi, deb o'ylayman. Yomg'ir yog'ish ehtimoli bor, lekin nima bo'lishidan qati nazar, bu biz uchun muhim emas.
Xoh CHempionat bo'lsin, xoh Osiyo chempionlar ligasi, jamoa boshiga tushgan qiyinchiliklarga qaramay, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislardan minnatdorman, bazi muxlislar o'z hisobidan O'zbekistonga tashrif buyurgan va ularning umidlari, albatta, bizdan yuqori. Albatta, ular bizga qo'shimcha motivaciya va energiya bag'ishlaydi".
Burkina-Fasolik yarim himoyachi Brayan Dabo jamoasini maydonni g'olib sifatida tark etishini malum qildi.
"Bo'lajak o'yin biz uchun muhim ahamiyatga ega, chunki avvalgi uchrashuvda maydonga tusha olmagandik, birinchi bellashuvda esa durang qayd etilgandi. Mazkur o'yinga kuchli ishtiyoqt bilan tayyorgarlik ko'rganmiz. Umid qilamanki, maydonni g'alaba bilan tark etamiz.
Tahlilchimiz orqali raqib jamoa haqida bilmagan narsamiz qolmadi. OKMKning kuchli va zaif tomonlarini o'rgandik. Klubda o'zimni yaxshi his qilyapman, kelganimdan beri biror o'yinda mag'lub bo'lganimiz yo'q. CHempionlar ligasi boshqa darajadagi musobaqa hisoblanadi. Jamoamiz bir oilaga o'xshaydi".
Darhaqiqat, "Sepahon"ning ikki hujumchisi — SHahriyor Moganlou va Rizo SHekari jarohati sabab Toshkentga kelmagan.
AGMK Mirzhakhon Mirakhmadov - 36' |
AFC Champions League Grp. C . 3-tur 23/10/2023, 20:00 3
:
1
Tugadi
|
Sepahan Ramin Rezaeian - 32', Ramin Rezaeian - 49', Reza Asadi - 59' |
Guruhning ikkinchi o'yinida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi Iroqning "Eyr Fors" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Al Ittihad Abderrazak Hamdallah - 90' |
AFC Champions League Grp. C . 3-tur 23/10/2023, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Al Quwa Al Jawiya |
"Al Ittihod" Saudiya chempionatining 10-turida "Al Taavun" maydonida 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvdagi har ikkala golga "Ittihod" hujumchisi Karim Benzema mualliflik qildi.
"Al Ittihod" ayni damda 10 ta o'yindan so'ng 20 ochko bilan Saudiya Premer-ligasi jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
"Eyr Fors" esa OCHL bahsidan avval "Al Qahrabo" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va jangovar 3:3 hisobida durang o'ynadi.
Iroq Yulduzlar ligasi 26 oktyabr kuni start oladi, shu bois klub hozircha o'rtoqlik uchrashuvlari bilan cheklanmoqda. Bundan tashqari, jamoa o'z stadionini ham o'zgartirdi va "Al SHaab" stadioni o'rniga "Al Kut" Olimpiya o'yingohini qarorgoh sifatida tanladi.
"D" guruhi
Namanganning "Navbahor" klubi 3-turda Eronning "Nassaji Mozandaron" klubi bilan bahs olib boradi. Ayni damda "Al Hilol" bilan bir xil ko'rsatkichga ega bo'lgan holda bo'lg'usi raqibida 1 ochko ko'p to'plagan Samvel Babayan shogirdlaridan mazkur qarama-qarshilikda imkoniyatni boy bermaslik talab etiladi, aks holda jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati sezilarli darajada pasayapdi. Aksincha bo'lsa, imkoniyat darajasi ancha oshadi.
Navbahor Namangan Oston Urunov - 74', Mehrdad Abdi - 90' |
AFC Champions League Grp. D . 3-tur 23/10/2023, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Nassaji Mazandaran FC Mohammad Reza Azadi - 44' |
"Navbahor" bosh murabbiyi uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida klub oldidagi har bir uchrashuv finalga teng ekanligini takidladi.
Mezbonlar tarkibida Toma Tabatadze va Yovan Jokich jarohati sababli uchrashuvni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi.
"Nassaji" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati esa quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Biz guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biriga qarshi o'yin o'tkazamiz. "Navbahor" jismonan shakllangan jamoa sanaladi, ular yaxshi sifatlarga ega. Guruhning dastlabki ikki o'yinida 4 ochko olishga muvaffaq bo'lishdi.
Bizni qiyin o'yin kutib turibdi, lekin biz klub muxlislariga g'alaba hadya etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Bizda juda yaxshi jamoa shakllangan. Ertaga ishonchli o'yin ko'rsatishga ahd qilganmiz.
"Navbahor"dan farqimiz shuki, namanganliklar O'zbekiston chempionatining 23-turiga etib keldi, biz esa oltinchi turdamiz. Biz juda ko'p o'zgarishlar ko'rgan va ko'plab yosh o'yinchilar qo'shilgan jamoamiz. SHunday ekan, 23-tur qarshisida turgan jamoa, albatta, yaxshiroq holatda bo'ladi.
Ertaga, o'yin oxiridagi statistika bizning qanday ekanligimizni ko'rsatadi.
So'nggi haftalarda omadsizlik tufayli natija ko'rsata olmayapmiz, lekin yaxshi futbol namoyish etyapmiz. Bo'lajak uchrashuvda ham muxlislarni xursand qilish uchun qo'limizdan kelganini bajaramiz.
Ushbu qarama-qarshilik guruh bosqichidan chiqish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'zbek futboli haqida juda katta tasavvurga egaman. Ular so'nggi yillardagi natijalari bilan tabriklash o'rinli. O'zbek futboli infrastruktura borasida ham katta yutuqlarga erishdi".
SHuningdek, eronliklar himoyachisi Said G'ulomalibegi ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"To'g'ri, so'nggi ikki o'yinda jamoamiz g'alaba qozona olmadi, biroq o'sha bahslarda omad bizdan yuz o'girdi. Biz yaxshi o'yin namoyish etdik, ammo natijaga erisha olmadik. Oxirgi natijalarni yoddan chiqarshi va muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz".
"Mozandaron yo'lbarslari" chempionatning 6-turida o'z maydonida "Alyumin Arak" klubiga yutqazgach, murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Mazkur mag'lubiyatdan so'ng klubning yordamchi murabbiyi Vohid Fazliy jamoani tark etgan. Fazliy istefosini yozma ravishda elon qilmagan bo'lsa-da, bu borada qatiy qarorga kelgan. "Nassaji" Eron chempionatida 6 o'yindan so'ng 5 ochko jamg'argan holda 10-o'rinda bormoqda.
Guruhning ikkinchi bellashuvi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" va Hindistonning "Mumbay Siti" klublari o'rtasida o'tkaziladi.
Al Hilal Aleksandar Mitrovic - 5', Aleksandar Mitrovic - 67', Sergej Milinkovic-Savic - 75', Aleksandar Mitrovic - 80', Mohammed Al Burayk - 82', Abdulelah Al Malki - 90' |
AFC Champions League Grp. D . 3-tur 24/10/2023, 00:00 0
:
6
Tugadi
|
Mumbai City FC |
Yaqinda Neymaridan mahrum bo'lgan "moviylar" mahalliy chempionatning 10-turida "Al Xalid"ni 1:0 hisobida engdi va ochkolarini 26 taga etkazib, peshqadamligini mustahkamladi.
CHetdan qaraganda, barcha risoladagidek tuyulsa-da, jamoa ichidagi voqealar havas qilarli emas. Ko'pgina futbolchilar portugaliyalik murabbiy Jorje Jezushning istefoga chiqarilishini istamoqda. Xususan, o'tgan o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiraga olingan Maykl Delgado suvidishni kuchli zarba bilan erga uloqtirib, noroziligini oshkora namoyish qilgandi. Jamoa yulduzi Neymardan ham shu singari fikrlar avvalroq quloqqa chalingandi.
"Mumbay Siti" esa Hindiston Superligasida "Kerala"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 3 o'yindan so'ng ochkolarini 7 ta etkazib, 3-o'ringa o'rnashdi.
Fikrlar