So’nggi yangiliklar

08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  3 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  2 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104

Osiyo chempioni Ravshan Haydarov 58 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyo chempioni Ravshan Haydarov 58 yoshga to'ldi

Bugun tajribali mutaxassis, o'ziga yarasha tarix yarata olgan murabbiy Ravshan Haydarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ravshan Akmalovich bugun, 15 iyul O'zbekiston futbol associaciyasiga yangi rahbar tayinlangan kunda 58 yoshini qarshilayapti. Ravshan akaning futbolchilik faoliyati Toshkentning "Start" klubida boshlangan. Rahmatli murabbiy Akmal aka Azizxo'jaev qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan.

"Murabbiy, ustoz masalasida omadim chopgan, - deydi bugungi yubilyarimiz. - Bugungi darajamga etishimda rahmatli ustozim Akmal akaning xissalari va xizmatlari juda katta bo'lgan. Bu insondan umrbod minnatdorman".

Ravshan Haydarov futbolchi sifatida "Start" (Toshkent), "SHahrixon", "Paxtakor" (Toshkent), "Dinamo" (Samarqand), "Xiva", "Xonqa" (ikkisi ham Xorazm), "Traktor" (Toshkent) klublari sharafini himoya qilgan. Sakkiz mavsum (1989-1996) davomida "Traktor" safida to'p tepgan. Aynan shu klubda uning murabbiylik faoliyati boshlangan. 1982 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituni tamomlagan. 1999 yilda Germaniyaning "Leypcig" klubida murabbiylik malakasini oshirgan.



Bugungi qahramonimizning murabbiylikdagi sinovli yillari XX asr boshida boshlangan. U 2002 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2004 yilda Haydarov va Yurgen Gyode boshchiligidagi terma jamoamiz Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borgan. Aynan 2004 yili u "Paxtakor" klubiga ham bosh murabbiy etib tayinlandi. "SHerlar" Ravshan Haydarov boshchiligida qatorasiga to'rt yil mamlakat chempionligi hamda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan. 2007 yilning yanvar oyida "Paxtakor" bilan birga MDH va Boltiqbo'yi mamlakatlari chempionlari kubogida zafar quchgan. Oradan bir yil o'tib, "Paxtakor" yana finalda o'ynaydi va bu safar vice-chempionga aylangan. Haydarov 2012 yilda "Qizilqum"ni qabul qilib olgan. 2014 yilda O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

SHubhasiz, murabbiy sifatidagi eng katta yutug'iga 2018 yili Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida erishgan. Vetnamga qarshi kechgan qorli final xuddi kechagidek yodimizda. Bugungi kunda Ravshan Haydarov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi katta murabbiyi. Olimpiyachilarimiz 2020 yilning yanvar oyida Tailandda o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Ushbu qita chempionati Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir. Bu borada Ravshan Haydarov va barcha olimpiyachilarimizga omad tilaymiz.



Jamoliddin Solihov, terma jamoa operatori

- Ravshan akani otamdek hurmat qilaman. Yaxshi murabbiy bo'lish bilan birga ajoyib inson ham bilaman. Menimcha, eng katta yutuqlaridan biri kollektivni to'g'ri tanlab, ularga ishonch bildiradilar. Murabbiylar shtabidagi har bir xodimning fikrini eshitib, xulosa chiqaradilar. Xitoyda Osiyo chempioni bo'lishimizga ham shu sifatlari xizmat qilgan. U xoh massajistmi, jamoa mamurimi, video operatormi, darvozabonlar murabbiyimi, umuman hamma bilan bir xilda suhbatlashadilar. Biron bir davlatga ketayotganimizda ham bo'sh o'tirmaydilar. Samolyotda ham o'yinlarni tahlil qilib ketadilar. Fursatdan foydalanib, Ravshan Akmalovichni bugungi tavallud ayyomlari bilan muborakbod etaman.

Biz ham saytimiz muxlislari va xodimlari nomidan Ravshan Haydarovni bugungi unutilmas sana bilan tabriklaymiz. Farzandlar, nevaralar rohatini uzoq yillar ko'rib yuring. Sizning izingizdan borayotgan o'g'lingiz Sarvar (Sarvar Haydarov "Paxtakor" akademiyasi murabbiyi, - muallif) ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishsin.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика