So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  9 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  230 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16

Osiyo boy bergan “Messilar" (1991-96) Yangiliklar

Osiyo boy bergan “Messilar" (1991-96)

Osiyo futboli Evropa, Amerika va Afrika futbolidan sezilarli ravishda orqada.

Qitamizning hech bir o'lkasi iqtidorlar masalasida Braziliya, Germaniya yoki Ispaniya bilan bahslasha bilmaydi. Vaqti-vaqti bilan evrofutbolni zabt etishi kutiladigan osiyolik “vunderkind”lar ham chiqib qoladiki, butun bir qita ularning jahon grandlari libosini kiyishini kutib yashaydi. Ammo, umid hissini uyg'otish boshqa, uni oqlab tashlash tamoman boshqa masala – Son, Ji Sun-u Kagavalar har doim ham tug'ilavermaydi.

Bugun “sariq qita”ning yangi yulduziga aylanishi, Evropa maydonlarida Osiyoning tamsilchisi bo'lishi kutilgan, yakunda “ippodromga ham chiqolmagan” bazi o'yinchilar haqida malumot beramiz. (quyidagi fikrlarning barchasi shaxsiy va ko'p ehtimol bilan noto'g'ri bo'lishi mumkin)

Omar Abdulrahmon – 1991 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida qitaning eng yaxshilari qatorida etirof qilinar edi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda ko'rsatgan o'yinlari uning tez orada “ko'hna qita”ga ko'chib o'tishidan darak berardi. Har doim Zinedin Zidanga o'xshab to'p tepishga urinadigan Omardan bir vaqtlar Luis Suares libos almashishni iltimos qilgan, Rayan Giggz va Starrij esa o'zaro o'yindan keyin uning ne sabab bilan Evropada o'ynamayotgani bilan qiziqishgan edi. Haqiqatan ham u katta yutuqlarga erishi mumkin edi. Qachonki, arab diyorining issiq havosi va pullarini futbolga almashganida.


Malumot uchun, Omar Abdulrahmon 2021 yilning boshida “SHabab Al Ahli” tarkibiga qo'shildi. Endi u maydonda hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov va Azizjon G'aniev bilan elkama-elka harakatlanadi. Afsuski, bu uchlik “Old Trafford”da emas, Dubaydagi “Al Rashid” stadionida o'ynashadi...

Takashi Usami – shubhasiz, 1992 yilda tavallud topgan futbolchilar orasida qitadagi eng yaxshilardan edi. “Gambo Osaka” tarbiyalanuvchisi 17 yoshida Osiyo CHempionlar Ligasida debyut qildi va o'zining yorqin kelajagiga yapon ishqibozlarini ishontirib qo'ydi. Uning potenciali shunchalik yuqori ko'ringandiki, 19 yoshida “Bavariya” ustozi Lui Van Gal uni Myunxenga taklif qiladi. Biroq, niderland tez orada nemis klubini tark etdi, Yupp Xaynkess esa unga deyarli ishonch bildirmadi. 2011-2019 yillarda Bundesliganing turli jamoalarida to'p tepgan Takashi yana jonajon Osakasiga qaytdi va bugungi kunga qadar “Gambo Osaka” sharafini himoya qilib kelmoqda. Xullas, bir paytlar “Bavariya”ning kelajagi bo'lishi kutilgan kiotolik yigitcha bugun kun chiqar yurtda. Uning koreyalik boshqa bir tengdoshi esa “Tottenxem” tarkibida Angliya maydonlarini “yondiryapti”...


Jamshid Iskanderov – futbolchi bo'lish umidi bilan Xorazmdan Toshkentga kelgan edi. 1993 yilda tug'ilgan hamyurtimiz yoshlar terma jamoasidagi o'yinlari bilan o'zbek futboliga ajoyib pleymeyker kirib kelayotgani haqida elon berdi go'yo. SHaxsan o'zim 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida Jamshid va Vladimir Kozakning muxlisi edim. (Vaqti kelib, aynan ular terma jamoamiz etakchisiga aylanishini kutgandim, ammo ortiqcha yuklamalar va jarohat...) SHu tufayli bu o'ringa eronlik Rozbeh CHeshmi yoki yapon Junya Itoni emas Jamshidni tanladim. Bir paytlar nozik didli harakatlari, kutilmagan paslari bilan muxlislar qalbidan o'rin olgan Iskanderov oktyabr oyida 28 yoshga to'ladi. To'g'ri, u yaxshi futbolchi bo'lib etishdi. Lekin Jamshidning yaxshi emas, zo'r bo'lishini kutgan muxlislar uchun bu kutilganidan ancha kam...


Takuma Asano (bu erda suriyalik Omar Xrbin ham bo'lishi mumkin edi) – 1994 yilda tavallud topgan yaponiyalik futbolchilar orasida eng iqtidorlilardan edi. Uni 20 yoshida “Arsenal” xarid qildi. Biroq, Asano London klubining asosiy jamoasiga kira olmadi, “to'pchilar” uni 3 yil davomida nemis jamoalariga ijaraga berishdi. Bundesligada ham o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olmagan Takumi ayni paytda Serbiya chempionatida “Partizan” sharafini himoya qilyapti...


Ali Alipur – 1995 yilda tug'ilgan futbolchi qitaning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri bo'lishi kutilgan. Eron yoshlar jamoasi safida 3 o'yinda 9 gol urgan forvard barcha umidlarni oqlashi mumkin edi. Ammo, uning yagona omadsizligi shundaki, Sardor Azmun bilan bir avlod vakili hisoblanadi. SHu tufayli Eron chempionatidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lishiga qaramay, milliy jamoa libosida maydonga tushishi qiyin masala...


Humam Tariq Faraj – 1996 yilda tavallud topgan futbolchini terma jamoamizga qarshi o'yinlarda bir necha bor kuzatgansiz. 16 yoshida Iroq milliy jamoasida o'ynay boshlagan Humam g'ayritabiiy zakovati bilan boshqalardan ajralib turar, maydondagi harakatlari bir Messini, bazida Inesta yoki Modrichni eslatib yuborardi. Xalqaro uchrashuvlarda bir necha bor raqiblarini “xo'rlaganiga" ham guvoh bo'lganmiz. 


Biroq, futbol shunday sportki, harakatdan to'xtagan oning pastga qulaysan. Bilasizmi, bir paytlar Evropaga ketishi kutilgan “Iroq Modrichi” 2021 yilning boshida Toshkent viloyatining AGMK klubiga o'tishi mumkin edi. Ha, u 25 yoshida shunday darajaga tushib qoldi. Humamning transfer bahosi ayni paytda atigi 250 ming evroga teng. Malumot uchun, hozir O'zbekistonda undan qimmatroq 93 nafar o'yinchi bor. Yig'la, Bog'dod!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика