Oshpazlik va oficiantlikdan futbolgacha. "Al Arabi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan Boake haqida 5 ta qiziqarli fakt
21 avg 2023 23:45
Yangiliklar


Oshpazlik va oficiantlikdan futbolgacha. "Al Arabi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan Boake haqida 5 ta qiziqarli fakt
OCHL saralash bosqichi doirasida OKMK - "Al Arabi" uchrashuvini diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradigan olmaliqliklar forvardi Martin Boake haqidagi qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
— Forvard mehmonxona menejirlari tayyorlaydigan maktabda tahsil olgan, o'qish davomida oshpazlik va oficiantlik kurslariga borgan.
— Martin dastlab yarim himoyachi poziciyasida to'p tepgan, bolalikdagi jamoalaridan biri hujumchisiz qolgach, u oldingi chiziqqa o'tkazilgan va ikki o'yinda ikkita gol urgan. SHundan so'ng forvard poziciyasida o'ynay boshlagan.
— Boake O'zbekiston chempionatida to'p tepayotgan birinchi italiyalik futbolchi sanaladi.
— Hujumchi O'zbekiston chempionatidagi dastlabki golini "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan bo'lsa, ikkinchisida o'z darvozasini nishonga olgan.
— Boakening uch nafar sevimli o'yinchisi bor: Balotelli, Lukaku va Drogba.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar