So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  5 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

"O'sha kuni "Navbahor"ning o'yini biroz chiqmadi" -- Umarali Rahmonaliev "Rubin"ga moslashish jarayoni, Alan Zagoev va Kante haqida Yangiliklar

"O'sha kuni "Navbahor"ning o'yini biroz chiqmadi" -- Umarali Rahmonaliev "Rubin"ga moslashish jarayoni, Alan Zagoev va Kante haqida

FNL vakili hisoblangan, tarkibida ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Rubin" jamoasi ham Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Ayni paytda biz ham shu erda ekanligimizdan fursatdan foydalanib jamoa tarkibiga yaqinda kelib qo'shilgan Umarali Rahmonaliev bilan intervyu tashkil qilish istagi paydo bo'ldi. 

- Umarali "Rubin" bilan Turkiyadagi mashg'ulotlar qanday ketyapti? Jamoaga moslashish jarayonichi? Bunda asosiy faktor nimada bo'lyapti?

- Mashg'ulotlar quvnoq kayfiyatda va alo darajada o'tmoqda. Moslashishga kelsak, barcha futbolchilar xushchaqchaq ekanligi tufayli qiyin bo'lgani yo'q. Albatta yanada to'liq kirishib ketishim uchun vaqt kerak. Lekin hozir barchasi rejadagidek ketyapti. 

- Qisqa vaqt ichida o'zingizda qanday yangi o'zgarishlar sezishni boshladingiz? CHunki "Rubin" siz uchun yangi, baribir darajasi katta klub, sharoitlar boshqacha...

- Mashg'ulotlarda asosan jismoniy kuchga tayangan holda o'tyapti. SHu jihatdan kuchga to'lib boryapmiz, jismoniy ko'rsatkichlarimiz yaxshilanib bormoqda. Bu erda futbolchi uchun barcha sharoitlar mujassam, bizdan bor etiborni mashg'ulot va o'yinga qaratish talab qilinadi. 

- Klubga kelganingizda birinchi nima etiboringizni tortdi?

- Hamma xodim va futbolchilarning o'z ishiga professional yondashishi. 

- Aksariyat FNL klublari o'zbek klublarini o'rtoqlik o'yinlarida mag'lubiyatga uchratyapti. FNL O'zbekiston Superligasidan kuchlimi yoki bu o'yinlar orqali xulosa qilish noto'g'rimi?

- Bu borada biror narsa deyish qiyin. Bu — futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. 

- Rustam Ashurmatovning chizig'ida raqobatchi 6 nafar futbolchi borligi haqida eshitdik. Poziciyangizda raqobat haqida nima deya olasiz?

- To'g'ri. Mening poziciyamda ham raqobat kuchli va tajribali futbolchilar yig'ilgan. 

- "Rubin"dagi eng professional, yoshlarga ko'p yordam beradigan, o'z ortidan ergashtira oladigan o'yinchi kim?

- Eng professional futbolchi — Alan Zagoev. U har doim mashg'ulotdan oldin trenajyor zalda o'ziga kerakli mashqlarni qilib, muskullarini qizdirib maydonga chiqadi. Umuman olganda barcha tajribali futbolchilar bizdek yoshlarga qo'lidan kelgancha yordam berishadi. 

- "Navbahor" bilan o'rtoqlik uchrashuvidagi 6:0 tasodifmi?

-  O'sha kuni bizga qarshi "Navbahor"ning o'yini biroz o'xshamadi. Qolaversa, "Rubin" ham nimalarga qodirligini ko'rsatdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

- "Bunyodkor"da Kante nomini berishgan edi. Sizni jamoada qanday chaqirishadi?

- Ko'p futbolchi va murabbiylar ismim yoki familyam bilan murojaat qiladi. Bazilar esa hazil tariqasida Kante, deb ham chaqirishadi. 

- Mart oyida terma jamoamiz bilan U-20 Osiyo kubogida ishtirok etasizmi?

- Xudo xohlasa shu masalaga oydinlik kiritishyapti.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика