Anchelotti Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
04 may 2024 22:29
Yangiliklar


Anchelotti Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Eslatib o'tamiz, turk "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga chiqdi va 66-daqiqada almashtirildi.
"Nega Gyulerga to'liq 90 daqiqa o'ynashga bermadim? Arda o'ynashi kerak bo'lgan rolni o'ynadi, sababi u juda ham yosh. U o'z sifatlarini ko'rsatishni boshlayapti... va bugun uni o'yindan oldim, sababi menga yangi oyoqlar va o'yindagi g'alaba kerak edi. "Real" bilan shartnoma imzolayotganimda ular menga yoshlarga daqiqalar berishni emas, o'yinlarni yutishimni so'rashgan. U to'g'ri yo'lda ekanligini ko'ryapman va bu pozitiv holat. O'tish davom etmoqda, sababi u rivojlanmoqda, qariya o'yinchilar esa haligacha fantastik darajada", — deydi Anchelotti.
"Real" La Liganing joriy mavsumida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 34ta o'yinda 87 ochko jamg'ardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar