So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

LaLiga. "Real" mehmonda g'alabaga erishdi Yangiliklar

LaLiga. "Real" mehmonda g'alabaga erishdi

"Osasuna" hamda "Real" o'rtasida o'tkaziladigan LaLiganing 22-tur bahsi yakuniga etdi.

Osasuna

LaLiga . 22-tur

19/02/2023, 01:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Federico Valverde - 78', Marco Asensio - 90'

Stadion: Estadio El Sadar, 21668 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
5'  Lucas Torro
45'  Jon Moncayola
45'  Moi Gomez
63'  Ruben Garcia (Diego Moreno)
72'  Darko Brasanac (Aimar Oroz)
86'  Abdessamad Ezzalzouli (Enrique Barja)
86'  Lucas Torro (Kike Garcia)
45'  Vinicius Junior
66'  Daniel Ceballos (Marco Asensio)
76'  Nacho Fernandez (Daniel Carvajal)
78'  Federico Valverde
78'  Vinicius Junior
84'  Nacho Fernandez
88'  Rodrygo (Alvaro Rodriguez)
89'  Vinicius Junior
90'  Marco Asensio
90'  Alvaro Rodriguez

Osasuna – Real Madrid 0:2

"El-Sadar"

Gollar: 0:1 – 78 Valverde, 0:2 – 90 Asensio.

Osasuna – Errera, Unai Garsiya, David Garsiya, Sanches, Brashanac (Oros, 72), Moyses Gomes, Torro (Kike Garsiya, 85), Ruben Garsiya (Moreno, 63), Monkayola, Budimir, Ez Abde (Barxa, 85).

Real Madrid – Kurtua, Nacho (Karvaxal, 76), Ryudiger, Militao, Alaba, Modrich, Sebalos (Asensio, 66), Kamavinga, Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Rodriges, 88).

Ogohlantirishlar: Torro (5), Monkayola (45), Vinisius Junior (45), Moyses Gomes (45), Nacho (84).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. GOOOOOOOLLL!!! "Real" baribir hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Asensio jamoadoshinin uzatmasini aniq zarba bilan golga aylantirdi.

89. GOOOOOOOOL!!! "Real" uchrashuvga nuqta qo'ymoqda. "Qirollik klubi"ning tezkor qarshi hujumini Vinisiusning goli bilan yakun topdi. 0:2. YO'Q, "Real"ning gol ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

78. GOOOOOOOOOL! VALVERDE "REAL"NI HISOBDA OLDINGA OLIB CHIQDI! Vinisiusning orqaroqqa uzatmasidan so'ng Federiko bir zarb bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

76. ZARBAAA... Moreno yana yaqin burchakni nishonga olishga urindi, noaniq.

74. Vinisius navbatdagi super vaziyatni ko'kka sovurd. Junior raqib posboni bilan birga-bir chiqdi, ammo uni aldab, gol urishni eplay olmadi.

69. To'p "Osasuna" futbolchisining qo'liga tegdi, ammo hakam o'ynash mumkinligini ko'rsatdi.

64. Tribunadagilar maydonga qandaydir buyum uloqtirishdi, hakam esa uni olib uchrashuv komissariga topshirdi. Bu o'yin hisobotiga kirishi aniq.

62. ZARBAAAA... To'p ustunga tegdi! MOI GOMES! Gomes bir harakat bilan Valverdeni aldadi va chap oyog'i bilan yaqin burchakni nishonga olishga urindi, biroq to'p ustunga tegib qaytdi.

57. Vinisius Junior o'z qanotida raqibini aldab, jarima maydonchasi ichiga kirdi va posbonni ham aldab o'tishga urindi, ammo darvozabon bir urinishda to'pni olib qo'ydi.

55. Rodrigodan zarba, ammo to'p darvozabon qo'liga borib tushdi.

52. GOOOOOOL! YO'Q, bosh hakam ofsayd bo'lganini ko'rsatdi. David Alaba to'pni Vinisiusga uzatdi, o'sha Junior esa darvozabonni aldab, gol urdi, biroq pas uzatilgan paytda haqiaqatdan ham ofsayd bo'lgan ekan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Modrich jamoasining navbatdagi hujumini tashkil qilayotganda raqib futbolchilari tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi va hakam fol qayd etdi.

33. Vinisius Kamavinganing ajoyib uzatmasidan so'ng to'p bilan posbon qarshisigacha borishga urindi, ammo yo'ldan to'pdan ayrildi.

27. Valverdening himoyadagi xatosi tufayli "Osasuna"da golli vaziyat paydo bo'ldi, ammo so'nggi pallada "Real" himoyachilaridan biri to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

17. Valverdeeee... Federiko to'pni to'xtatmay darvozaga joylashga urindi, biroq to'p darvozaga emas, reklaa banneriga borib tegdi.

14. Xavfli vaziyat. Qanotdan uzatilgan to'pni Budimir darvozaga yo'llashda xatoga yo'l qo'ydi, hujumning ikkinchi to'lqini Garsiyaning zarbasi bilan davom etdi. Kurtua seyv ijro etdi.

10. Vinisiuuus... Raqib himoyachisi xatosidan unumli foydalanib, to'pni o'ziniki qilgan Junior posbonni mag'lub eta olmadi va to'p darvozaboga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi esa muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

6. To'p uchun kurashda Kamavinga jarohat oldi va tezda shifokorlar maydonga tushishdi.

2. Vinisius chap qanotdan jarima maydonchasi markaziga to'p uzatishga urindi, raqib futbolchisi halal berdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика