O'runovning vakillari Yuranning yosh borasidagi so'zlari sabab etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi
17 dek 2020 14:47
Yangiliklar


O'runovning vakillari Yuranning yosh borasidagi so'zlari sabab etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi
"Spartak" PR bo'limi boshlig'i Anton Fetisov Xabarovskning SKA klubi bosh murabbiyi Sergey Yuranning "qizil-oqlar" yarim himoyachisi Oston O'runovning yoshi borasidagi gaplariga munosabat bildirdi.
"Malumotlarimga ko'ra, futbolchining vakillari etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi.
Yuran - afsona, juda ajoyib futbolchi, ammo so'nggi paytlarda u shov-shuvli bayonotlar qilmoqda, ularning bir necha umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydi, shu sabab biz buni jiddiy qabul qilmaymiz", - deydi Fetisov.
→ Yuran: “O'zbekistonda tanishlarim bor, O'runov yoshi haqida menga ko'pchilik aytgan”
O’xshash yangiliklar

Fikrlar